Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Download 2.98 Mb.
bet104/196
Sana15.11.2023
Hajmi2.98 Mb.
#1777193
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   196
Bog'liq
2023 ФАЛСАФА Мажмуа1 11(1) —

Energetik muammo. Amerikalik global-muammolar tadqiqotchisi A.Smilning fikriga ko‘ra hozirgi sivilizatsiyaning tayanchi bo‘lgan «uchta kit» - bu energiya, oziq-ovqat va atrof-muhit bo‘lib, qolganlari ikkinchi darajali ahamiyatga ega.
1945-yildan boshlab olinayotgan energiya miqdori uch marta ko‘paydi, biroq u o‘ta notekis taqsimlanmoqda. O‘n ta eng rivojlangan mamlakatlar butun energiyaning 70% ni iste’mol qilgani holda (ularning aholisi Yer shari aholisining 7% ga yaqinini tashkil etadi), rivojlanayotgan mamlakatlar (sayyora aholisining 78%) ishlab chiqari­layotgan energiyaning faqat 18% bilan kifoyalanishga majburdir.
Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar faqat iste’mol qilinayotgan energiya miqdoriga ko‘ra emas, balki sifatiga ko‘ra ham farq qiladilar. Agar rivojlangan mamlakatlarda asosiy energiya manbalari - bu neft, gaz, kamroq miqdorda ko‘mir bo‘lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda asosan har xil texnika ekinlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining chiqindilaridir (masalan, Bangladeshda butun energiyaning 90%, Nigeriyada - 80%, Indoneziyada - 66% ana shunday manbalardan olinadi).
Energetika muammosi bir qator aspektlarga ega: birinchidan, rivojlangan jamiyatlar tobora ko‘proq energiyani talab qiladi, ikkinchidan, qancha ko‘p energiya ishlatilsa, uning manbalari shuncha kamayadi (agar an’anaviy energiya manbalari ko‘zda tutilsa), uchinchidan, ­qancha ko‘p yonilg‘i iste’mol qilinsa, atrof-muhit shunchalik ko‘p darajada ifloslanadi. To‘rtinchidan, muqobil energiya manbalari deb ataluvchi manbalar har doim ham o‘zini oqlamaydi. Masalan, I.V. Kur­cha­tov atom energiyasini kelajakning asosiy energiyasi, deb hisob­lan­gan edi. Biroq, AES larda yuz bergan bir qator falokatlar, xususan, 1996-yilda Chernobildagi falokat, muammoning murakkab ekanligini ko‘rsatadi. Faqat 1990- yilning o‘zidagina AESlarda 143 ta turli kamchiliklar qayd etilgan. 2000-yilga kelib 300 ta yadro reaktori yopilgan.
Energetik muammoni hal etishi yo‘llari orasida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:
- energiyaning yangi, xavfsiz va nisbatan arzon bo‘lgan manbalarini qidirib topish (quyosh energiyasidan, shamoldan, dengiz oqimlaridan foydalanish);
- an’anaviy sanoat materiallari o‘rniga ancha yengil, arzon, kam energiya sarflanadigan materiallardan foydalanish (po‘lat o‘rniga alyuminiy, mis o‘rniga shisha tolasi, metall o‘rniga plastik va hokazo).

Download 2.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling