Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари
MAVZU: KORRUPSIYANING SABABLARI VA SHAKLLARI
Download 2.98 Mb.
|
2023 ФАЛСАФА Мажмуа1 11(1) —
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR: Korrupsiya,manfaatlar to’qnashuvi, siyosiy korrupsiya,iqtisodiy korrupsiya, mahalliychilik, urug’-aymoqchilik.
11 MAVZU: KORRUPSIYANING SABABLARI VA SHAKLLARI
REJA: Korrupsiyaning miqyosi va qamrovini belgilovchi omillar: Antropologik omillar, iqtisodiy omillar, ijtimoiy omillar, huquqiy, axloqiy, siyosiy omillari. Korrupsiyaning iqtisodiy sabablari. Korrupsiyaning institutsional sabablari. Korrupsiyaning ijtimoiy-madaniy sabablari. Davlat boshqaruv sohasidagi korrupsiya davlat xizmati xodimining davlat resurslarini o‘z shaxsiy niyatlariga mos ravishda taqsimlashida namoyon bo‘lishi. Parlamentdagi korrupsiya saylov paytida saylovchilarning ovozlarini sotib olishi bilan bog‘liq siyosiy korrupsiyada namoyon bo‘lishi. Ijtimoiy hayot, davlat va nodavlat jamoa tashkilotlaridagi korrupsiya. Korrupsiyaning barcha turlari bevosita siyosiy, g‘oyaviy, va kadrlar korrupsiyasini shakllantirishi. TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR: Korrupsiya,manfaatlar to’qnashuvi, siyosiy korrupsiya,iqtisodiy korrupsiya, mahalliychilik, urug’-aymoqchilik. Korrupsiyaning o‘ta avj olishiga quyidagi xavfli ijtimoiy hodisalar ham sabab bo‘lmoqda. O‘tgan asrning oxirlari va XXI asrga kelib moddiyotga berilish, nafsni qondirish, buyumparastlik kabi illatlarning singdirilishi iqtisodiy jarayonlarni jadallashtirdi. «Barcha narsa sotish va sotib olish mumkin bo‘lgan tovarga aylantiriladi» degan tushuncha insonlar ruhiyatiga singdirila boshlandi. Tovar (buyum)ga sig‘inish kuchaydi. Globallashuvning xususiyati madaniyatlarning «duragaylashuvi»ga olib keldi. Fikr va buyumlarning, inson tanasi va ruhiyatining, tabiat va madaniyatning tovarga aylantirilishi bugungi kunning asosiy xususiyati bo‘lib qolmoqda. Korrupsiyaning turlicha namoyon bo‘lishlari turlicha axloqiy bahoga ega: ayrim harakatlar jinoiy, boshqa harakatlar esa - axloqsiz harakatlar hisoblanadi. Axloqsiz harakatlar qatoriga, qoidaga ko‘ra, meritokratiya tamoyillarini buzadigan siyosiy yo‘nalishlar asosida homiylik qilish va oshna-og‘aynigarchilik qilish kiradi. Biroq korrupsiyaga nisbtan ijobiy munosabat ham uchraydi: «Korrupsiyani qonun rivoji sust bo‘lgan joylarda qonun ustunligini foydali almashtirish deb hisoblash mumkin. Boshqacha qilib aytganda, korrupsion faoliyatdan foyda - u amalga oshirishga imkon beradigan qo‘shimcha unumli transaksiyalar natijasida yaratiladigan qiymat - harajatlardan katta bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyat ehtimoli biznes bilan shug‘ullanish uchun qonuniy imkoniyatlar juda cheklangan holatlarda eng yuqori bo‘ladi», - shunday hisoblaydi Kanzas universiteti biznes kafedrasining professori, iqtisodchi Duglas Hyuston. Korrupsiyani lobbizmdan farqlay olish lozim. Lobbida mansabdor shaxs ham o‘z xizmat vakolatlaridan belgilangan guruh manfaatlaridagi harakatlar evaziga lavozim pillapoyasi bo‘ylab harakatlanish yoki tayinlanish imkoniyatini oshirish uchun foydalanadi. Asosiy farq shundaki, lobbizm uchta shartga javob beradi:66 Mansabdor shaxsga ta’sir etish jarayoni raqobatli xarakterga ega bo‘lib, barcha qatnashchilarga ma’lum bo‘lgan qoidalarga rioya qiladi. Sir tutilgan yoki qo‘shimcha (ikkinchi darajali) to‘lovlar mavjud emas. Mijozlar va agentlar bir-biridan shu ma’noda mustaqilki, hech qanday guruh boshqa guruh ishlab topgan foydadan ulush olmaydi. Biroq ayrim tadqiqotchilar lobbizmni korrupsiyaning tarkibiy qismi deb hisoblaydi, xolos.67 Korrupsiyaning eng xavfli shakllari og‘ir jinoyatlar sifatida baholanadi. Ular qatoriga, eng avalo, qonunga xilof ravishda sarf etilgan pul (rastrata) va pora kiradi. Rastrata mansabdor shaxsga ishonib topshirilgan resurslarni shaxsiy maqsadlarda sarflashdan iborat. U oddiy o‘g‘rilikdan shunisi bilan farq qiladiki, shaxs dastlab resurslarni tasarruf qilishga qonuniy huquqni qo‘lga kiritadi: boshliqdan, mijozdlan va h.k. Pora korrupsiyaning bir turi bo‘lib, bunda mansabdor shaxsning harakatlari unga belgilangan foyda taqdim etish evaziga yuridik yoki jismoniy shaxsga xizmat ko‘rsatishdn iborat. Aksariyat hollarda agar pora berish tamagirlikning oqibati bo‘lmasa, asosiy foydani pora beruvchi oladi. Qattiq jinoyatlar qatoriga, shuningdek, saylovchilar ovozini sotib olish ham kiradi (garchi ayrimlar uni korrupsiyaning bir shakli emas, halol bo‘lmagan saylov kampaniyasi turi deb hisoblasa-da). Korrupsiya ko‘pincha hukumatni kuch ishlatib almashtirishga da’vatlar uchun sabab bo‘ladi. Bunda ayblovlar ko‘pincha faqat muayyan siyosatning eng yaxshi namoyondalariga emas, butun siyosiy tizimga nisbatan qo‘yiladi. Oskar Arias Sanchesning qayd etishicha, avtoritar rejimlar hukumat suiiste’mollarning aksariyatini muvaffaqiyat bilan yashirishga qodir, shunday ekan, ularning korrupsiyaga berilganligi haqidagi xulosa bilvosita guvohliklarni va butun jamiyat uchun halokatli oqibatlarni tahlil qilish asosida chiqariladi. Aksincha, demokratik rejimlarda korrupsiya ko‘pincha keng oshkor qilinadi va jiddiy ziyon yetkazishidan oldin to‘xtatiladi. Biroq vaqti-vaqti bilan ro‘y beradigan mojarolar fuqarolarda mamlakatda siyosiy qarorlar qabul qilish jarayoniga ta’sir etish qobiliyatiga shubha uyg‘otadi va demokratiyadan ko‘ngil qoladi. Ilmiy adabiyotlarga asoslanib poraxo‘rlik munosabatlarini uch subyektli deb aytish mumkin. Bular: pora oluvchilar, pora beruvchilar va ular o‘rtasidagi vositachilar. Pora oluvchilar davlat amaldorlari bo‘lsa, uni beruvchilar amaldorlar xizmatiga muhtojlardir. Vositachilar ayrim shaxslar va yashirin tashkilotlardan iboratdir. Bundan tashqari, davlat organlarining barcha faoliyati va davlat amaldorlari tomonidan fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish jarayoni mamlakatning har bir fuqarosiga ixtisoslashtirilgan elektron axborot tizimi – “Elektron hukumat” orqali taqdim etiladi.68 Boshqacha qilib aytganda, fuqarolar istalgan vaqtda o‘z murojaatlari bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayonini kuzatishi mumkin. Bunday onlayn boshqaruv tizimining vazifalari: davlat apparati ishida oshkoralikni ta’minlash; fuqarolarning ishlarini mansabdor shaxslar tomonidan orqaga surilishi yoki adolatsiz munosabatlarni oldini olish; ma’lum bir ish uchun ruxsatnoma yoki sanksiya berish masalalari Korrupsiya ehtimoli yuqori bo‘lgan hollarda qanday hal qilinayotganligini nazorat qilish va biron bir qonunbuzarlik aniqlanganda norozilik bildirish huquqini ta’minlash.69 Bundan tashqari, hokimiyat va jamiyatning say-harakatlarini birlashtirish va Korrupsiyaning paydo bo‘lishiga yordam beradigan munosabatlarni istisno qilish maqsadida mamlakat parlamenti Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini qabul qildi, uning doirasida 2003-yilda parlament komissiyasi 1999-yilda qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunni amaliyotga tadbiq qildi. 70 Aynan parlament komissiyasi mamlakatning yuqori mansabdor shaxslari, shu jumladan parlament a’zolari, mamlakat prezidenti, hukumat a’zolari, sudyalar va boshqalar daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarning “qo‘riqchisi” hisoblanadi va taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi. Komissiya parlamentni ham, jamoatchilikni ham Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunni qo‘llash samaradorligi va natijalari to‘g‘risida xabardor qiladi, korrupsiya bilan bog‘liq shubhalarni tekshiradi. Agar Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik alomatlari aniqlansa, komissiya materiallarni tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga, xususan, Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni ochish, tergov qilish va ularning oldini olishga jalb qilingan tergovchilar va politsiya xodimlaridan iborat maxsus organga yuboradi.71 Bundan tashqari, 24 soat davomida ishlaydigan telefon liniyasi mavjud bo‘lib, u yerda pora berish yoki mansabdor shaxsning o‘z lavozimidan suiiste’mol qilish faktlari to‘g‘risida xabar berishingiz mumkin. Korrupsiya nuqtai nazaridan eng “toza” mamlakatlarni ko‘rib chiqib, ularning barchasi demokratik va huquqiy davlatlar ekanligini ta’kidlashimiz mumkin. Albatta, demokratik rejim Korrupsiyani batamom yo‘q qilishga kafolat bermaydi, ammo baribir unga qarshi kurashish uchun diktatura va repressiyalardan ko‘ra ko‘proq imkoniyatlar yaratadi. Mavjud korrupsiya “pul oldi-berdisida yoki ma’lum turdagi xizmatlari omilida yuzaga keladi”. Verisk Maplecroft 2012-yil avgustidan 2014-yili avgustiga qadar Transparency International, Freedom House va AQSH davlat departamenti bergan ma’lumotlarga kuzatuvlar olib borgan. Unga ko‘ra, ushbu jinoyat Afrika mintaqasi Sahroyi Kabiridan janubda joylashgan hamda Yaqin Sharqning rivojlanayotgan davlatlarida keng tarqalgan. Ikki yil mobaynida kompaniya beshta omilni kuzatib borgan: Korrupsiyaning doimiyligi; Korrupsiyaning davomiyligi; Korrupsiyaning tarqalganligi; Korrupsiyaning og‘irligi; Korrupsiyachilarning jazosiz qolishi. Verisk Maplecroft analitiklari bu ma’lumotlarni 0 dan 10 gacha bo‘lgan raqamlar asosida baholashgan, unga ko‘ra, 0 korrupsiya juda yuqori, 10 esa juda past. Xususan, Verisq Maplecroftning korrupsiya bo‘yicha “ektremal” baho olgan 45 foiz mamlakatlar Sahroi Kabirning janubida aniqlashgan. Bundan tashqari, mazkur mamlakat mansabdor shaxslari aksar neft, gaz va boshqa qazilmalar bo‘yicha ishlaydigan kompaniyalardan pora so‘rashgan. Bu esa, Yaqin Sharq mamlakatlari hamda Rossiyaning mazkur reytingda quyi joylarni egallashiga sabab bo‘lgan. Maplecroft Verisqning normativ tahlilchisi Trevor Slak o‘z hisobotida shunday yozadi: “Korrupsiyaga oid jinoyatlar ko‘rsatkichi rivojlanayotgan mamlakatlarda ancha yuqori. Janubiy Sudan “Al-jazira” telekompaniyasining “Janubiy Sudan: orzular mamlakati” (South Sudan: Country of Dreams), deb nomlangan so‘nggi filmida dunyoning eng yosh mamlakati fuqarolar urushi girdobiga g‘arq bo‘lgani haqida so‘z ochadi. Telekompaniya: “Juda katta neft zahiralariga ega bo‘lishiga qaramay, mamlakat korrupsiyadan aziyat chekmoqda. Mustaqil bo‘lganiga hali uch yil to‘lmasdan mamlakatda fuqarolar urushi boshlanib ketdi. Oqibatda o‘n minglab odamlar o‘ldirildi, ikki millionga yaqin odam esa mamlakatni tashlab qochishga majbur bo‘ldi”, bo‘ldi deya ma’lumot beradi. Rossiya - hukumatga muxolif bo‘lgan siyosatchilarning qamalishlari – erkinlik yo‘qligidan dalolatdir, - deb hisablaydi ayrim mutaxassislar. 2018-yilda Jahon chempionatining Rossiyada bo‘lib o‘tishi uchun FIFA delegatlarining ovozlarini sotib olinishidagi shubhalar. 2014-yili Sochida bo‘lib o‘tgan olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik chog‘idagi hukumat va qurilish kompaniyalarining yaqindan aloqalari bo‘lganligi bilan bog‘liq mojarolar ham bu masalaga e’tiborni jalb qiladi. Myanma VVSning 2015-yil may oyidagi hisobotida xabar berilishicha, Birma iqtisodiyoti “o‘n yillab davom etgan stagnatsiya, izolyatsiya va samarasiz boshqarish oqibatida dunyodagi eng kam rivojlangan davlatlardan biri hisoblanadi. Sanoatning asosiy sohalari harbiylar tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, mamlakatda korrupsiya avj olgan”. Libiya - “Financial Times” nashrining aprel oyidagi hisobotiga ko‘ra, yirik miqdordagi neft zahiralarini (mamlakat daromadining 90 foizi ularning xissasiga to‘g‘ri keladi) nazoratiga olgan shaxslar, samarasiz iqtisodiy boshqaruvda ayblangan. Undan tashqari, ular xukumatning lavozimlariga “qo‘g‘irchoq” shaxslarni tayinlashda gumon qilinmoqda. Iroq - Arab dunyosiga oid yangiliklarni yoritib boradigan Al Monitor internet - nashri ismi noma’lum qolgan, o‘zi Iroqda quruvchi bo‘lib ishlaydigan kishidan intervyu olibdi. Ushbu kishi AQSH bilan o‘tgan urushdan so‘ng, Iroqda hukm surayotgan korrupsiyaning ishlash tamoyilini quyidagicha tavsiflab beribdi: «Korrupsiya nafaqat moliya sohasi, balki ma’muriy organlar va huquqni muhofaza qilish organlariga ham chuqur singib kirdi. Chunonchi, amaldor shaxs yangi ta’sis etilgan qurilish kompaniyasini rasmiyatchilik yuzasidan, garchi qo‘l ostida tegishli mutaxassislar yoki mexanizmlar bo‘lmasa-da, o‘z qarindoshi yoki do‘stining nomiga qayd etadi. Bunday kompaniya o‘sha mansabdor shaxs vositachiligida muayyan shartnoma tuzilishiga, masalan maktab binosini qayta qurish ishlariga oid buyurtma olishga erishadi. Tegishli ishlarni, yo kompaniyaning o‘zi bajaradi, yo ishchi kuchi va texnikani vaqtincha ijaraga olib, boshqa pudratchiga topshiradi. Oqibatda, tegishli loyiha o‘z vaqtida amalga oshmay qoladi». Ekvatorial Gvineya - Human Rights Watch tarafidan 2014-yil Ekvatorial Gvineyadagi holat o‘rganib chiqilgan va unga ko‘ra, 1979-yildan beri mamlakatni boshqarib kelayotgan Teodoro Obiang Ngema Mbasogo davlatida korrupsiya, qashshoqlik va repressiyalar Afrikaning katta bo‘lmagan bir davlatida vabo kabi tarqalgandir. “Neftdan tushayotgan katta daromadlar aholining aksar qismi qashshoq yashayotgan bo‘lsa ham, prezident atrofidagi ko‘p bo‘lmagan bir to‘da elitaning hashamatli yashashi uchungina sarf qilinmoqda. Davlat mablag‘larining talon-taroj qilinishi va yuqori darajadagi mansabdorlar orasidagi korrupsiya holatlari hamda intizomdagi boshqa jiddiy buzilishlar, xususan o‘zboshimcha hibsga olinishlar, maxbuslarni maxfiy saqlash va adolatsiz mahkama jarayonlari shular jumlasidandir”. Afg‘oniston - Fiscal Timesning xabar berishicha, ichki daromadning keskin ravishda tushib ketishi tufayli 2016-yil Afg‘oniston byudjet majburiyatlarini bajara olmaydi. Sababi esa, mamlakatning uchdan bir daromadi hosil bo‘ladigan bojxona tushumlari o‘g‘irlab ketilgandir. Fiscal Timesning qo‘shimcha qilishicha, Afg‘oniston dunyo bo‘yicha eng kam soliq yig‘iladigan mamlakatdir. Sudan - Sudanda korrupsiya rivojlangani bo‘yicha misol topish uchun uzoqqa borish shart emas – yaqinda Janubiy Afrika mamlakatiga tashrif buyurgan Sudan prezidenti Bashirning tezda mamlakatni tark qilishini eslash kifoya. O‘shanda ung insoniyatga qarshi va genotsid bo‘yicha ayblov qo‘yilib, qamalishi mumkin edi. Sudanlik faolning yanvar oyida Guardianra: “Biz o‘zimizning korrupsiyalashgan hukumatimiz qurbonimiz”, degan edi. Markaziy Afrika Respublikasi MAR - fevral holati bo‘yicha BBCning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda korrupsiya “gullab-yashnamoqda”, bu esa o‘z navbatida daromadi yuqori hisoblangan qurilish daraxtlari va brilliant qazib olish sohalarini yo‘q qilmoqda. Buning ustiga, MAR dunyoda rivojlanmagan davlatlardan biridir. Somali – 2013-yilda BMTning Somalida avj olayotgan korrupsiya haqidagi hammayoqni alg‘ov-dalg‘ov qiluvchi hisoboti e’lon qilindi. The Wall Street Journal iqtibos sifatida keltirgan bir ibora ayniqsa e’tiborni o‘ziga jalb etadi: “Somali Markaziy banki amalda korrupsiyalashgan tuzilmalarning – pora oluvchi shaxsiy fondga aylandi; bank tomonidan berilayotgan mablag‘larning 80 foizi davlat dasturlariga emas, balki shaxsiy ehtiyojlarni qondirish uchun sarf qilinmoqda, bank orqali o‘tayotgan aksar mablag‘lar nazoratdan chetda qolmoqda”. Shimoliy Koreya - agar sizga Shimoliy Koreya korrupsiyalashgan totalitar davlat ekanligi haqida yana isbot kerak bo‘lsa, e’tiboringizga “Economic Index of Freedom”ning 2015-yilgi hisobotidan bir parcha keltiramiz: “Poraxo‘rlik - davlat va iqtisodning barcha darajalarida keng tarqalgan holatdir. Ishchilar partiyasi, Koreya Xalq Armiyasi va Vazirlar Mahkamasining yuqori mansabdor shaxslari bir-biriga raqib kompaniyalarga egalar, ushbu kompaniyalarning asosiy maqsadi - o‘z egalari uchun xorijiy valyuta topishdan iborat. Deyarli barcha mulk davlatga tegishlidir. Hukumat eksport va import hamda ichki ishlab chiqarishni nazorat qiladi”. Kongo Demokratik Respublikasi – 2014-yilgi Transparency Internationalning hisobotiga ko‘ra, Kongoda korrupsiya chuqur ildiz otgan bo‘lib, holatni ijobiy tarafga o‘zgartirish uchun hech qanday umid qolmagan. Transparency Internationalning yozishicha: “Prezident Kabila juda ko‘p marta korrupsiyaga qarshi kurashish tarafdori ekanini bayon qilgan, biroq bir marta bo‘lsa ham o‘z siyosiy irodasini izhor qilmagan. Bu masalada juda ko‘p qonunlar qabul qilinsa-da, bularning aksari umuman amaliyotda qo‘llanmaydi”. Tizimdagi ushbu mamlakatlardagi mavjud korxonalar, poraxo‘r shaxslar va xodimlarga bog‘liq bo‘lib qolmoqda, ushbu jinoyatga qarshi kurashishga qaratilgan say- harakatlar zoye ketmoqda”. Tahlilchilar 198 mamlakatda olib borgan tadqiqotlari natijasida shunday xulosaga kelishdiki, ulardan 73 tasida korrupsiyaga oid holat “ekstremal”, 64 tasida “yuqori”, 38 tasida “o‘rta” va 23 tasida “quyi”. Bu borada Daniya peshqadam, AQSH esa 23 o‘rinda. Mamlakatlar ro‘yxatdan turli ko‘rsatkichlari jihatidan joy egallashgan bo‘lsa-da, kelgusida o‘rin almashish holatlari kuzatilishi mumkin. Shu bois, birinchi o‘rinni bir xil ball olgan uchta mamlakat bo‘lib olishgan bo‘lsa-da, ulardan past ball olgan mamlakat hisoblandi. Tamagirlik («davlat reketi») amaldorning vakolatlari doirasiga kiradigan litsenziya, maxsus ruxsatnoma yoki boshqa har qanday xizmatlar olishda kimgadir to‘sqinlik qilish diskretsion hokimlikka ega bo‘lgan amaldorlar tomonidan qo‘llanadi. Agar amaldor tegishli to‘lovlar (masalan, soliqlar yoki bojlar) miqdorini baholash vakolatlariga ega bo‘lsa, bu ham tamagirlik uchun imkoniyatlar ochib beradi. Davlat xizmatchisi tomonidan tamagirlikka duch kelingan hollarda xususiy shaxs pora berish (bu fosh bo‘lish risqi bilan bog‘liq) yoki davlat xizmatchisining ustidan ichki yoki tashqi nazorat organiga shikoyat qilishdan birini tanlashiga to‘g‘ri keladi. Qabul qilinadigan qaror shikoyat qilish jarayoni qanchalik harajatli ekaniga, shuningdek, fuqaroning o‘z qonuniy huquqlari va davlat xizmatchisining majburiyatlari haqida qanchalik xabardor ekanligiga bog‘liq bo‘ladi. Download 2.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling