Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари
MAVZU: JAHON TAJRIBASIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH MEXANIZMLARI
Download 2.98 Mb.
|
2023 ФАЛСАФА Мажмуа1 11(1) —
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR: Korrupsiya, manfaatlar to’qnashuvi, siyosiy korrupsiya, iqtisodiy korrupsiya, mahalliychilik, urug’- aymoqchilik
- Etika qo‘mitasiga
12 MAVZU: JAHON TAJRIBASIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH MEXANIZMLARI.
REJA: 1. AQSH va Yevropa korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari tizimini shakllanishi. AQSH, Kanada, Fransiya, Germaniya, Shvetsiya Finlandiya, Estoniya, Niderlandiya kabi mamlakatlarda ishlab chiqilgan davlat xizmati tizimida korrupsiyaning oldini olish va unga barham berish nazariyasi va amaliyotiga tegishli ayrim tajribalar. 2. AQSH hukumatini korrupsiyaga qarshi kurashni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri qilishga majbur qilishi. Kanadaning jinoyat qonunchiligiga muofiq, “mansabdor shaxslarni pora evaziga og‘dirish”, “Hukumatni aldash”, “Mansabdor shaxs tamonidan sodir etilgan ishonchni suistemol qilish” mansabdorlik jinoyatlari hisoblanishi. 3.Kanadada davlat xizmatchilarining xizmat vazifalari va shaxsiy manfaatlari o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergan holda ular amal qilishi shart bo‘lgan xulq-atvor qoidalarini o‘zida jamlagan kodeks qabul qilinishi. Fransiyada davlat xizmati tizimidagi korrupsiyaning oldini olish va unga barxam berishi. Germaniya tajribasi korrupsiyaga ta’sirchan sohalarini aniqlash, mamlakat markaziy bankida davlat xizmatchilarini pora evaziga og‘dirishga fosh qilingan jismoniy va yuridik shaxslarning ma’lumotlar bazalarini tashkil etish. 4. Shvetsiyada korrupsiyaga qarshi eng nufuzli jamoat birlashmasi “Shvetsiyaning korrupsiyaga qarshi kurash institutidir”. Korrupsiyaga qarshi kurashning finlandiyacha strategiyasiga xos bo‘lgan xususiyatlar. Estoniya korrupsiyaga qarshi islohatlar budjet siyosatini rivojlantirish bilan boshlanishi. Niderlandiyada korrupsiya turi (mansabdor shaxslarning fuqarolardan pora olishi)ni chiqarib tashlanganligi. 5. Osiyo davlatlarida korrupsiya va unga qarshi kurashning institutsional tizimi. TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR: Korrupsiya, manfaatlar to’qnashuvi, siyosiy korrupsiya, iqtisodiy korrupsiya, mahalliychilik, urug’- aymoqchilik. Aslini olganda, gap qaysi (rivojlanayotgan yoki rivojlangan) davlat haqida ketmasin, korrupsiya hodisasi har yerda uchraydi. Biroq u turlicha ifodalanadi. Gʻarb mamlakatlarda, masalan, Fransiyada tibbiyot va taʼlim sohasida korrupsiya deyarli mavjud emas. Bu Fransiyada tibbiy xizmat asosan xususiy sektorda taqdim etilishi bilan bogʻliq, yaʼni tibbiyot xodimini moliyaviy jihatdan ragʻbatlantirish “zarurati”ga hojat qolmaydi, chunki bemor rasman uning xizmati uchun gonorar toʻlaydi. Bunda tibbiy xizmat uchun deyarli barcha gonorarlar nafaqat xususiy, balki davlat tibbiyotida ham tibbiy sugʻurta bilan qoplanadi. Koʻrinib turibdiki, xususiy tibbiyot tizimi bu sohada korrupsiyaning rivojlanishini qoʻllab-quvvatlamaydi. Bu mamlakatda ommaviy ravishda xususiy tibbiyotga oʻtishga daʼvat emasligini qayd etmoqchiman, chunki fikrimcha, buning uchun avvalambor tibbiy sugʻurtaning amaliy tizimini yaratish talab etiladi. Tibbiyot xodimining past daromadi rivojlanayotgan davlatlarda bu sohada korrupsiya kuzatilayotganligini qisman izohlaydi. Bemorlar tibbiyot xodimlarini moliyaviy ragʻbatlantirish zarur va koʻpincha tabiiy hol deb hisoblaydi. Bemorlarning fikricha, tibbiyot xodimlarning yetarli darajada boʻlmagan ish haqi shunday gʻayriqonuniy moliyaviy ragʻbat olishlarini oqlaydi. Afsuski bu holat, aholining faxrli kasb egalari, shifokorlar va oʻqituvchilarga boʻlgani ishonch va hurmatiga putur yetkazadi. Ayrimlar anʼanaga koʻra, bajarilgan ish uchun minnatdorlik izhor qilish tabiiy, degan oʻrinli eʼtiroz bildirishi mumkin. Koʻplab gʻarb korxonalarida sovgʻa olish masalalarini tartibga soluvchi ichki reglament qabul qilingan boʻlib, unda xodimlardan sovgʻa olish yoki berishda shaffoflik talab qilinadi, ruxsat berilgan va ruxsat berilmagan sovgʻa va iltifot belgilari, ularning belgilangan qiymati, sovgʻa olgan shaxsning uni maxsus registrda deklaratsiya qilish majburiyati mustahkamlab qoʻyilgan, pul koʻrinishidagi sovgʻalarni olish man etiladi. Shunga oʻxshash reglamentni joriy etish va unga rioya etish, masalan, oʻqituvchi va shifokorlarni poraxoʻrlikda oʻrinsiz ayblash xavfini kamaytiradi. Darhaqiqat, yuqorida taʼkidlangandek bugun rivojlangan mamlakatlarda tibbiyot va taʼlim sohalarida korrupsiya holatlari juda kam uchramoqda. Bu nafaqat aholi hayotining yuksak iqtisodiy darajasi, balki bolalarga kichik yoshdan toʻgʻrilik va halollik kabi fazilatlarni singdirish, shuningdek, davlat va xususiy sektorda yoʻlga qoʻyilgan nazorat mexanizmlari bilan bevosita bogʻliq. Biroq paradoksal tomoni shundaki masalan Fransiyada soʻnggi bir necha yillarda korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha chora-tadbirlarni kuchayib borilishi kuzatilmoqda. Matbuotda xalqaro korrupsiya ayblovlari bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan Fransiyaning Technip, Alstom, Total yirik korxonalari bilan bogʻliq bir necha shov-shuvli voqealar keng yoritilgan. Mazkur kompaniyalar rivojlangan mamlakatlarda oʻtkazilgan tenderlarda ishtirok etganida shartnomalarni “olishning mahalliy usuli“ga asoslangan holda ularni qiziqtirayotgan shartnomalarni olish uchun “konvert“ usulini qoʻllagan. Ushbu shov-shuvli ishlargacha Fransiya uzoq vaqt IHTT va Transparency International tomonidan Fransiya korxonalari, xususan, xorijda, jumladan, korrupsiya xavfi yuqori boʻlgan mamlakatlarda faoliyat yuritadigan kompaniyalar tomonidan korrupsiya harakatlariga qarshi amaliy chora-tadbirlarni qoʻllamaganlikda ayblanar edi. Fransiya yetakchi korxonalari katta jarimalar qoʻllagan holda Amerika instansiyalari tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilishi ushbu mamlakat uchun bu boradagi muhim turtki boʻldi. Masalan, Technip 240 million AQSH dollari, Total - 245 million AQSH dollari, Alstom - 772 million AQSH dollari va Alcatel-Lucentga- 92 million AQSH dollari miqdorida jarimaga tortildi. Katta jarimalardan tashqari amerikalik sudyalar bu kompaniyalarga korrupsiyaga qarshi kurash dasturining samaradorligini tekshirish maqsadida uch yil mobaynida mustaqil audit oʻtkazish majburiyatini yukladi. Bunga muvofiq, sudlangan kompaniyalar Amerika instansiyalari buyruqlari boʻyicha ish tutishga majbur edilar. Amaliyot koʻrsatganidek, ekstra-hududiy vakolatga ega boʻlgan (AQSH hududining chegarasidan chiquvchi) talabchan va qatʼiy Amerika odil sudlovi Fransiyada 2016-yilda korrupsiyaga qarshi kurash qonuni qabul qilinishiga turtki boʻldi. Aytgancha, aynan shu sxema boʻyicha Britaniyaning BAE Systems va Germaniyaning Siemens kompaniyalariga qarshi qoʻllanilgan jiddiy AQSH sanksiyalaridan soʻng Buyuk Britaniya hamda Germaniyaning korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha qatʼiy qonunchiligi qabul qilindi. Aslida, aynan Amerikaning jiddiy sanksiyalari “xavfli“ sektorlarda faoliyat yuritadigan (shu jumladan, davlat xaridlari hisobiga yashaydigan yoki korrupsiya rivojlanayotgan davlatlarda faoliyat yuritadigan) barcha gʻarb transmilliy kompaniyalari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash dasturi qabul qilinishiga olib keldi. Shunday qilib, Fransiyaning korrupsiyaga qarshi kurash qonuni nafaqat davlat korxonalari, balki xususiy korxonalardan Fransiya korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan amalga oshirilishi nazorat ostiga olinadigan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tegishli kompleks dasturlar qabul qilishni talab etadi. Xoʻsh, Oʻzbekiston ushbu mamlakatlar tajribasiga suyansa boʻladimi? Darhaqiqat, korrupsiyaga qarshi kurash dasturi korrupsiya yuzaga kelishida eng xavfli sohalardan biri hisoblangan davlat xaridlari sohasida ham uni oldini olishning amaliy mexanizmlaridan biri boʻlishi mumkin. Oddiy xalq orasida korrupsiya deganda koʻpincha davlat amaldorlarining shaxsiy boylik orttirish hamda davlat, jumladan xalq manfaatlari va resurslariga ziyon yetkazish maqsadidagi poraxoʻrligi tushuniladi. Gap xususiy soha toʻgʻrisida ketayotgan boʻlsa, unda odatda yirik koʻlamdagi poraxoʻrlik yoki xususiy korxona mulkini talon-taroj qilish nazarda tutiladi. Aslini olganda korrupsiya tushunchasi anchayin keng boʻlib, quyi tabaqadan tortib to yuqori tabaqagacha boʻlgan aholining deyarli barcha ijtimoiy qatlamlari, nafaqat davlat, balki xususiy sohalarni ham qamrab oladi. Mazkur tushunchaga aynan nima kiradi? 2003-yilda qabul qilingan va 2008-yilda Oʻzbekiston qoʻshilgan Korrupsiyaga qarshi BMT konvensiyasida keltirilgan taʼrifga koʻra, korrupsiya davlat amaldoriga shaxsan yoki boshqa shaxslar orqali lavozim majburiyatlari doirasida qandaydir harakat yoki harakatsizlikni amalga oshirishi uchun mansabdor va boshqa shaxs uchun gʻayriqonuniy boʻlgan imtiyoz vaʼda berish, taklif qilish yoki taqdim qilish hisoblanadi. Bunday taʼrif maʼlum bir lavozim majburiyatlariga ega xususiy shaxslarga nisbatan ham qoʻllaniladi. Korrupsiya harakatlariga: (1) amaldor, huquqni muhofaza qilish, sud, soliq, bojxona, taʼlim, tibbiyot yoki maʼmuriy muassasalar, shuningdek, har qanday xususiy korxonaning mansabdor shaxsiga pora berish, (2) mahalliy yoki chet el amaldori va xalqaro tashkilot amaldorini pora berish orqali sotib olish, (3) davlat mansabdor shaxsi tomonidan mulkni talon-taroj qilish, gʻayriqonuniy oʻzlashtirish yoki undan maqsaddan tashqari foydalanish, (4) shaxs tomonidan shaxsiy boylik orttirish yoki uchinchi shaxsning boyishi maqsadida oʻz obroʻsi yoki xizmat mavqeidan foydalanish, (5) korrupsiya harakatlaridan daromad olish, (6) oshna-ogʻaynigarchilik yoki urugʻ-aymoqchilik misol boʻla oladi. Korrupsiyada doim kamida ikki tomon ishtirok etadi: bunda bir tomondan noqonuniy yoʻl bilan boylik orttirayotgan (oʻzi yoki uchinchi shaxs uchun) mansabdor shaxs va boshqa tomondan mansabdor shaxsdan aktiv yoki passiv usulda uning manfaatini koʻzlovchi qaror qabul qilinishini kutayotgan shaxs. Taʼlim sohasida korrupsiyaning rivojlanishi meritokratiya yoʻqligiga, yoshlarda bilimlarga boʻlgan qiziqish pasayishiga, oliy taʼlim muassasalariga kirish va baholar sotib olinadi degan gʻoyalarni singib olgan yoshlar soni koʻpayishiga kabi achinarli oqibatlarga olib keladi. Natijada universitetni yetarlicha yoki mutlaqo tayyorlanmagan mutaxassislar bitirib chiqmoqda va bu soʻnggi yillarda mamlakatimizda kuchayib borayotgan inson kapitali muammosini qisman izohlaydi. Shu munosabat bilan Oʻzbekistonda kirish imtihonlari natijalarini qalbakilashtirishga barham berishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar qabul qilinmoqda. Fransiyada korrupsiyaga qarshi kurash dasturini 500 nafar kishidan ortiq shtat birligi yoki muayyan mulk oborotiga ega zid boʻlgan xulq-atvor yoki vaziyat mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot yigʻishga yordam beruvchi xabarchi-xodim himoyasini kafolatlaydigan xabar qilishning ichki anonim yaʼni har qanday korxona yoki tashkilot joriy etishga majbur. Bu dastur sakkiz muhim unsur asosida tuzilishi kerak. Bular: 1. Nafaqat korxona, balki uning tashqarisida ham xodimlarning man etilgan xulq-atvor koʻrinishlarini namoyon etadigan, korrupsiya harakatlarining turli shakllari aniq belgilaydigan xulq-atvor Kodeksi. 2. Xulq-atvor Kodeksi buzilgan hollarda tashkilot-korxona xodimlarini javobgarlikka tortish imkonini beruvchi xulq-atvor sanksiyalarining qatʼiy tartibi. 3. Tashkilot yoki korxonaning xulq-atvor kodeksiga yashirin tizimi. 4. Tashkilot yoki korxona faoliyati sohasiga bogʻliq holda, korrupsiya oid muhim hatarlarlarini aniqlab, tahlil qilib belgilaydigan muntazam yangilanib turadigan xatarlar kartografiyasi. 5. Mijoz va taʼminotchilar, shuningdek, vositachilarning ehtimoliy korrupsiya xavflarini baholash amaliyotlari. 6. Korrupsiya dalillarini yashirish uchun buxgalterlik kitobi, reyestr va hisob-kitob yozuvlaridan foydalanmaslik kafolatini taʼminlovchi ichki yoki tashqi buxgalterlik nazorati. 7. Korrupsiya xavfiga uchrash ehtimoli yuqori boʻlgan hamda mavqeyidan foydalanish xavfidan xoli boʻlmagan rahbar va xodimlarni muntazam ravishda majburiy oʻqitish uchun oʻquv rejasi. 8. Korrupsiyaga qarshi kurashish dasturining yuqorida sanab oʻtilgan chora-tadbirlar boʻyicha ijrosini ichki nazorat va baholash tizimi. Bunda soʻz tashkilot yoki korxonaning oʻzi tomonidan amalda bajarilganligi muntazam nazorat qilinishi kerak boʻlgan kompleks dastur toʻgʻrisida bormoqda. Bundan tashqari, Fransiya Adliya vazirligi huzurida tashkil etilgan korrupsiyaga qarshi kurash agentligi istalgan vaqtda har qanday davlat tashkiloti yoki xususiy korxona tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash dasturi joriy etilgani yuzasidan tekshiruv oʻtkazish vakolatiga ega. Agentlik shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurash dasturiga muvofiq kelmasligi yoki unga rioya qilinmagani uchun ularga nisbatan jiddiy maʼmuriy sanksiyalar qoʻllash vakolatiga ega. Korrupsiyaga qarshi kurashda faqatgina jazo choralarini qoʻllash samara keltirmasligini eʼtiborga olish lozim. Fransiyada agar javobgar kompaniya yoki tashkilot Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi nazorati ostida belgilangan muddatda oʻz korrupsiyaga qarshi kurash dasturini koʻrib chiqish va takomillashtirish majburiyatini olsa, jinoiy va maʼmuriy sanksiyalarni cheklash imkoniyati mavjud. Bu mexanizm AQShda Foreign Corrupt Practice Actga muvofiq va Buyuk Britaniyada Anti Bribery Actga muvofiq allaqachon qoʻllanilayotgan mexanizmga oʻxshash boʻlib, amaliyotda kutilgan ijobiy natijalarni bermoqda. Albatta, yuqorida eslatib oʻtilgan Fransiyalik keng xalqaro faoliyatga ega, turli mamlakatlar bozorlarida ularning obroʻsiga putur yetkazmaslik uchun hayotiy zarur boʻlgan mexanizmlarni qoʻllashga tayyor boʻlgan korxonalar kabi hozircha Oʻzbekistonda korxonalar mavjud emas. Shunga qaramay, nazarimda, har bir alohida korxona va tashkilot darajasida korrupsiyaga qarshi kurash dasturi doirasida qabul qilingan amaliy choralar mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashda kutilgan natija berishi mumkin. Sanoat korxonasining korrupsiyaga qarshi kurash dasturi vazirlik va davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurash dasturidan koʻp jihatdan farq qilishi va har bir alohida tashkilot va korxonaning qoidalariga javob berishi kerakligi turgan gap. Qoʻshni korxonaning yoki qoʻshni davlatning korrupsiyaga qarshi kurash dasturini koʻchirib olishga urinishlari ish bermasligi tayin. O‘zbekiston Respublikasi o‘z ichki va tashqi siyosatini yuritishda xalqaro huquq normalariga ustuvorlik beradi. XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat davlat boshqaruv apparatining ish sifatiga toboro ko‘proq ta’sir ko‘rsata boshladi. Bu o‘sha davrda qabul qilingan bir qator qonun hujjatlarida o‘z aksini topgan. Jumladan, 1787-yilda qabul qilingan AQSH Konstitutsiyasida pora olish AQSH Prezidentini impechmentga tortish mumkin bo‘lgan ikki jinoyatning biri sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va ularning mamlakat hayotidagi o‘rnining oshib borishi XIX-XX asrlarda rivojlangan davlatlarda korrupsiyaning dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan ancha kamayishiga olib keldi. XX asrning 90-yillari boshidan xalqaro va mintaqa doirasida korrupsiyaga qarshi kurash bilan bog‘liq shartnomalar qabul qilina boshlandi. Masalan, Amerikaaro korrupsiyaga qarshi konvensiya 1996-yil 29-martda qabul qilingan; Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan 1997-yil 21-noyabrda qabul qilingan “Xalqaro tijorat bitimlarida xorijiy davlatlar mansabdor shaxslarini sotib olishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi; Yevropa Kengashi Vazirlar qo‘mitasi tomonidan 1999-yil 27-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik”; 2003-yil 12-iyuldagi Afrika Ittifoqining korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurash to‘g‘risida”gi, BMTning “Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka hamda korrupsiyaga qarshi kurash” kabi konvensiyalar shular jumlasidandir. MDH doirasida esa, unga a’zo davlatlar tomonidan 2003-yil 15-noyabrda 22-15 qarorga muvofiq, “Korrupsiyaga qarshi siyosatning qonunchilik asoslari to‘g‘risida”gi model (qonun) qabul qilingan. AQShning Oq uy ma’muriyati esa, doimiy ravishda siyosiy kompaniyalar uchun ajratilgan mablag‘lardan noqonuniy ravishda foydalanilganligi haqidagi ayblovlar bilan kurashib keladi. “Transparency International” xalqaro tashkiloti tomonidan tashkil qilingan har yilgi “Corruption Perceptions Index” (CPI)79 reytingidagi mamlakatlarning o‘rnidan kelib chiqib, turli davlat xizmatlari tizimida Korrupsiyaning oldini olish chora-tadbirlari bilan bog‘liq bir qator misollarni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa bunda korrupsiyaga qarshi kurashda muhim yutuqlarga erishgan davlatlar alohida qiziqish uyg‘otishi shubhasiz, chunki Korrupsiyaga qarshi effektiv dasturlarni o‘z ichiga olgan xorijiy tajribalarni mamlakatimizda joriy qilish, Korrupsiyaga qarshi samarali mexanizmlarni yaratishga chindan ham yordam beradi. Shundan kelib chiqib, 2020-yilgi reytingning korrupsiya darajasi bo‘yicha eng “toza” mamlakatlari AQSH, Kanada, Fransiya, Germaniya, Shvetsiya, Finlandiya, Estoniya, Niderlandiya, kabi mamlakatlarda ishlab chiqilgan davlat xizmati tizimida korrupsiyaning oldini olish va unga barham berish nazariyasi va amaliyotiga tegishli ayrim tajribalarni ko‘rib chiqamiz. AQSH CPI (2020) - 67 ball (180 mamlakat ichida 25-o‘rin). Davlat organlarini Korrupsiyaning buzg‘unchi ta’siridan himoya qilish zarurati XIX asrdayoq AQSH hukumatini Korrupsiyaga qarshi kurashni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri qilishga majbur qildi. Ushbu davlatda bugungi kunda barcha davlat amaldorlari uchun majburiy bo‘lgan xizmat-axloq qoidalari va qonuniy cheklovlar asta-sekin shakllandi. Bugungi kunda hukumat amaldorlari turli xil kodekslar va qoidalar, jumladan, 1990-yil 17-oktabrdagi davlat amaldorlari va mansabdor shaxslarining odob-axloq tamoyillari va 1978-yilgi Amerika Qo‘shma Shtatlari amaldorlarining odob-axloq to‘g‘risidagi qonuni bilan boshqariladi80. Ushbu Qonunga binoan Oq uyning va boshqa ijro etuvchi bo‘limlarning barcha xodimlari o‘z bo‘lim rahbarlariga quyidagi ma’lumotlarni taqdim etishlari shart: Barcha korporatsiyalar, kompaniyalar, firmalar va tadbirkorlikning boshqa shakllari, notijorat tashkilotlar, shuningdek, xodimning o‘zi, yoki rafiqasi, voyaga yetmagan bolalari yoki oilasining boshqa a’zolari ta’lim olayotgan muassasalar nomlari ro‘yxati taqdim qilinadi. Bunday holda, mansabdor shaxsning qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishidan qat’i nazar, ushbu tashkilotlar bilan “har qanday uzoq muddatli moliyaviy manfaat va har qanday aloqalarini” o‘rnatishi taqiqlanadi. Ilova shakliga binoan mansabdor shaxs o‘zining barcha shaxsiy kreditorlari, xotinining kreditorlari, yosh bolalari va u bilan birga yashaydigan boshqa oila a’zolari ro‘yxatini taqdim etishi shart. 3. Ko‘rsatilgan shaxslarining barcha ko‘chmas mulklari mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot. 4. Ularning “doimiy” tijorat, moliyaviy va boshqa manfaatlari to‘g‘risida ma’lumot. Ushbu deklaratsiyalarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tekshirish har qanday davlat ma’muriyati yoki idorasida, komissiyalarida maxsus tayinlangan shaxslar yoki guruhlar tomonidan amalga oshiriladi, ular zarur bo‘lganda qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rashlari, mansabdor shaxslarning o‘zlarini chaqirishlari va ichki tekshiruvlarni olib borishlari mumkin. Mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan qonunbuzarliklar aniqlanganda, unga nisbatan quyidagi chora-tadbirlar qo‘llanilishi mumkin: qisman yoki to‘liq diskvalifikatsiya qilish; martabasining tushirilishi; “ziddiyatli” moliyaviy aloqalarni to‘xtatish bo‘yicha talab. Deklaratsiya qilinadigan narsalarga o‘tgan yilgi barcha moliyaviy harajatlar va daromadlar, shu jumladan: to‘liq daromad, dividendlar, depozitlar bo‘yicha foizlar, ko‘char va ko‘chmas mulkdan olinadigan daromadlar, yig‘imlar; nodavlat tashkilotlardan olingan moliyaviy va boshqa daromadlar; transport va tegishli harajatlarni to‘lash; har qanday shaxs va tashkilotdan olingan sovg‘alar, shu jumladan sayohat harajatlari, ovqatlanish, mehmonxonada turar joy, restoranlarda ovqatlanish va turli xil tadbirlar; moliyaviy va boshqa majburiyatlar, ular bo‘yicha qarzlar; turli tashkilotlar bilan kelishuv va shartnomalar; mavjud qo‘shimcha ish va boshqa ko‘p narsalar. Chet el fuqarolari, tashkilotlari va hukumatlaridan sovg‘alar olishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Masalan, agar senator yoki xodim chet el hukumati, tashkiloti, kompaniya vakili yoki xususiy shaxsdan 50 dollardan ortiq qiymatga ega bo‘lgan sovg‘a olgan bo‘lsa, u sovg‘ani olish uchun ikki nusxada tushuntirish tayyorlab, ulardan birini Senatning maxsus Etika qo‘mitasiga, ikkinchisi esa sovg‘a bilan birga Senat kotibiga yuborishi kerak. 81 Qo‘shma Shtatlarning qonunchilik tashabbuslarini nafaqat o‘z mamlakatida mavjud bo‘lgan Korrupsiya bilan bog‘liq, balki xalqaro Korrupsiya amaliyoti bilan bog‘liqligi ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. Masalan, Amerika xorijiy amaldorlarga pora olishni taqiqlovchi “Xorijiy Korrupsiya amaliyoti to‘g‘risida”gi qonunni (1977) qabul qilgan birinchi mamlakat bo‘ldi. Umuman olganda, Qo‘shma Shtatlarda Korrupsiyaga qarshi kurashish fuqaroning davlat majburiyatlarini qat’iy bajarish huquqini tan olishga asoslangan. Unga qarshi kurashish uchun uning oldini olishga qaratilgan profilaktika choralari ham, tegishli taqiqlarni buzgan shaxslarga nisbatan jinoyat qonuni ta’sir qilish choralari ham ishlab chiqilgan. Davlat xizmati qat’iy belgilangan chegaralar bilan faoliyatning o‘ziga xos turi sifatida qaraladi, davlat va kommunal xizmatchilar korpusi qat’iy nazorat qilinadigan axloqiy va intizomiy meyorlarga bo‘ysunishi shart. Kanada CPI (2020) – 77 ball (180 mamlakat ichida 11-o‘rin), jinoyat qonunchiligiga muvofiq, “mansabdor shaxslarni pora evaziga og‘dirish”, “hukumatni aldash”, “mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan ishonchni suiiste’mol qilish” mansabdorlik jinoyatlari hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda 1985-yil Kanadada davlat xizmatchilarining xizmat vazifalari va shaxsiy manfaatlari o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergan holda ular amal qilishi shart bo‘lgan xulq-atvor qoidalarini o‘zida jamlagan Kodeks qabul qilindi. Qonun chiqaruvchining fikriga ko‘ra, mazkur qoidalarning maqsadi – “davlat apparatiga va davlat xizmatchilarining halolligiga jamiyatning ishonchini oshirish”dan iborat. Bundan tashqari, qoidalar yuqorida zikr etilgan jinoyatlarning oldini olishga, davlat xizmatida va uni tark etgandan so‘ng “manfaatlar to‘qnashuvi” ro‘y bergan hollarda barcha davlat xizmatchilari xulq-atvorining aniq qoidalarini belgilashga, “bunday holatlar ro‘y berish ehtimolini mumkin qadar kamaytirish va ular ro‘y bergan holda, ularni jamiyat manfaatlarida hal qilish”ga qaratilgan. Download 2.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling