Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари
Download 2.98 Mb.
|
2023 ФАЛСАФА Мажмуа1 11(1) —
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuqori korrupsiya
Quyi korrupsiya hokimiyat va boshqaruv organlarining o‘rta va quyi darajalarida eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, amaldorlar va fuqarolarning doimiy o‘zaro munosabati bilan (ro‘yxatdan o‘tish, jarimalar, litsenziya va turli ruxsatnomalar olish kabilar) bilan bog‘liq.
Yuqori korrupsiya hokimiyat organlarida ishlovchi siyo- satchilar, oliy martabali amaldorlarni qamrab oladi hamda yuqori bahoga ega bo‘lgan qarorlar qabul qilish (qonunlarni, davlat buyurtmalarini lobbilash va qabul qilish, mulkchilik shakllarini o‘zgartirish va shu kabilar) bilan bog‘liq. Aksariyat hollarda korrupsiya bitimidan manfaatdor bo‘lgan ikkala tomon bitta davlat hokimiyati organiga mansub bo‘ladi. Masalan, quyi turuvchi davlat organining amaldori yuqori turuvchi boshlig‘iga u pora beruvchining korrupsiya harakatlarini yopib turishi yohud qo‘shimcha moliyaviy resurslar, vakolatlar berishi kabilar evaziga pora beradi. Siyosiy korrupsiyaning keng tarqalgan ikkinchi ko‘rinishi siyosat subyektlarini ularning saylanish hukuqini amalga oshirayotgan chog‘ida sotib olishdir. Korrupsiyani o‘lchash rasmiy muomaladan resurslarni chiqib ketishi va davlat boshqaruvidagi muammoli sohalarni aniqlashga yordam beradi. Davlat xazinasidan yo‘qotilgan pul miqdorini hisoblash bilan bir qatorda, korrupsiya to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat va jamoat institutlarining alohida e’tiborini talab qiladigan qonunchilik tizimining sifati, qonunlarga muayyan sohalarda amal qilinishi, davlat siyosatining samaradorligi kabi davlat boshqaruvining muammoli sohalari haqida xabar beradi. Korrupsiya to‘g‘risida nisbatan aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish tufayli hukumat davlat xizmatlarini taqdim etishdagi tengsizlik, qashshoqlik va izolyatsiya, shuningdek, pul olib chiqish (отмывание), soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash va poraxo‘rlikka yo‘l ochib beradigan moliyalash tizimidagi bo‘shliqlar (lazeykalar) kabi qator masalalarni hal qilish uchun samaraliroq siyosat va tartibga solish vositalarini ishlab chiqishi mumkin. Bugungi kunda dunyoda korrupsiya darajasini o‘lchashning beshta asosiy usuli qo‘llaniladi. Ularning barchasining afzalliklari ham, kamchiliklari ham mavjud. Zero, korrupsiya to‘g‘risida aniq ma’lumot olish juda qiyin, ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi barcha shaxslar ko‘p hollarda kimligi ochiqlanishini xohlamaydilar. O‘lchov usullari orasida eng keng tarqalgani korrupsiyani idrok etishni baholashdir (masalan, Transparency International tashkilotining korrupsiyani idrok etish indeksi, Jahon bankining korrupsiyani boshqarish indeksi). Ushbu usul mamlakat ekspertlari va aholi o‘rtasida mamlakatda korrupsiya holati to‘g‘risida so‘rov o‘tkazishni nazarda tutadi. Shu bilan birga, ushbu usulning noqulayligi shundaki, jamoatchilik va ekspertlarning fikrlariga taqdim etayotgan ma’lumotlarining ochiqligi va sifati mamlakatlar va vaqt oralig‘ida turlicha bo‘lgan ommaviy axborot vositalari ta’sir qilishi mumkin. O‘lchashning yana bir keng tarqalgan usuli – bu korrupsiyani baholash bo‘yicha so‘rov usuli (masalan, Transparency International tashkilotining global korrupsiya barometri va Jahon bankining biznes so‘rovi). U mamlakatda korrupsiya muammolari bilan bog‘liq tajribasi to‘g‘risida firmalar va aholi orasida so‘rov o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Yuqoridagi usulning kamchiliklari – ba’zi respondentlarning davlat organlarida korrupsiya bo‘lishidan manfaatdorligidadir, shuning uchun ular korrupsiya holatlari to‘g‘risida xabar bermaslikni lozim tutishlari mumkin. Korrupsiyani bevosita kuzatish ham korrupsiyani baholash usullaridan biri sifatida qo‘llaniladi. Masalan, Indoneziyada to‘qqiz oy davomida tadqiqotchilar yuk mashinalari haydovchilarini kiyimini kiyib, odatiy yo‘nalishlar bo‘ylab yuk mashinalari haydovchilarini kuzatib borishgan va yuk mashinalari haydovchilari politsiya nazorat punktida to‘xtaganlarida qancha to‘lashganini qayd etib borishgan. 300 tadan ortiq sayohatlar davomida ular 6000 dan ortiq noqonuniy to‘lovlarni kuzatishgan. Natijada, noqonuniy to‘lovlar umumiy sayohat harajatlarining 13 foizini tashkil etganligi ma’lum bo‘lgan. Ushbu usulning noqulayligi tegishli tadqiqotlarni o‘tkazish uchun ko‘p vaqt va moliyaviy harajatlarni talab qilishidadir. Korrupsiyani ajratish bo‘yicha baholash hisobot nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladigan hisobot harajatlari va amalda ishlatilgan harajatlarni taqqoslashni o‘z ichiga oladi. Ushbu usulning kamchiliklari shundaki, inspeksiya organlari xodimlarining o‘zi pora olishga va o‘g‘irlikni yashirishga moyil bo‘lishi korrupsiya harakatlarini aniqlashning turli xil bilvosita usullari ham mavjud bo‘lib, ular bo‘yicha korrupsiya holatlari korrupsiyaga bevosita aloqador bo‘lmagan ma’lumotlardan foydalangan holda aniqlanadi. Korrupsiyani o‘lchash usullari xilma-xilligiga qaramay, mutaxassislar korrupsiyaning aniq harajatlari va oqibatlarini aniqlashda jiddiy muammolarga duch kelmoqdalar: korrupsiya xatti-harakatlari odatda yashirin bo‘lib, bu ularni aniqlash va yozishni qiyinlashtiradi; korrupsiya faoliyati to‘g‘risida ko‘pincha xabar berilmaydi, chunki to‘lashi kerak bo‘lganlar qasos olinishidan yoki biron-bir darajada jinoyat uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olishlari mumkinligidan qo‘rqishadi; korrupsiya turli shakllarni oladi – o‘g‘rilik, firibgarlik, qarindoshchilik, poraxo‘rlik, tovlamachilik va pul yuvish (otmivaniye), bu korrupsiya amaliyotini yagona indikator ko‘rinishida qamrab olish imkonsiz ekanini ko‘rsatadi. Masalan, biror bir ishda mansabdan foydalanib o‘z yaqin kishisiga yordam berish (boshqalar zarari hisobiga) va buning uchun to‘lov olmaslik, mohiyatan korrupsiya, lekin buni aniqlashning deyarli iloji yo‘q. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR: Korrupsiyaning miqyosi va qamrovini belgilovchi omillarini sanab bering? Korrupsiyaning iqtisodiy sabablari tushutirib bering? Korrupsiyani lobbizmdan farqi nimada? Korrupsiyaning eng xavfli shakllarini misollar asosida izohlang? Korrupsiyaning miqyosi va qamrovini belgilovchi omillarni guruhlarga ajratib ko‘rsating? Korrupsiyaning institusional sabablari nimalardan iborat? Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar nimalardan iborat? Siyosiy korrupsiyaning keng tarqalgan ko‘rinishi qaysi? Korrupsiyani amal qilish darajalariga ko‘ra quyi, yuqori va vertikal korrupsiyaga ajratish mumkin. Ularni izohlang? Korrupsiyaning barcha turlari bevosita siyosiy, g‘oyaviy, va kadrlar korrupsiyasini vujudga kelish sabablari va oqibati? Download 2.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling