Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Qur’on islom dining muqaddas kitobi. Hadislar


Download 5.38 Mb.
bet133/183
Sana20.09.2023
Hajmi5.38 Mb.
#1682207
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   183
Bog'liq
Falsafa Majmua 2022

5.4. Qur’on islom dining muqaddas kitobi. Hadislar. Islom diniy ta’limotining asoslari – Qur’on va hadis to‘plamlarida, Shuningdek, VIII-XII asrlar davomida vujudga kelgan ilohiyot adabiyotlarida o‘z ig‘odasini topgan.
Qur’oni Karim ilohiy kitob bo‘lib, u farishta Jabroil alayhissalom tomonidan Muhammadga nozil etilgan. Bu muqaddas kitob Er Yuzi musulmonlarining dasturulamali, diniy ahkomlar manbaidir. Qur’oni Karim sahifalarini bir kitobga jamlash xalifa Abu Bakr davrida boshlanib xalifa hazrati Usmon davrida yakunlangan va to‘rt nusxada ko‘chirilgan. Ana Shu ko‘chirilgan dastlabki nusxalardan biri Movarounnahr musulmonlari diniy idorasida saqlab kelingan, hozirda esa buYuk bobokalonimiz nomi bilan bog‘liq Toshkentdagi Temuriylar davri muzeyida saqlanmoqda. Bunday muqaddas kitobning Yurtimizda bo‘lishi Ollohning bizning Yurtimizga bo‘lgan inoyati deb bilmoq lozim. Qur’oni Karimda 114 sura, 6236 ta oyat bor. Mustaqillik Sharofati bilan turli marosimlarimiz Qur’oni Karim qiroatlaridan boshlanmoqda. Bu o‘tmishda bir orzu edi, xolos.
Ilohiyotda Islom dini uch elementdan - iymon, Islom, ehsondan iborat deb e’tirof etilgan. Iymon talablari 7 ta aqidani - ollohga, farishtalarga, muqaddas kitoblarga, payg‘ambarlarga, oxirat kuniga, taqdirning ilohiyligiga va o‘lgandan keyin tirilishga ishonish talablarini o‘z ichiga oladi. Islom talablariga, ya’ni din asoslari - arkon ad-din deb nom olgan 5 ta amaliy marosimchilik talablari kiradi. Bular - kalima keltirish, namoz o‘qish, ro‘za tutish, zakot berish va imkoniyati topilsa Haj qilish talablari. Ehson aqidalarga sidqidildan ishonish va marosimlarni ado etishdir.
Islomning kishilar ongi va turmuSh tarziga ta’sir etishi, ular hayotidan mustahkam o‘rin olishini ta’minlovchi diniy marosimchilik -xatna, ro‘za hayiti, qurbonlik va qurbon hayiti, movlid, ashuro va boshqalar ham Shakllangan. Bundan tashqari, mahalliy xalqlarda islomgacha mavjud bo‘lgan urf-odatlar, jumladan kinna soldirish, g‘ol ochirish, dam soldirish, muqaddas joylarga, avliyolarga sig‘inish kabi odatlar ham islom marosimlariga moslashib ketgan.
Hadislar Islom dinida Qur’ondan keyingi muqaddas manba. Hadislar to‘plami sunnat deb ataladi. Hadisi Shariflarda Muhammad alayhissalomning so‘zlari, qilgan ish faoliyatlari va sahobalar tomonidan amalga oshirilgan ishlarga munosabatlari bayon ettirilgan.

Download 5.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling