Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Download 5.38 Mb.
bet129/183
Sana20.09.2023
Hajmi5.38 Mb.
#1682207
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   183
Bog'liq
Falsafa Majmua 2022

SHofe’iy mazhabi. Bu mazhab jug‘rofiy mintaqa mahsuli bo‘lmasdan, ikki o‘zga mazhab bilan yaqindan tanish, Payg‘ambar ajdodi Hoshimning akasi Al-Muttalib avlodidan bo‘lgan Muhammad ibn Idris ibn al-Abbos ibn Usmon ibn SHofe’iy uning asoschisi bo‘ldi. SHofe’iy 767 yili Falastin (G‘azza)da tug‘ilib, 820 yili Misrda vafot etdi. SHofe’iy "Al-Umm" nomli kitobni yozib [ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, kitobni uning Shogirdi Ar-Rabiy ibn Sulaymon (884 y.) yozgan], unda nafaqat Shofe’iy mazhabi nazariyasini ifodalagan, balki o‘zga mazhablar orasidagi ko‘plab farqlarni ham izohlab bergan. Mazkur etti jildlik kitobda turli huquqiy masalalar, Ali va Ibn Mas’ud orasidagi ixtilof, SHofe’iy va Molik qarashlari orasidagi farq ASh-SHayboniy tomonidan Madinaga xos ayrim nazariyalarining rad etilishi o‘z aksini toptan.
Misr mazkur yangi mazhabning vatani bo‘lgani uchun u yerda bu ta’limot chuqur ildiz otgani tabiiydir. 1517 yili Usmoniy turklar tomonidan Misrga hanafiy mazhabi kiritiladi. Hozirgi kunda sud mahkamalarida Shaxsiy maqom borasida hanafiy mazhabi tatbiq etilsa-da, ko‘p misrliklar, ayniqsa, qishloq joylarda o‘z diniy urf-odatlarida Shofe’iy an’analariga sodiq qolganlar. Falastin va Iordaniyaning aksariyat musulmonlari, Suriya, Iroq, Hijoz, Pokiston, Hindiston, Indoneziya hamda Eron va YAmandagi sunniy musulmonlar ham Shunday qiladilar.
Hanbaliy mazhabi, Bu Shaxsiy mazhab, chunki asosan bir Shaxs — Ahmad ibn Hanbalning huquqiy qarashlari, qavl va fatvolarini namoyon etadi. Ibn Hanbal 780 yili Bag‘dodda tug‘ilib, Shu yerda 855 yili vafot etgan. Hadis to‘plash niyatida Suriya, Hijoz, YAman, Kufa va Basraga ko‘p sayohat qilgan va 40 000 dan ortiq hadisni jam etgan olti jildlik "Musnad al-Imom Ahmad" asarini yaratgan.
Bu mazhabning o‘zgalarga nisbatan ko‘proq hadislarga tayanishi qonun asoslari jihatidan farq qiladi. Ular hadislar mohiyatini Qur’on oyatlari martabasigacha ko‘tarishgan. Hadislarga "qanday?" deb savol bermasdan (bilo kayfa) to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishonish zarur, deganlar. Hanbaliylarga binoan (Ibn Qayyim al-Javziya - 1350 y.) fiqh asoslari beShta: 1. Qur’on va sunnat matnlari; 2. Sahobalarning fatvolari; 3. Qur’on va sunnatga muvofiq bo‘lgan ayrim sahobalarning qavllari; 4. Isnodi zaif yoki xabar beruvchilar soni kam bo‘lgan hadislar; 5. Mutlaqo ilojsiz qolganda, qiyos bo‘yicha hukm chiqarish.
Ibn Abd ul-Vahhob keyingi asrlar ulamolari emas, balki Qur’on va sunnatga tayangan boshlang‘ich Islomning sarchashmalariga qaytishga da’vat etadi. Vahobiylarning muvaffaqiyati va XX asr Sa’id oilasining hukumat tepasiga qaytishi Saudiya Arabistonida hanbaliy mazhabini rasmiy mazhab sifatida ta’sis etilishiga olib keldi. SHuningdek, hanbaliylik Qatarda rasmiy mazhab va Falastin, Suriya, Iroq va yana boshqa joylarda o‘z izdoshlariga ega.

Download 5.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling