Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари
Download 5.38 Mb.
|
Falsafa Majmua 2022
PlYuralizm (lot. pluralis - ko‘pchilik) vakillarining aytishicha, borliqning asosida ko‘plab, bir-biridan mustaqil moddiy va g‘oyaviy negizlar yotadi. Ayrim plYuralistlar moddiy negizlarga urg‘u berishadi. Ularni materialistik plYuralizm vakillari deyish mumkin. Masalan, qadimgi xitoy, qadimgi hind, qadimgi Yunon materialistlari borliq olov, suv, havo va tuproqdan tashkil topgan deyishgan. Boshqa yo‘nalishdagi plYuralistlar esa ma’naviy, g‘oyaviy substansiyalarga ustuvorlik berishgan (ularni idealistik plYuralizm vakillari deyishadi). Masalan, Max va Avenarius dunyoning asosida yotuvchi elementlar turli shakldagi sezgilardan iboratdir, deb hisoblaydi. SHuningdek, dunyoning asosida ko‘plab ham moddiy, ham ma’naviy (bir xil darajada) elementlar yotadi (Demokritda bu elementlar atomlar, Leybnitsda g‘oyaviy monadalar) deb hisoblovchi plYuralistlar ham bor.
2. Borliqning moddiy shakli materiya o‘ziga barcha jismlarni, hodisalarni, jarayonlarni va ularning xususiyatlarini qamrab oladi. Bundan tashqari u tafakkurni ham, olamda mavjud bo‘lgan barcha aloqadorliklarni va munosabatlarni ham qamrab oluvchi umumiy falsafiy tushunchadir. Materialistlar materiyani ob’ektiv reallik, deb ta’riflashadi. Ob’ektiv reallik inson sezgilariga bog‘liq bo‘lmagan holda, undan tashqarida mavjud bo‘lgan voqelikdir. Bu butun mavjudlikning sub’ektiv reallikdan tashqaridagi qismi hisoblanadi. Materiya moddiy ob’ektlarni birlashtiruvchi tushuncha. Xususan olinganda, materiyaning o‘zi yo‘q, balki dunyoda materiyaning ayrim predmet yoki biror konkret buYum shaklidagi ko‘rinishlari uchraydi. Materiya esa materiyaning hamma konkret ko‘rinishlariga xos bo‘lgan barcha universal xususiyatlarini aks ettiruvchi umumiy tushunchadir. Bu dunyoda «umuman odam» bo‘lmasdan, ayrim odamlar uchrashiga o‘xshash fikrdir. Umuman odam - bu ayrim odamlarga xos umumiy belgilarni aks ettiruvchi abstraksiyadir. SHunga o‘xshash materiya tushunchasi ham abstraksiyadir. U mavjud bo‘lgan butun ob’ektiv reallikni qamrab oluvchi falsafiy kategoriyadir. Materiya ongdan mustaqil ravishda va unga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘ladi. Materiyaning falsafiy tushunchasi barcha narsalar voqeligi, moddiy voqelikni o‘ziga qamrab oluvchi, yalpi umumiylik (universallik) belgilariga egalik qiluvchi, butun ob’ektiv reallikni ifodalovchi kategoriyadir. Materiya to‘g‘risidagi falsafiy ta’limotning asosiy tomonlari quyidagilardan iboratdir: - materiya kategoriyasining universalligini, yalpi umumiyligini tan olish; - materiya kategoriyasining falsafiy abstraksiya ekanligini tan olish; - materiya va moddiy sistemalarning ob’ektivligini tan olish; - materiyaning rivojlanishini va moddiy sistemalarning evolYusiyasini tan olish; - materiya va moddiy sistemalarning nihoyasizligini, bitmas-tuganmasligini, cheksizligini tan olish. Materiya va moddiy ob’ektlar xilma-xil ko‘rinishlarda va shakllarda uchraydi. Moddiy sistemalar tuzilishga ega, ya’ni u strukturali - turli xil strukturaviy elementlardan tashkil topgan bo‘ladi. Bunday elementlar va ulardan tashkil topgan moddiy ob’ektlar rivojlanishga egadir. Materiya va moddiy sistemalar, ob’ektiv dunyoning tuzilishi xususiyatlariga ko‘ra, turli xil strukturaviy darajalardan tashkil topgan bo‘ladi. Bunday darajalarni moddiy sistemalarning tashkiliy tuzilishi va miqyosiy tuzilishiga qarab: a) tashkiliy-struktura darajalari va b) miqyosiy-struktura darajalariga ajratish mumkin. Download 5.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling