Mavzuga doir nazorat savollari
1. Magik totemizm, diniy fetishizm va shamanizm tushunchalarga ta’rif bering ?
2. Diniy ekstremizmning tarixiy ildizlari va oqimlari haqida nimalarni bilasiz?
3. Terrorizm va diniy terrorizm tushunchalariga tarif bering ?
4. Kibermakon, kiberterrorizm, kiberzo’ravonlik (cyberbullying), tushunchalarining mohiyati haqida nimalarni bilasiz?
5. Zamonaviy ezoterizmning rivojlanish bosqichlarini qanday izohlaysiz?
Asosiy adabiyotlar.
1. Abdusamedov A.E. Dinlar tarixi. Toshkent: O’zMU, 2004. - 208 b.
2. Yo’doshxo’jayev X., Rahimjonov D. Komilov M. Dinshunoslik (Maruzalar matni) Toshkent: Tosh DSHI nashriyoti. 2000
3. Mo’minov A. va boshqalar. Dinshunoslik (darslik). - Toshkent: “Mehnat”, 2004
4. Ochildiyev A. va boshqalar. Dinshunoslik asoslari (o’quv qo’llnma). -Toshkent: “Toshkent islom universiteti” nashriyot matbaa birlashmasi, 2013.
5. Xasanov A. va boshqalar . Islom tarixi (darslik). - Toshkent : Toshkent islom universiteti matbaa nashriyot birlashmasi. 2008.
GLoSSARIY
Agnostitsizm – inson ob’ektiv borliqni to‘liq bilishi mumkin emas, deb hisoblaydigan falsafiy ta’limot.
Antissientizm – fanning jamiyat hayotidagi roli va ahamiyatini salbiy baholaydigan falsafiy nuqtai nazar.
Antropogen – inson faoliyati bilan bog‘liq.
Antropotsentrizm – dunyoni bilishda insonni ustun qo‘Yuvchi falsafiy yondashuv.
Aprior – tajribadan tashqarida. Inson tafakkurida tajribada ko‘rilgunga qadar, tajribadan qat’iy nazar paydo bo‘lgan obraz, g‘oya, tuShuncha.
Ateizm – xudoning borligini inkor etuvchi falsafiy nuqtai nazar.
Atribut – xossa.
Bashorat – kelajak haqidagi, ya’ni hali amalda mavjud bo‘lmagan, lekin rivojlanishning kutilayotgan rivojini belgilovchi ob’ektiv va sub’ektiv omillar ko‘rinishida hozirgi zamonda potensial mavjud bo‘lgan hodisalar va jarayonlar haqidagi bilim.
Belgi – boshqa bir predmet, xossa yoki munosabatni ifodalaydigan va muayyan xabarni uzatish, saqlash yoki unga ishlov berishda ishlatiladigan moddiy, hissiy idrok etiladigan predmet.
Do'stlaringiz bilan baham: |