Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Download 5.38 Mb.
bet146/183
Sana20.09.2023
Hajmi5.38 Mb.
#1682207
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   183
Bog'liq
Falsafa Majmua 2022

Moddiylashtirish – ma’no strukturalari, sxemalar, loyihalarning inson faoliyatida gavdalanishi.
Modus – predmetning unga ayrim holatlardagina xos bo‘lgan muvaqqat xossasi.
Monizm – plYuralizmga zid o‘laroq, muayyan bir asosdan kelib chiqadigan falsafiy yondashuv.
Nano Yunoncha “nanos” so‘zidan olingan bo‘lib, mitti degan ma’noni bildiradi.
Nanotexnologiya-mitti texnologiya bo‘lib, uning prototipi tabiatning o‘zida mujassam. Ko‘zga ko‘rinmas bakteriyalar, chumoli, o‘rgimchak va Shunga o‘xShash hasharotlar tabiiy nano jismlardir.
Negativ – salbiy, biror narsaga zid.
Noumen – muShohada yo`li bilan anglash mumkin bo‘lgan mohiyat.
Noosfera – aql-idrok sohasi yoki biosferaning Shunday bir holatiki, bunda odamlarning oqilona faoliyati biosfera rivojlanishining muhim omiliga aylanadi.
Obraz – amaliy faoliyat va bilish jarayonida Shakllangan hissiy yoki oqilona tasavvur.
Okkultizmmaxsus ruhiy mashqlar, alohida marosimlar orqali ayrim insonlargina bila oladigan koinotda sirli kuchlar mavjudligini e’tirof etuvchi ta’limot.
Oppozitsiya - qarshi harakat, muayyan narsaga ochiqdan-ochiq yoki zimdan qarshilik ko‘rsatish.
Panteizm – Xudoni tabiat bilan tenglashtiruvchi falsafiy ta’limot.
Paradigma – mazkur davrda ilmiy hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan muayyan ilmiy tadqiqot yo`nalishini belgilovchi prinsiplar majmui.
Passionar – ichki energiyaga egalik yoki o‘ta g‘ayratlilik.
Permanent – doimiy, uzluksiz.
Persepsiya – idrok etish.
Prognoz qilishbu maxsus ilmiy metodlar yordamida kelajak haqida bilimlar olish jarayoni
Ratsionalizm – aqlni bilish va odamlar xulq-atvorining negizi deb e’tirof etadigan falsafiy yo`nalish.
Reduksionizm – murakkab narsa yoki hodisani soddaroq narsa yoki hodisaga bog‘lash.
Relyativizmbizning barcha bilimlarimiz, qadriyatlarimiz va xulosalarimizni nisbiy, Shartli deb hisoblaydigan falsafiy yondashuv.

Download 5.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling