Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Download 5.38 Mb.
bet148/183
Sana20.09.2023
Hajmi5.38 Mb.
#1682207
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   183
Bog'liq
Falsafa Majmua 2022

Faoliyat atributlari (xossalari) faoliyatni motivlashtirish va amalga oshirish mexanizmlarini tavsiflaydi. Faoliyat atributlari orasida avvalo sub’ektlilik va moddiylik qayd etiladi.
Fenomen – insonga hissiy bilish tajribasida berilgan hodisa.
Fenomenologiya – bevosita kuzatish mumkin bo‘lgan ideal mohiyatlar sifatidagi fenomenlar haqidagi falsafiy ta’limot.
Flora – o‘simliklar dunyosi.
Fluktuatsiya – o‘zgarish, belgilangan parametrlardan tasodifiy og‘ish.
Futurologiya – kelajak haqidagi fan.
Fundamental globallashuv dunyo miqyosidagi aloqalar, tuzilmalar va munosabatlar Yuzaga kelishi bilan bog‘liq. Bu jarayonlar natijasida dunyo o‘zining deyarli barcha jihatlarida yaxlit bir butun organizm sifatida uzil-kesil Shakllandi. Fundamental deb nomlanuvchi bunday globallashuvning ilk alomatlari XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘ldi, XX asr o‘rtalariga kelib esa u to‘la darajada borliqqa aylandi.
EvolYusion epistemologiya – bilishni jonli tabiat evolutsiyasining momenti va uning mahsuli sifatida o‘rganuvchi fan.
Evristik – ijodiy, noma’lum narsalar va hodisalarni bilishda sakrashni amalga oshiruvchi.
Egalitarizm – umumiy tenglikni targ‘ib qiluvchi g‘oyaviy-siyosiy oqim.
Ekzistensializm – diqqat markazida hayotning ma’nosi, inson erkinligi va mas’uliyati muammolari turuvchi falsafiy yo`nalish.
Ekologiya – jonli mavjudotlarning o‘zini qurShagan muhit bilan o‘zaro munosabatlari haqidagi fan.
Ekologik muammo – jonli organizmlarning atrof muhit bilan muvozanatining buzilishi.
Ekologik tanglik – ekologik muammoning keskinlashuvi, bunda uning oqibatlari orqaga qaytarib bo‘lmaydigan xususiyat kasb etadi.
Eksplikatsiya – u yoki bu predmet (yoki madaniyat ob’ekti)ning mohiyatini aniqlash, uning mazmunini keng tavsiflash.
Ekspertiza usulida baholash- bu ilmiy metodning mohiyati ekspertlar (fan va texnikaning turli sohasidagi etakchi mutaxassislar) tomonidan muammoni tahlil qilish va so‘ngra natijalarni formallashtirilgan asosda qayta ishlashdan iborat
Ekopessimizm - asosiy e’tibor inson faoliyatining salbiy oqibatlari va atrof muhit muammolariga qaratilgan, ularni echish imkoniyatlari salbiy tusda ko‘rilgan hol.

Download 5.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling