ZIDDIYASIZLIK QONUNI (lot. lex contradictionis) formal mantiqning asosiy qonunlaridan bo‘lib, u quyidagicha ifodalanadi: ayni bir predmet haqida aytilgan ikki o‘zaro bir –birini istisno etuvchi fikrlar ayni bir vaqtning o‘zida va aynan bir nisbatda birdaniga to‘g‘ri bo‘lishi mumkin emas. Masalan: «Pomir – baland tog‘». «Pomir – past tog‘». Bular birdaniga to‘g‘ri bo‘lishi mumkin emas. Uning formulasi: A A emas. (A A).
I – LOTINCHA AFFIRMO – tasdiqlayman so‘zining ikkinchi unli harfi bo‘lib, u juz’iy tasdiq hukmni simvolik ifodalaydi.
IDEAL – (grek. – idea – tarz, obraz, tuShuncha) – kamolot, ayrim kishi, guruh, sinfning intilishi va xatti-harakatini biron-bir narsada namuna qilib belgilaydigan oliy maqsad. Ideal matematik mantiqda ma’nosi bo‘lmagan (juda bo‘lmaganda bir elementga ega bo‘lgan) to‘plam bo‘lib, grekcha harfi bilan belgilanadi.
IDEALIZASIYA - ilmiy tadqiqot usuli bo‘lib, bu usul maxsus abstrakt ideallashtirilgan ob’ektlar tuzishda ifodalanadi. Bu usul ob’ektlarni «sof Shaklda» o‘rganish maqsadida qurilgan fikriy konstrukSiyalardan iborat bo‘lib, u real holda uchramaydi, ammo o‘zining biron timsoliga ega: Masalan: geometriyada «nuqta», fizikada «absolYut qattiq jism» kabi va hokazo.
IDEOLOGIYA – (grek. idia - tarz, obraz, tuShuncha va ta’limot) – ijtimoiy qarashlar va g‘oyalar sistemasi. Unga siyosiy, huquqiy, ahloqiy, falsafiy, estetik, diniy ateistik qarashlar kiradi. U ijtimoiy ongning bir qismi bo‘lib, ijtimoiy borliq asosida vujudga keladi va rivojlanadi.
Idrok – ayrim buYum va hodisalarni yaxlit holda aks ettiradigan psixik proSess.
IJOBIY MANTIQ – hozirgi zamon noklassik mantiq oqimi bo‘lib, fikrlash jarayonida inkor etish amalini qo‘llamaydi. Uning o‘rniga implikaSiya, kon’YunkSiya, diz’YunkSiya va ekvivalentlilikni ishlatadi.
IJOBIY VA SALBIY TUSHUNCHA – tuShunchalarning mazmun jihatdan turlari bo‘lib, ijobiy tuShunchada predmet o‘zida mavjud belgi orqali fikrlansa, salbiy tuShuncha o‘zida yo‘q belgi yordamida ifodalanadi.
IZCHILLIK – mantiqiy tafakkurning asosiy Shartlaridan biri bo‘lib, fikrlash jarayonida tartiblilikni talab qiladi,ya’ni fikr oddiydan murakkabga qarab,yoki aksincha Yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |