Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


INKOR MODUS – Shartli va ayiruvchi sillogizmning inkor modusi. INKOR HUKM


Download 5.38 Mb.
bet158/183
Sana20.09.2023
Hajmi5.38 Mb.
#1682207
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   183
Bog'liq
Falsafa Majmua 2022

INKOR MODUS – Shartli va ayiruvchi sillogizmning inkor modusi.
INKOR HUKM – biror predmetda biror belgining mavjudligini rad etadigan hukm.
ISBOT – biror fikrning to‘g‘riligini amaliy tajribada ilgari chinligi tasdiqlangan boshqa bir to‘g‘ri fikr vositasi bilan asoslab berish. Har qanday isbot 3 qismdan iborat bo‘ladi: Tezis, asos (argument) va isbotlash usuli (demonstraSiya).
ISBOTLASH QOIDALARI: isbot to‘g‘ri bo‘lishi uchun amal qilish zarur bo‘lgan qoidalar:Ular tezisning argumentlarining va isbotlash usulining qoidalarini o‘z ichiga oladi.
yo‘LDOSH O‘ZGARISHLAR METODI – hodisalarning sababli bog‘lanishini tekshirishning induktiv metodlaridan bo‘lib, bu metod bo‘yicha, agar bir hodisaning Yuzaga kelishi har safar unga yo‘ldosh bo‘lgan ikkinchi hodisani zaruran Yuzaga keltirsa, demak bu hodisaning birinchisi ikkinchisining sababidir.
KATTA TERMIN –sillogizmning katta asosda joylashgan termin bo‘lib, u hulosaning predikatidir.
KATEGORIYA – (grek. kategoria – ta’rif berish, fikr aytish) – obektiv reallikdagi hodisalarning asosiy xususiyat va qonunlarini aks ettiradigan va davrning ilmiy – nazariy muhitni, tafakkurning xarakterni belgilab beradigan umumiy tuShunchalar. Formal mantiqda esa u umumlashtirishning chegarasi bo‘lib hisoblanadi
KELIB CHIQMAYDI - (lot non sequitur) – isbotdagi xatolardan biri bo‘lib, bunday xato etarli asos qonunini buzish natijasida kelib chiqadi. Bu xatoning mohiyati Shundan iboratki, tezisning isboti uchun keltirilgan asoslar to‘g‘ri, chin bo‘lsa - da, biroq u tezisning isboti uchun etarli emas. SHuning uchun bu «asoslardan tezisning chinligi kelib chiqmaydi» deb ataladi. «Kimki ko‘p isbotlashga intilsa, u hech narsani isbotlamaydi» (lot. qui nimium probat, nihil probat) – isbotdagi xatolardan bo‘lib, isbot jarayonida tezisning isboti uchun juda ko‘p asoslar keltirilib, bu asoslar tezisning isboti uchun etarli bo‘libgina qolmay, balki ortiqcha hisoblanadi.
KICHIK TERMIN – sillogizmning kichik asosida joylashgan tuShuncha bo‘lib, u xulosaning sub’ekti bo‘lib keladi.
KLASSIFIKASIYA – (lot. classis – turkum, facio - bajaraman) predmetlarni muhim belgilarga qarab turkumlash. Bunda predmetlar bir – biriga o‘xShashligi va farqiga qarab sinflarga bo‘linadi va joylashtiriladi. U tabiiy va sun’iy, ilmiy va yordamchiga bo‘linadi.

Download 5.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling