GENETIK METOD – predmet hodisalarning kelib chiqishi va rivojlanishini tahlil qilish asosida tadqiq etish usuli.
GENETIK TA’RIF – ta’riflanayotgan buYumning kelib chiqishini ko‘rsatadigan ta’rif.
GIPOTEZA – (grek. Hupothesis – asos, prinsp, faraz) – hali isbotlanmagan nazariy fikr, faraz. Gipoteza ma’lum natijalarni tug‘dirgan sabab haqida qilingan farazdir. Gipotezani ilgari surish, asoslash va isbolash–ilmiy bilishning rivoji uchun zarur metoddir. Gipotezaning nazariyaga aylanishi uchun uni tekshirish kerak. Gipotezani tekshirish natijasida: a) uning ehtimolligi ortadi; b) haqiqatligi isbotlanadi, nazariyaga aylanadi; v) gipoteza rad etiladi. Barcha nazariyalar gipoteza bosqichini bosib o‘tadi. Gipoteza praktikada isbotlangandan so‘ng ishonarli nazariyaga aylanadi.
GIPOTETIK – deduktiv metod – ilmiy tekshirish usuli bo‘lib, bu usul vositasi bilan dastavval o‘rganilayotgan predmet haqida bir necha gipoteza keltiriladi. Keltirilgan gipotezalar asosida deduktiv yo‘l bilan hulosa chiqariladi. Bu metod boshqa metodlar bilan (analiz, sintez, induktiv va b.) birga qo‘llanilgandagina ahamiyatli bo‘ladi.
GNOSEOLOGIYA (grek. Gnosis – bilish, logos - ta’limot) – bilish nazariyasi, filosofiyaning muhim sohasi:
generalisatio – (lot.) yakkadan umumiyga qarab umumlashtirishdir;
genus praximum – (lot.) eng yaqin jins;
gratis dictum – (lot.) behuda aytilgan, CHunki argumentlari yo‘q, Shunga ko‘ra asoslanmagan;
grosso modo – (lot.) taxminan, umumiy tarzda bayon qilmoq.
DEDUKTIV ISBOT (tradiSion mantiqda) isbotning Shakllaridan bo‘lib, ayrim, yakka hukmlardan iborat bo‘lgan tezisning umumiy qoidalariga asoslanib isbotlash usulidir.
DEDUKTIV XULOSA -umumiy chin asoslardan Shu umumiylikka kiruvchi xususiylik va yakkalik haqida yangi bilim beruvchi xulosa Shakli.
DEDUKSIYA (lot. Deductio – hulosa chiqarish) – keng ma’noda hulosa chiqarishning asosiy usullaridan va tadqiqot metodlaridan biri.
Do'stlaringiz bilan baham: |