Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Download 5.38 Mb.
bet170/183
Sana20.09.2023
Hajmi5.38 Mb.
#1682207
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   183
Bog'liq
Falsafa Majmua 2022

DO‘STLIKaxloqiy tuShuncha; o‘zaro bog‘liqlik, ma’naviy yaqinlik, manfaatlar umumiyligi va h.k.ga asoslangan insonlar o‘rtasidagi ijobiy munosabatni ifodalaydi. D.ga quyidagi xislatlar: Shaxsiy xarakter, ko‘ngilchanlik va individual tanlash, ichki yaqinlik, barqarorlik xosdir. D. mazmuni tarixiy taraqqiyot jarayonida o‘zgarib boradi. Fal. tarixida D.ni ko‘proq axloqiy jihatdan tahlil qilgan ba’zi mutafakkirlar uning emoSional jihatini alohida ta’kidlaganlar, boshqalari esa uni manfaatlar umumiyligi va oqilona egoizmdan keltirib chiqarganlar. 19-a.ning oxirlarida D. psixolog va soSiologlar tomonidan ilk empirik tadqiq etila boshlandi. D.ning mazmuni va funkSiyalari yosh o‘tib borishi b-n sezilarli darajada o‘zgarib boradi. Bolalar do‘stligi, o‘rtoqlik, hamkorlik faoliyatiga asoslangan emoSional-hissiy yaqinlikni o‘zida aks ettiradi.
IMPERATIV AXLOQ -(lot.imperativus -farmon) Kant etikasida axloqiy qonunni tavsiflovchi asosiy tuShuncha. Kant falsafiy ta’limotida amaliy aqlni nazariy aqlga nisbatan ustun qo‘yiladi. “Amaliy aql” deganda, keng ma’noda u etika, davlat va huquq nazariyasini, tarix falsafasi va dinni, antropologiyani; tor ma’noda esa, axloqiy xulq atvor tamoyillari va qoidalarini yaratuvchi aqlni tuShunadi. Kant “Amaliy aql tanqidi” asarida inson yaxshilik va yomonlik haqida qalbining hissiy ishtiyoqi va intilishlariga asoslanib emas, aql zakovati yordamida xulosa chiqarish kerak, degan nazariyani o‘rtaga tashlaydi.
KASBIY ODOB - jamiyat tomonidan qabul qilingan ahloq qoidalarini kishilarning ixtisoslariga nisbatan amalda tatbiq qiluvchi aniq kasbiy burch, Sha’n, or-nomus, qadr-qimmat kabi xatti-harakatlarning majmui, umumiy axloqning kishilar kasb-koridagi o‘ziga xos ko‘rinishidir. Odob (arab. adab so‘zining ko‘pligi) – jamiyatda e’tirof etilgan xulq normasi. SHaxs ma’naviy hayotining tashqi jihatini ifodalaydi va o‘zgalar b-n munosabat (oila, mehnat jamoasi, turli marosimlar)da namoyon bo‘ladi. Odob negizida axloqning ba’zi tamoyil va me’yorlari, Shuningdek, maqsadga muvofiqlik va go‘zallik (estetika) talablari yotadi. Odob kishining jamoat orasida o‘zini qanday tutishi, odamlar b-n qay yo‘sinda muomala qilishi, o‘z turmushi, bo‘Sh vaqtini qanday tashkil etishi, inson tashqi qiyofasi qanday bo‘lishi lozimligiga tegishli qoidalar (masalan, Sharm-hayo, kamtarlik, xuShmuomalalik kabilar)ni o‘z ichiga oladi.
KAMTARLIK – avvalo o‘z – o‘ziga talabchanlik, o‘z harakatlariga, ishiga, bilimiga tanqidiy qarash, o‘ziga, kuch – quvvatiga ortiqcha baho bermaslikdir. Kamtarlik kishilarga bo‘lgan munosabatda namoyon bo‘ladi. Inson odobli bo‘lsa, u kishilar bilan Shunchalik sodda kamtarona muomala qiladi, o‘z ishlariga va harakatlariga kamtarlik bilan baho beradi. Boshqalarga nisbatan shirinsuhan bo‘ladi. Kamtar inson boshqalardan o‘zini ustun qo‘ymaydi, o‘ziga bino qo‘yib, soxta Shuxrat ketidan quvmaydi, Yutuqlardan esankiramaydi. Kamtarlik - tortinchoqlik va haddan tashqari andishalilikdan farq qiladi. Ular orqasidan inson o‘z qadr – qimmatini tushirib qo‘yish mumkin. Kamtarlik tabiiylikdan kelib chiqadi. U kishilarga bo‘lgan munosabatda ham yaqqol ko‘rinadi. Kamtarlik inson ichki ma’naviy dunyosining tashqi ifodasi hisoblanadi.

Download 5.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling