Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Download 5.38 Mb.
bet177/183
Sana20.09.2023
Hajmi5.38 Mb.
#1682207
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   183
Bog'liq
Falsafa Majmua 2022

ULUG‘VORLIK - tabiat, jamiyat, inson va uning faoliyati mahsulotlarida namoyon bo‘ladigan man’naviy ahloqiy tuShuncha. Ulug‘vorlik belgisiga ega bo‘lgan barcha narsa va hodisalarga xos umumiylik me’yoriy barkamollikdir.Tabiatda ulug‘vorlik baland tog‘lar, qudratli SharSharalar timsolida namoyon bo‘ladi. Ulug‘vorlik hissi umuminsoniy, umumiy belgilari bilan birga ijtimoiy Shartlangan, aniq tarixiy tabiatga ham molik qahramonlikda alohida nafosat va axloqiy birlikda to‘liq hamda bevosita namoyon bo‘ladi. San’atning turli ko‘rinishlari ulug‘vorlikni tasvirlashni xilma-xil imkoniyatlaridan foydalanadi. San’atdagi ulug‘vorlik badiiy mazmun va Shakl imkoniyatlari vositasida ifodalanadi, lekin bunda hal qiluvchi rolni g‘oya o‘ynaydi. G‘oya mukammal Shaklning zarurligini Yuzaga keltirib, san’at asarining buYuklik darajasini belgilab beradi. Ulug‘vorlikni Kant ikkiga ajratadi; matematik va dinamik ulug‘vorlik. Matematik ulug‘vorlik ekstensiv miqdorni, makon va zamondagi ko‘lamli miqdorni, dinamik ulug‘vorlik kuch va qudrat miqdorini o‘z ichiga oladi.
FOJIALILIK - voqelikning eng muhim, chuqur ziddiyat va to‘vnashuvlari hayot va o‘lim,ozodlik va mutelik, aql va tuyg‘u, qonun va burch Shaxsiy va ijtimoiy munosabatlarni o‘ziga xos tarzda ifoda etuvchi falsafiy tuShuncha. San’atdagi fojealilik haqida fikr Yuritganda san’at asarlaridagi fojeali ohanglar, fojeaviylik san’ati va nihoyat, fojeaviylik san’at turi kabi muammolar alohida muShohada qilinishi lozim. Har qanday fojea zamirida muayyan fojeali to‘qnashuv, ziddiyat yotadi. Fojea uslubining umumiy belgilari qatoriga keng umumlashgan intilish, tafakkur boyligi, soddalik va yaxlitlik, hayajon va ehtiroslarning Yuksakligi kabilar kiradi. Fojea tarixiy davrning burilish paytlarida, eski ijtimoiy aloqalar va munosabatlar barbod bo‘lib, qarashlar, estetik va axloqiy aqida qoidalar qayta baholanayotgan Sharoitda ravnaq topadi.
KULGILILIK haqidagi mavjud barcha nazariyalar kulgililikning predmetini obektiv xususiyat sifatida yoki Shaxsning sub’ektiv imkoniyatlari natijasi yohud sub’ekt va ob’ekt o‘zaro aloqadorligining natijasi sifatida ko‘rib chiqishadi. Mazkur uchta metodologik yondoshuv kulgililikdagi ko‘pma’nolikning Yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Estetik tafakkur tarixida kulgililik bir qadar keng o‘rganilgan. Jumladan, Aflotun ojiz va layoqaSizlarni kulgili odamlar, deydi. Nodonlik esa insonni kulgili qiladi. Biroq, kulgililikning mohiyati, uning kelib chiqishi sabablari haqida Aflotun biror-bir fikrni aytgan emas. Quldorlik tuzumi zodagonlarining namoyondasi bo‘lgan Aflotun uchun kulgililikning demokratik mohiyati begona edi.
Arastuning fikriga ko‘ra, kulgi ayrim xatoliklar hamda kishilarga ozor etkazmaydigan va zarar keltirmaydigan hunuklikni keltirib chiqaradi. Insondagi jahldorlik, suskashlik, qizg‘onchiqlik, subuSizlik, izzattalablik, Shuhratparrastlik kabi illatlar kulgililik uchun ob’ekt bo‘ladi. Aristotel fikricha, kulgi-axloq hududlarini bezarar buzishdir

Download 5.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling