Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари
Download 5.38 Mb.
|
Falsafa Majmua 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- GO‘ZALLIK FALSAFASI
SAN’AT FALSAFASI - san’at bu fanning yagona tadqiqot obekti emas. Hozirgi paytda texnika estetikasi va uning amaliyotdagi sohasi dizayn, atrof-muhitni go‘zallashtirish, tabiatdagi nafosat borasidagi muammolar bilan ham Shu fanimiz Shug‘ullanadi. Demak, uning qamrovini san’atning o‘zi bilangina chegaralab qo‘yishga haqqimiz yo‘q.
GO‘ZALLIK FALSAFASI - bugungi kunda inson o‘zini o‘rab turgan barcha narsa-hodisalarning go‘zal bo‘lishini, har qadamda nafosatni his etishni istaydi. YUqorida aytilganlardan kelib chiqsak, «Go‘zallik falsafasi» degan ibora bu fani mohiyatiga ko‘proq mos keladi. Negaki, u faqat san’atdagi go‘zallikni emas, balki insondagi, jamiyat va tabiatdagi go‘zallikni ham o‘rganadi. SHuningdek, go‘zallikdan boshqa ulug‘vorlik, fojiaviylik, kulgililik, mo‘‘jizaviylik, hayolilik uyg‘unlik, noziklik singari ko‘pdan-ko‘p tuShunchalar mavjudki, ularni tadqiq etish ham estetika fanining zimmasida. Lekin, bu o‘rinda, Shuni unutmaslik kerakki, mazkur tuShunchalarning har birida go‘zallik, bir tomondan, unsur (element) sifatida ishtirok eSa, ikkinchi tomondan, ularning o‘zi go‘zallikka nisbatan unsur vazifasini o‘taydi. Ana Shu xususiyatlarning voqelikda namoyon bo‘lishini biz nafosat deb ataymiz. RIGVEDA - «Veda»-muqaddas bilim, «Rigveda»-alqovlar vedasi demakdir. «Rigveda» o‘Sha davr kishisining o‘zi va atrof muhit: ma’budlar, iblislar, devlar, fazo, ijtimoiy turmuSh axloqiy va estetik qadriyatlar haqidagi bilimlarni o‘z ichiga oladi. Dhi - «fikr, tasavvur, qarash, tuShuncha; intuiSiya (fahm), bilish, aql; bilim, san’at, ibodat», Shuningdek, «ko‘z o‘ngiga keltirish, fikrlash» ma’nolariga uyqash. SHoir dhira-«dhi» egasi, donishmand, iste’dod egasi» deb atalgan. SHoirlar ma’budlardan dhi ato etishlarini so‘raganlar. Dhi tufayli Shoirlar ma’budlar odamlar orasidagi vositachiga aylanganlar. Zero Shoir-«doimo ma’budlar olami bilan uchrashuv» timsolidir. Ma’budlar olami esa mutloq go‘zallik maskani Vedalardagi tasavvurga ko‘ra, Shoirlar o‘zlari yangi manzaralar yaratmaydilar, balki oddiy bandalar ko‘rolmaydigan ma’budlar dunyosiga tegishli manzaralarni so‘zga aylantiradilar. UPANISHAD - so‘zi to‘g‘ridan-to‘g‘ri «davra», «davra olmoq» (ustoz atrofida) demakdir. Lekin uning ikkinchi botiniy ma’nosi - «sirli bilim», «yashirin bilim». Upanishadlar vedalarga borib taqaladigan, ularning sirlarini tuShuntiradigan diniy-falsafiy tabiatga ega ta’limotdir. Aynan milodgacha bo‘lgan VII asrlarda vujudga kela boshlagan ana Shu upanishadlarda qadimgi hindlarning estetik tasavvur va qarashlari Shakllangan. Upanishadlardagi nafosatli tasavvurlar ham axloqiy qarashlar bilan mustahkam bog‘liq. SHIS-ZIN («Qo‘shiqlar kitobi») - U qadimgi Xitoy xalqi tarixini ko‘pgina tarixiy, etnografik va boshqa yodgorliklarga nisbatan to‘laroq, chuqurroq aks ettiradi, desak yanglishmaymiz. «SHiszin» 305 She’riy asarni o‘z ichiga oladi. Ular to‘rt qismga bo‘lingan: «Gofun» («Saltanatlar odatlari»), «Syao ya» («Kichik qasidalar»), «Da ya» («Ulkan qasidalar») va «Sun» («Alqovlar»), «SHiszin»dagi She’riy asarlar asosan xalq og‘zaki ijodining yozib olingan variantlaridir, to‘g‘rirog‘i musiqaga solingan She’rlardir. Agar qadimda musiqa va raqs bir-biridan ajralib chiqmaganini nazarda tuSak, bu yodgorlikda ham so‘z san’ati, ham musiqa san’ati, ham raqs san’ati ruhini, unsurlarini ko‘rish mumkin. DAOCHILIK - uShbu yo‘nalishining muhim belgisi, bu-fazo (kosmos) va tabiatning azaliy va abadiy go‘zalligi; jamiyat va inson go‘zalligi darajasi esa ana Shu borliq go‘zalligiga qanchalik o‘xShash, yaqin ekanligi bilan belgilanadi. Download 5.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling