Mavzu: Falsafa fanining predmeti va uning pedagoglar uchun nazariy va amaliy axamiyati. Reja


Download 203.52 Kb.
bet47/69
Sana27.01.2023
Hajmi203.52 Kb.
#1130323
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   69
Bog'liq
Kechki maruza matni

Ilohiy kitoblar –muayyan dinda muqaddas va ilohiy hisoblanadigan kitoblar. Diniy ta’limotga kо‘ra, Alloh о‘tgan payg‘ambarlarning ba’zilariga sahifalar, ba’zilariga esa kitoblar nozil qilgan. 100 sahifa va 4 kitob. Bulardan 10 sahifani Odam (as)ga, 50 sahifani Shis(as)ga, 30 sahifani Idris(as)ga, 10 sahifani Ibrohim (as)ga yuborgan. Muso (as)ga Tovrot, Dovud (as)ga Zabur, Iso(as)ga Injil va Muhammad (sav)ga Qur’onni nozil qilgan. Qur’ondan boshqa ilohiy kitoblar va sahifalar bir yо‘la bir da’fada nozil qilingan, deb hisoblanadi. Qur’on xazrat Jabroil orqali 23 yil mobaynida oyat-oyat, sura-sura shaklida yuborilgan 1-deydi.
Xristianlikda Yangi Ahd tarkibiga kirgan Injil 4 qismga bо‘linadi:

  1. Mutto- (Matfey) I.i. Bu eng qadimgi Injil hisoblanadi. U Iso (as)dan 4 yil keyin yozilgan. U ibroniy tilida yozilgan edi. Ammo, о‘sha asl nusxasi ham xozirda yо‘q. О‘shaning tarjimasi bor. Lekin tarjimon ham, u qaysi matndan tarjima qilgani ham xozirgacha ma’lum emas. Undan tashqari I.ning muallifi Mutto Isoning xavoriylaridan emasdi. Keyinroq uni xoin Yahuzoning о‘rniga saylashgan edilar.

  2. Markos (Mark) I.i. Bu yunon tilida Iso (as) dan 23 y keyin yozilgan. Ammo uni kim yozgani noaniq. Ba’zilari uni Pyotr yozgan, boshqalari Pyotrning о‘limidan keyin Markos yozgan deydilar.

  3. Luka I.i. bu kitob Isodan 20 y keyin yozilgan. Luka Isoning shogirdlaridan emas. U Polning shogirdi. Uning ustozi ham Isoni kо‘rgan emas. Undan tashqari Pol norasolarga dushman bо‘lgan yahudiylardan edi. Shuning uchun norosolarga qarshi kо‘p buzg‘unchiliklar qilgan.

  4. Yuhanno (Ioann) I.i. Bu I.Isodan 32 y keyin yozilgan. Ba’zilari uni isoning shogirdlaridan biri Yuhanno ibn Zabdiy yozgan deydilar. 500 taniqli noraso olimlari ishtirokida yozilgan “Britaniya ensiklopediyasi” bu kitobni qalbaki kitob degan.

Islom dini ilohiy kitoblar sifatida Injilni ham tan oladi.
Iso (a.s.)ga tazyiq kuchayganidan keyin, bani isroilga xitob qilib, dushmanlar orasidan о‘zlariga ergashadigan, imonlari mustahkam, Alloh yо‘lida suvdan ham, о‘tdan ham qо‘rqmaydigan, hidoyat yо‘lini topgan kishilarni ajratib olmoqchi bо‘ldilar. Shu yerda Bani Isroil yahudiylari orasida ikkiga bо‘linish bо‘ldi. Muqaddas Injilga imon keltirgan Isoning dо‘stlari Havoriylar orasidan ham 12 kishini Iso (a.s.) tanlab oldilarki, ular Isoning doimiy hamrohlari, Iso (a.s) ning nomlaridan da’vatga boradigan elchilar edilar. Ular-Foma, Yuhanno, YA’qub Zabadiy, Pavel, Taddiyey, YA’qub Alfey, Matto, Yahudo, Andrey, Simon, Varflomey va Filipp deb nomlanadilar.



Download 203.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling