Islom asoslari. Islomning asosiy yо‘nalishlari, diniy huquqiy maktablari. (Sunniylik, Shialik, Xorijiylik. Xanafiylik, Molikiylik, Shofe’iylik, Xanbaliylik)
Islom ta’limotining asoslari. Islom dinining ta’limoti uning muqaddas kitobi Qur’oni karimda bayon etilgan. Islom dini 5 «asos» yoki «ustun»ga ega:
1) kalima keltirish;
2) namoz о‘qish;
3) rо‘za tutish;
4) zakot berish;
5) imkoniyat topilsa haj qilish. Shulardan birinchisi imon va qolganlari ibodat deb e’tirof etilgan.
Imon 7 aqidani –
Allohga,
uning farishtalariga,
muqaddas kitoblariga,
payg‘ambarlariga,
oxirat kuniga,
taqdirga va
о‘lgandan keyin tirilishga ishonishni о‘z ichiga oladi.
Islomda xatna, rо‘za hayiti, qurbonlik va qurbonlik hayiti, aqiqa, mavlud, xudoyi, ashuro kabi о‘ziga xos diniy marosimchilik tarkib topgan.
Iymon sо‘zining lug‘aviy ma’nosi ishonmoq, tasdiqlamoq bо‘lib, “La ilaha illallahu Muhammadun rasullulloh” (Allohdan о‘zga iloh yо‘q va Muhammad uning payg‘ambari) kalimasini til bilan aytib, dil bilan tasdiqlash demakdir.
Imonning etti sharti bor. Ular:
Allohning borligi va birligiga imon keltirish
Quyidagi sura nozil bо‘lgan:
Ixlos surasi. Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
(Yey, Muhammad!) ayting: “U Alloh yagonadir.
Alloh Samad (yehtiyojsiz, hojatbaror)dir.
u tug‘magan va tug‘ilmagan ham.
Shuningdek, Uning hech bir tengi yо‘qdir”.1
2) Farishtalarning borligiga imon keltirish. Farishtalar nurdan yaratilgan bо‘lib, Allohning buyruqlarini sо‘zsiz bajarib, amridan tashqari chiqmaydigan xos bandalaridir. Ulardan Jabroil, Mikoil, Azroil kabi farishtalar nomi Qur’onda zikr etilgan. Jabroil farishtaning vazifalariadan biri Allohning vahiylarini etkazish bо‘lgan. Qur’onda farishtalar haqida aytilgan, shuning uchun farishtalarga ishonish imonning shartlaridan biri.
3) Ilohiy kitoblarga imon keltirish. Alloh taolo Muhammad payg‘ambarga Qur’onni nozil qilganidek, boshqa payg‘ambarlarga ham kitoblar tushirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |