Mavzu: Falsafa fanining predmeti va uning pedagoglar uchun nazariy va amaliy axamiyati. Reja


Download 203.52 Kb.
bet51/69
Sana27.01.2023
Hajmi203.52 Kb.
#1130323
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   69
Bog'liq
Kechki maruza matni

О‘zbekistonda xristianlik. Bu din О‘rta Osiyoga ikkin yо‘l bilan kirib kelgan: bunga bir tomondan xristianlikka da’vat etuvchi missionerlarning targ‘ibotchilik faoliyati, ikkinchi tomondan, О‘rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishi va xristian diniga e’tiqod qiluvchi aholining bu hududga kо‘chib kelishi sabab bо‘lgan. Bu din missionerlari О‘rta Osiyoning turli viloyatlariga milodning ΙΙΙ asrlarida kirib kelganlar. Masalan, 280 yilda Taroz (Merke), Marvda (334 yildan), Hirotda (430 yildan), Xorazmda va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida yepis koplik va missiyalar tuzilgan. Keyinchalik Samarqandda, Marvda (430 yillar), Hirotda (658 yillar) yepiskoplikdan iborat diniy hududiy jamoalar tashkil bо‘lgan.
Markaziy Osiyoda islomning tarqalishi davrlarida islom bilan xristianlik о‘rtasida ziddiyatlar keskinlashgan. Biroq X asrgacha Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlarida xristianlarning manzilgohlari bо‘lgan. Hatto Beruniy yashagan davrda (973-1056) Marvda provaslav mitropoliyasi bо‘lgan.
XΙX asrning 70 yillarida О‘rta Osiyo mintaqasiga pravaslaviya bilan bir qatorda boshqa oqimlarning tarafdorlari ham kela boshlaganlar. Ular ortidan turli sektalarga mansub dindorlar, baptistlar, aventistlar, katoliklar kabilar paydo bо‘la boshlagan. Rossiya armiyasi tomonidan Birinchi jahon urushida asir olingan nemis, polyak, eston, shved, litvalik, latish va boshqa g‘arbiy yevropalik askarlarning Turkiston о‘lkasiga surgun qilinishi ular e’tiqod qiladigan dinning kirib kelishiga sabab bо‘lgan. О‘z navbatida yevropalik asirlar orasida diniy jamoalar tuzish hamda cherkovlar paydo bо‘lishiga olib keldi. Xorijliklarning bunday faoliyati asrimizning 20-30 yillargacha davom etgan.
Hozirgi kunda О‘zbekistonda faoliyat kо‘rsatayotgan xristian jamoalari quyidagilardir: Rus provaslav cherkovi (36), Rim-katolik cherkovi (5), Yevangel xristian baptistlar cherkovi (10), novoapostol cherkovi (4), Nemis yevangel-lyuteranlar cherkovi (3), Arman Apostollik cherkovi (2), Iyegov guvohlari cherkovi (1), Tolos Bojiy cherkovi (1), Koreys prtestant cherkovi (58), yahudiylar diniy jamoalari (8), Bahoiylar diniy jamoalari (6), Buddaviylar ibodatxonasi (1), Krishnani anglash jamiyati (1), Bibliya kitob jamiyati (1)ni sanash mumkin.
Shu bilan bilan Pravoslav (47 ta) va Protestant seminariyalarida 33 nafar talaba ta’lim olmoqda. Bu xolat yurtimizda diniy bag‘rikenglik amal qilganligini kо‘rsatadi.1

  1. Buddizm ta’limoti - tо‘rt oliy xaqiqat, nirvana.

  2. Buddizm axloqiy ta’limoti - “pancha-shila”.

  3. Buddizmdagi oqimlar: maxayana, xinayana, lamaizm va x.k.

  4. О‘zbekiston xududidagi buddizm yodgorliklari va ularning tadqiq etilishi.

  5. Xristianlik.

  6. Xristian iloxiyoti.

  7. Yakka xudoning uch qiyofasi: Ota-xudo, О‘g‘il-xudo, Muqaddaye ruh haqidgi ta’limot

  8. Xristianlikdagi asosiy oqimlar

  9. Ortodoks (pravoslaviye),

  10. Katolitsizm

  11. Protestantizm.

  12. Xristianlikning О‘rta Osiyoga kirib kelishi.



Adabiyotlar:



  1. Yо‘ldoshxо‘jayev X., Rahimjonov D., Komilov M. Dinshunoslik (ma’ruzalar matni). - Toshkent: ToshdSHI nashriyoti, 2000. (4-30 betlar)

  2. Mо‘minov A. va boshq. Dinshunoslik (darslik). -Toshkent: «Mehnat», 2004. ( 3-80 betlar)

  3. Ochildiyev A. va boshqalar. Dinshunoslik asoslari (о‘quv qо‘llanma). –Toshkent: “Toshkent islom universiteti” nashriyot matbaa birlashmasi, 2013. ( 6-30, 68-142 betlar)


Download 203.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling