Mavzu: Falsafa fanining predmeti va uning pedagoglar uchun nazariy va amaliy axamiyati. Reja


Download 203.52 Kb.
bet63/69
Sana27.01.2023
Hajmi203.52 Kb.
#1130323
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   69
Bog'liq
Kechki maruza matni

Hanbaliylik mazhabi. Hanbaliy mazhabining asoschisi Abu Abdulloh Ahmad ibn Hanbal ibn Hilol ibn Asad ash-Shayboniy 164/780 yili Bag‘dod shahrida tug‘ilgan. Uning oilasi Marvdan Bag‘dodga kо‘chib kelayotgan vaqtda onasi homilador bо‘lganligi sababli Imom Ahmad Marvda tug‘ilgan degan fikrlar ham manbalarda zikr qilingan. О‘g‘li Solihning rivoyat qilgan shajarasiga qaraganda ajdodlari Rasulullohning bobolaridan bо‘lmish Nizor ibn Maod bilan birlashib, hazrat Ismoilga borib yetishi haqida manbalarda xabarlar kelgan. Bobosi Hanbal ibn Hilol umaviylar davrida Saraxs voliyligi lavozimini egallagan va abbosiylar sulolasining taxtga kelishida katta xizmat qilgan.
Ahmad ibn Hanbal faoliyatining eng yuksak davri an’anaviy ilohiyotshunoslik bilan mо‘taziliya orasidagi g‘oyaviy kurashning avjiga chiqqan (Qur’oni karimni maxluq, ya’ni yaratilgan degan aqidani xalqqa kuch bilan singdirish bilan bog‘liq “mihna” - “sinov”) davriga tо‘g‘ri keldi. 833 yildan boshlab abbosiylardan bо‘lmish xalifalar Ma’mun, Mu’tasim va Vosiq zamonlarida ilohiyotshunos olimlar “sinov”dan о‘tkazilib, mavjud tuzumga xayrixoh yoki muxolif ekanligi tekshirilgan. Abbosiy xalifa Ma’mun (813-835) hukmronligining oxirgi yillarida mо‘taziliya mazhabining kuchayishi natijasida kо‘pgina olimlar qatori Imom Ahmad ham quvg‘inga uchrab, 833-834 yillarda hibsga olindi. U qamoqda ikki yilu tо‘rt oy tazyiq va qiynoq ostida hayot kechirdi. Qamoqdan ozod bо‘lgandan sо‘ng, yana fatvo berish bilan shug‘ullandi va hadis ilmida о‘zining “al-Musnad” asarini yozdi.
Ahmad ibn Hanbal 835 yil 31 mayda Bag‘dodda vafot etdi. U ikki xalifa – Ma’mun va Mu’tasim davrida Qur’oni karim yaratilgan, degan g‘oyadan bosh tortgan. “Islomni bid’atlardan qutqaruvchi” degan nomi tufayli uning atrofiga Bag‘dodning yirik an’anaviy ilohiyot tarafdorlari (ahl as-sunna) yig‘iladi. Keyinchalik Ahmad ibn Hanbal hanbaliy mazhabining asoschisi sifatida tanildi.
Hanbaliy mazhabi hozirgi kunda Saudiya Arabistoni, Qatar, Bahrayn kabi davlatlarda tarqalgan.
Buyuk mujtahidlar davrida yuqorida zikr etilgan mujtahidlar nomi bilan bog‘liq asosiy sunniy huquqiy mazhablar paydo bо‘ldi va о‘z ta’limotini shakllantirdi.
VIII asrning oxiri – IX asrning boshlarida Movarounnahrda (hozirgi Markaziy Osiyoning aksariyat qismi) islomdagi ahl as-sunnaning hanafiy mazhabi tarqala boshladi. Buxoro va Samarqand shaharlarida shu mazhab ta’limoti asosida Movarounnahr fiqh maktabi tarkib topdi. VIII-X asrlarda Movarounnahrning ayrim shaharlardagi hanafiylikka asoslangan ilmiy markazlar paydo bо‘ldi. Bunga Iroq va Xuroson maktablarining ta’siri katta bо‘ldi. Buxoro maktabiga Abu Hafs Ahmad ibn Hafs al-Kabir al-Buxoriy (vaf. 832 y.) asos solgan. Samarqand ilmiy markazining shakllanishiga Abu Sulaymon al-Juzjoniy, Ibn Samoa va Shaddod ibn Hukaym kabi Balx faqihlarining xizmati katta bо‘ldi. Buxoro faqihlari bu davrda asosan fiqhning amaliy masalalari (furu’ al-fiqh) bilan, samarqandliklar esa о‘z ilmiy faoliyatlarini ilohiyot (usul ad-din) mavzui bilan shug‘ullanishga qaratdilar.
Umuman fiqh, xususan hanafiy mazhabining rivojlanish tarixida XI-XII asrlardagi Movarounnahr faqihlarining ilmiy faoliyati juda muhim о‘rin tutadi. Bu davrda yetishib chiqqan hanafiy faqihlaridan – ad-Dabusiy Abi Zayd (vaf. 430/1063 y.), al-Halvo’iy (vaf. 456/1063 y.), Abu Bakr Muhammad as-Saraxsiy (400-483/1009-1090), al-Pazdaviy Ali (vaf. 482/1089 y.), as-Sadr ash-Shahid Umar (vaf. 536/1141 y.), an-Nasafiy Umar (vaf. 537/1142 y.), Alouddin as-Samarqandiy (vaf. 539/1144 y.), Ibn Moza Mahmud (vaf. 570/1174 y.), al-Attobiy Ahmad (vaf. 586/1190 y.), al-Kosoniy Mas’ud (vaf. 587/1191 y.), Qozixon (vaf. 592/1191 y.) va yuqorida zikr etilgan al-Marg‘inoniy Ali (vaf. 593/1196 y.) kabi ma’lum va mashhur faqihlarning nomlarini keltirish mumkin.




  1. Download 203.52 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling