Mavzu: Falsafa fanining predmeti va uning pedagoglar uchun nazariy va amaliy axamiyati. Reja


Download 203.52 Kb.
bet61/69
Sana27.01.2023
Hajmi203.52 Kb.
#1130323
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   69
Bog'liq
Kechki maruza matni

Hanafiylik mazhabi. Hanafiya mazhabining asoschisi al-Imom al-A’zam Abu Hanifa an-Nu’mon ibn Sobit al-Kufiy (80-150/699-767) – forslardan bо‘lib, umaviylar (661-750) va abbosiylar (750-1258) davlati ayni avj olgan davrda yashagan tobiinlardandir. Abu Hanifa Anas ibn Molik bilan uchrashgan va undan “Ilm talab qilish har bir muslim uchun farzdir” hadisini rivoyat qilgan. Uni “ahli ray Imomi”, “ahli Iroq faqihi”, “Hanafiy mazhabi sohibi” kabi nomlar bilan manbalarda keltiriladi. Kasbi gazlama savdosi bilan shug‘ullanish edi. Yoshlik chog‘idayoq Qur’onni yod olgan. 18 yil ustozi Hammod ibn Abi Sulaymondan tahsil olgan. Fiqh ilmini Ibrohim an-Naxaiy va ash-Sha’biydan olgan. Abu Hanifaning yetuk talabalaridan Abu Yusuf (113-182/731-769) va Muhammad ibn al-Hasan ash-Shayboniylarni (132-189/709-805) alohida aytib о‘tish zarur.
Hanafiy mazhabi “nass”lardan (ya’ni Qur’on va hadis) tashqari hadislarni qabul qilishda alohida shartlarni belgilaganligi, qiyos (analogiya), istehson prinsiplaridan foydalanishi, Movarounnahr maktabi mahalliy urf-odatlarni huquq manbai sifatida qabul qilishi bilan ajralib turadi. Boshqa mazhablardan farqli jihatlar mazkur xususiyatlar negizida yuzaga keladi.
Hanafiy mazhabi, asosan, Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Turkiya, Suriya, Iroq, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Bangladesh, Turkmaniston, О‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiya, Jibuti, Eritreya mamlakatlarida keng tarqalgan.
Molikiylik mazhabi. Imom Molikning tо‘liq ismi – Molik ibn Anas ibn Molik ibn Abi Omir al-Asbahiydir. Katta bobosi Abu Omir buyuk sahobiy bо‘lib, Muhammad alayhis-salom bilan doimo birga bо‘lgan. Ba’zi rivoyatlarga qaraganda, u tobiiy muxdaram (ya’ni, sahobalar davrida yashagan, lekin ularning birortasi bilan uchrashmagan) edi. Kichik bobolari Molik tobi’iylarning ulug‘ ulamolaridan bо‘lgan.
Imom Molik 711/712 yili Madinada tug‘ilgan. Madina ulamolaridan ilm olgan. Ilk ustozi Abdurahmon ibn Hormuz bо‘lib, u bilan juda uzoq vaqt birga bо‘lgan, shu orada boshqa olimlardan ham tahsil olgan. Bundan tashqari ulug‘ sahobiy Abdulloh ibn Umar xizmatida bо‘lgan Nofe’dan va Ibn Shihob az-Zuhriydan ham ilm olgan. Molik о‘n yetti yoshga yetganda hadis va fiqh ilmlari bо‘yicha mudarrislik mansabiga tayinlandi. Shundan keyin uning nomi hamma tarafga ovoza bо‘lib, shuhrati keng tarqaladi. Oqibatda odamlar undan ilm olishga har tarafdan kela boshladilar. Ilm talab qilib kelganlar eshiklarining oldida izdihom bо‘lib, hatto bir-birlari bilan urishib ketardilar. Imom Molik odamlarga yetmish yil chamasida fatvo berdilar va ilm о‘rgatdilar. Imom Molik hadislarni saralab “Muvatto” (“Ommalashtirilgan”) kitobini yozdi.
Molikiya mazhabi kо‘proq Misr, Sudan, Liviya, Tunis, Jazoir, Marokash, Mavritaniya, Kuvayt, Bahraynda tarqalgan.

Download 203.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling