Mavzu: Falsafa fanining predmeti va uning pedagoglar uchun nazariy va amaliy axamiyati. Reja
Download 203.52 Kb.
|
Kechki maruza matni
Islomdagi ilk bо‘linish
Islomdagi bо‘linishlarning birlamchi zamini Muhammad alayhis-salom vafotlaridan boshlangan. Chunki musulmon jamoasiga endi kim boshchilik qiladi, degan masalada barchaning fikri bir xil emasdi. Bunga sabab musulmonlarning marhum yо‘lboshchisi tomonidan jamoaga keyingi rahbar kim bо‘lishi ochiq-oydin kо‘rsatilmaganida edi. Ammo Payg‘ambarga “xalifa” (о‘rinbosar) bо‘lishga sahobiy Abu Bakr Siddiq uchun alohida “ishora” bо‘lgani manbalarda qayd etilgan. Rasululloh vafotlari arafasida Abu Bakr Siddiqning namozda musulmonlarga imomlik vazifasini о‘tab berishga bergan kо‘rsatmalari yirik sahobiylar tomonidan mazkur “ishora” sifatida qabul qilingan edi. Ilk ikki xalifa davrida musulmonlar orasida birlikka erishilgan bо‘lsa, xalifa Usmon ibn Affon davriga kelib jamoa orasida fitnalar paydo bо‘ldi. Usmon (r.a.)ga uyushtirilgan suiqasd ham ana shu fitnalarning natijasi edi. Xalifa qatl etilgach, uning о‘rniga Ali ibn Abu Tolib (r.a.) saylandi. Hazrat Ali (r.a.) qо‘shini tarkibida sobiq xalifa Usmon (r.a.) qotillarining borligi ba’zi musulmonlarning noroziligiga sabab bо‘ldi. Talha ibn Ubaydulloh, Zubayr ibn Avom va Mu’oviya ibn Abu Sufyon kabi sahobalar Aliga qarshi chiqib, bu holatni shunday talqin qildilar: “Ali qо‘zg‘olonchilarga qarshi kurashda Usmonga yordam bermadi, qodir bо‘la turib odamlarni bu ishdan qaytarmadi, bundan tashqari u xalifalik mansabiga kо‘tarilganidan keyin Usmonning qasosini olmadi, balki u Usmonni qatl etilishidan manfaatdor bо‘ldi”. Bu uch sahobaning shunday fikr bildirishlariga sabab ularning har biri xalifalikka Alidan kо‘ra о‘zlarini loyiqroq deb hisoblab, agar bu mansabda о‘tirganlarida, jamiyatda ildiz otib borayotgan fitnalarni tomiri bilan yulib tashlashga qodir ekanliklarini da’vo qilardilar. Ular о‘z da’volari haq ekanligini turli yо‘llar bilan isbotlardilar. Talha va Zubayr Umar vafotidan oldin xalifa saylash xususida kengashga chaqirilgan olti kishidan birimiz... deyishsa, Muoviya esa Usmonga yaqin qarindosh va uning qasosini olishga loyiq ekanligini rо‘kach qildi. Talha va Zubayr “al-Jamal” (“Tuya”) jangida halok bо‘ldi. Shundan sо‘ng Ali о‘rniga xalifalikka da’vogarlardan birgina Muoviya ibn Abu Sufyon qoldi. 657 yili Shomda Muoviya va Ali о‘rtasida bо‘lib о‘tgan Siffin jangi musulmonlardan ikki guruhning ajralib chiqishiga sabab bо‘ldi. Bu guruhlar keyinchalik islomdagi ikki katta oqim – xavorij va shialarga aylandi. Bu jangda Ali ibn Abu Tolib ortiqcha qon tо‘kilishini istamay, qarshi tomon bilan о‘zaro bitim tuzib, urushni tо‘xtatishga rozi bо‘ldi. Alining tutgan bunday murosasozlik siyosatidan uning qо‘shini orasidagi bir guruh kishilar norozi bо‘lib, ajralib chiqdilar. Xuddi shu vaqtda yangi diniy oqim yuzaga keldi. YA’ni, Aliga itoat etishdan bosh tortganlar “xavorij” deb, Muoviyaga qо‘shilmay Ali atrofiga tо‘planganlar esa keyinchalik “shia” deb nomlana boshlandi. Bu ikki toifaning yonida esa “jumhur” ya’ni qolgan musulmonlar jamoati turardi. Har bir toifaning о‘ziga xos diniy nuqtai nazari va “fiqhi” paydo bо‘ldi. Download 203.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling