Mavzu: Falsafa fanining predmeti va uning pedagoglar uchun nazariy va amaliy axamiyati. Reja


Sunniylik (Ahli sunna val-jamoa) yо‘nalishi


Download 203.52 Kb.
bet58/69
Sana27.01.2023
Hajmi203.52 Kb.
#1130323
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   69
Bog'liq
Kechki maruza matni

Sunniylik (Ahli sunna val-jamoa) yо‘nalishi
657 yilgi voqealar va ularning natijasida kelib chiqqan firqabozlik sharoitida ham о‘rta yо‘lni tutgan, davlat rahbarlariga qarshi bormagan, о‘zlarini sunnatga amal qiladigan va jamoatdan ajralmaydiganlar guruhi sunniylar yoki “ahli sunna val jamoa” deb ataldi. Bugungi kunda sunniylar dunyo musulmonlarining 92,5 foizini tashkil etadi.
Sunniylik doirasida tо‘rt fiqhiy mazhab (arab. yо‘l) va ikki aqidaviy ta’limot mavjud bо‘lib, xavorij va shia firqalaridan farqli ravishda ular bir-birlarini rad etmaydilar. Bugungi kunga qadar ham, sunniy ulamolar tо‘rttala fiqhiy va ikkala aqidaviy mazhablarning tо‘g‘ri ekani, ularning bir-birini tо‘ldirishi, bunday farqlilik tarixiy, ijtimoiy omillar mahsuli ekani va bu musulmonlar uchun osonlik yaratishiga ittifoq qilishgan.
“Ahli sunna val-jamoa” tarkibiga kiruvchi fiqhiy mazhablar quyidagilardir:


Musulmonlar orasidagi ixtiloflar. Sunniylik. Xorijiylik. Shialik.

Usmon (r.a.)ga uyushtirilgan suiqasd ham ana shu fitnalarning natijasi edi. Xalifa qatl etilgach, uning о‘rniga Ali ibn Abu Tolib (r.a.) saylandi.


Hazrat Ali (r.a.) qо‘shini tarkibida sobiq xalifa Usmon (r.a.) qotillarining borligi ba’zi musulmonlarning noroziligiga sabab bо‘ldi. Talha ibn Ubaydulloh, Zubayr ibn Avom va Mu’oviya ibn Abu Sufyon kabi sahobalar Aliga qarshi chiqib, bu holatni shunday talqin qildilar: “Ali qо‘zg‘olonchilarga qarshi kurashda Usmonga yordam bermadi, qodir bо‘la turib odamlarni bu ishdan qaytarmadi, bundan tashqari u xalifalik mansabiga kо‘tarilganidan keyin Usmonning qasosini olmadi, balki u Usmonni qatl etilishidan manfaatdor bо‘ldi”.
Bu uch sahobaning shunday fikr bildirishlariga sabab ularning har biri xalifalikka Alidan kо‘ra о‘zlarini loyiqroq deb hisoblab, agar bu mansabda о‘tirganlarida, jamiyatda ildiz otib borayotgan fitnalarni tomiri bilan yulib tashlashga qodir ekanliklarini da’vo qilardilar. Ular о‘z da’volari haq ekanligini turli yо‘llar bilan isbotlardilar. Talha va Zubayr Umar vafotidan oldin xalifa saylash xususida kengashga chaqirilgan olti kishidan birimiz... deyishsa, Muoviya esa Usmonga yaqin qarindosh va uning qasosini olishga loyiq ekanligini rо‘kach qildi.
Talha va Zubayr “al-Jamal” (“Tuya”) jangida halok bо‘ldi. Shundan sо‘ng Ali о‘rniga xalifalikka da’vogarlardan birgina Muoviya ibn Abu Sufyon qoldi. 657 yili Shomda Muoviya va Ali о‘rtasida bо‘lib о‘tgan Siffin jangi musulmonlardan ikki guruhning ajralib chiqishiga sabab bо‘ldi. Bu guruhlar keyinchalik islomdagi ikki katta oqim – xavorij va shialarga aylandi.
Bu jangda Ali ibn Abu Tolib ortiqcha qon tо‘kilishini istamay, qarshi tomon bilan о‘zaro bitim tuzib, urushni tо‘xtatishga rozi bо‘ldi. Alining tutgan bunday murosasozlik siyosatidan uning qо‘shini orasidagi bir guruh kishilar norozi bо‘lib, ajralib chiqdilar.
Xuddi shu vaqtda yangi diniy oqim yuzaga keldi. YA’ni, Aliga itoat etishdan bosh tortganlar “xavorij” deb, Muoviyaga qо‘shilmay Ali atrofiga tо‘planganlar esa keyinchalik “shia” deb nomlana boshlandi. Bu ikki toifaning yonida esa “jumhur” ya’ni qolgan musulmonlar jamoati turardi. Har bir toifaning о‘ziga xos diniy nuqtai nazari va “fiqhi” paydo bо‘ldi.



Download 203.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling