Маvzu:Falsafaning fan va dunyoqarashlik mohiyati. Yangicha fikrlash va mustaqillik dunyoqarashi.
REJA
Falsafaning predmeti, bahs mavzulari, funksiyalari va o’zgaruvchan xarakteri.
Falsafa vа dunyoqarash. Dunyoqarashning shakllari.
Falsafa vа fan. Fan taraqqiyotining asosiy bosqichlari.
Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va voqelikka yangicha falsafiy yondashuv. Inson ma`naviy boyishi.Tayanch tushunchalar
Falsafa, faylasuf, dunyoqarash, fetishizm, animizm, totemizm, magiya, ontologiya, gnoseologiya, sotsiologiya, ijtimoiy falsafa, etika, aksiologiya, falsafiy antropologiya, metafizika, tafakkur, materiya, tabiat, borliq.
“FALSAFA” tushunchasi yunoncha phileo – sevaman va sophia – donolik so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, mazkur atamaning dastlabki ma’nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa so‘zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an’analar orqali) avloddan avlodga o‘tuvchi bilim bilan inson o‘z aqliga tayanib, mushohada yuritish va tanqidiy fikrlash yo‘li orqali olishi mumkin bo‘lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda, Falsafani bilmaydigan odam meditsina yoki ta’lim, san’at yoki madaniyat sohasi vakili bo‘ladimi, bundan qat’i nazar — hayotning, o‘z kasbining ma’no-mazmunini yaxshi tushunmaydi.
Sharqda «Ikkinchi Arastu», «Ikkinchi muallim» deya e’tirof etilgan buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiy filosofiya so‘zini «Hikmatni qadrlash» deb talqin etgan. Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida «donishmandlikni sevish» degan mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot va insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e’zozlash ma’nosida ishlatilgan.
Hayot qonuniyatlarini yaxshi biladigan, umrning o‘tkinchi ekani, abadiyat insonga emas, olamga xosligini yaxshi anglab etgan, o‘zi va o‘zgalar qadrini to‘g‘ri tushunadigan kishi hech qachon «Men — donishmandman» deya ochiq e’tirof etmaydi. Shu ma’noda, bizda qadim zamonlarda faylasuf deganda, ko‘pdan-ko‘p ilm sohalarini egallagan, ustoz va muallim sifatida shuhrat qozongan alloma va mutafakkir kishilar tushunilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |