Mavzu: Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja: Falsafada metod va qonun tushunchasi va uning mohiyati. Qonun va qonuniyat


Download 97.87 Kb.
bet5/37
Sana16.03.2023
Hajmi97.87 Kb.
#1278329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari.

Ob’ekt – bu sub’ektning bilish faoliyati qaratilgan narsa, hodisa va jarayonlardir. Bilish asbobi ham, boshqa individ (insonlar) ham, individning o‘zi ham bilish ob’ekti bo‘lishi mumkin. Ob’ekt tushunchasini ob’ektiv borliq bilan aynanlashtirmaslik kerak. Masalan, hayvonlarning xo‘jayralaridagi xromosomalar sitologiya va genetikada o‘rganish “ob’ekti”ga aylanishidan oldin ham ob’ektiv mavjud bo‘lgan.
Shuningdek, hozirgi zamon gnoseologiyasida bilish ob’ekti va predmetini ham farqlash lozim. Bilish ob’ekti deganda butun borliqning o‘rganilayotgan amalda mavjud bo‘laklari tushuniladi. Bilish predmeti – o‘rganilayotgan ob’ektning bilishimiz diqqat markazidan o‘rin olgan muayyan jihatlari, xususiyatlari va rivojlanish qonunlaridir.
Bilish faoliyat turi sifatida. Insonning o‘zini qurshagan dunyoni tushunib yetishi muhim falsafiy muammolardan biridir. Mohiyat e’tibori bilan, dunyoni bilish mumkinmi, degan masala dunyoning inson ongida aniq va to‘liq aks etish, insonning bu dunyoda ongli va erkin mo‘ljal olish va faoliyat olib borish imkoniyati to‘g‘risidagi masaladir.
Insonning o‘zini qurshagan dunyoda mo‘ljal olish funksiyasini bilim bajaradi. Bilim – inson ong yordamida oladigan dunyo haqidagi ma’lumotlarning eng oliy darajasidir. Bilim obrazlar va belgilar shaklida mavjud bo‘ladi va undan odamlar amaliy faoliyatining ideal rejasi sifatida foydalanadi. Bilimsiz (oddiy, ilmiy, badiiy va boshqa bilimlarsiz) dunyoning manzarasini shakllantirish mumkin emas. F.Bekon shu munosabat bilan bilim kuchdir deb ta’kidlagan edi. Bilimni Gegel ta’biri bilan aytganda faqatgina sub’ektiv tasavvur, erkin mulohaza, tasavvur mahsuli bo‘lgan fikrdan farqlay bilish lozim. Insonning dunyoni bilishga intilishining mohiyati u aniq yoki noaniq bilimlarni faol va izchil izlashi va ularni olishidan iborat. Falsafaning bilish muammolari ko‘rib chiqiladigan bo‘limi gnoseologiya yoki bilish nazariyasi deb ataladi. Insonning dunyoni bilish jarayonini boshqa fanlar – mantiq, psixologiya, sotsiologiya ham o‘z nuqtai nazaridan o‘rganadi.
Bilish va bilim to‘g‘risida so‘z yuritganda o‘rta asrlardagi kabi bilim va e’tiqodni qarama-qarshi qo‘yish yaramaydi. E’tiqod – moddiy va ma’naviy dunyo narsalari, jarayonlari va hodisalarini dalil-isbotsiz bilish demak. «Men Xudoning borligiga ishonaman»; «men yaqinda bahor kelishiga ishonaman»; «men o‘z ishimning muvaffaqiyatiga ishonaman» va h.k. va sh.k. E’tiqod – bu insonning ishonchi. Bilim bizga aniq-ravshan ko‘rinib turadigan narsalarni kashf etish imkonini bersa, e’tiqod, ishonch insonga hozircha ko‘rinmaydigan sirli narsalarni aniqlashga yordam beradi. Shu tariqa e’tiqod bilish jarayonida faol ishtirok etadi va uning muhim unsuri hisoblanadi. Biroq, shu bilan bir vaqtda, zamirida aqlning so‘qirligi, mutaassiblik va insonning kuchsizligi yotuvchi soxta e’tiqod ham mavjudligini qayd etib o‘tish lozim. Bizningcha, ushbu fikr bilish jarayonini to‘g‘ri tavsiflashiga qaramasdan aniqlashtirishga muhtojdir, chunki bilish jarayonining quyi bosqichi – hissiy bilish va empirik bilish aynan bir xil emas. Inson bilishining kundalik bilish, badiiy bilish singari ko‘rinishlari hissiy bilish bosqichiga ega bo‘lsa, empirik bilish faqat ilmiy bilishga xosdir. Qolaversa, ilmiy bilish ham voqelikni hissiy in’ikos etishga asoslanadi. Shu bois bilish jarayonining rivojlanishi hissiy bilish va mavhum tafakkur bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Ilmiy bilishda esa mavhum tafakkur empirik va nazariy bilish darajalaridan iborat.
Ob’ektiv olamdagi narsa va hodisalarning xossa va xususiyatlarini sezgi a’zolari orqali sezish va idrok etish natijasida olingan bilimlar hissiy darajadagi bilimdir va uning asosiy shakllari: sezgi, idrok, xotira, hayol va tasavvurdir.

Download 97.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling