Mavzu: Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja: Falsafada metod va qonun tushunchasi va uning mohiyati. Qonun va qonuniyat


Download 97.87 Kb.
bet4/37
Sana16.03.2023
Hajmi97.87 Kb.
#1278329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari.

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Bilim
O‘yin metodlari–boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda qo‘llaniladi. Imitatsion o‘yinlar (ishbilarmonlik o‘yinlari) va ochiq o‘yinlar (ayniqsa, nostandart) vaziyatlarni tahlil qilishda farqlanadi. O‘yin metodlari orasida psixodrama va sotsiodrama alohida o‘rin tutadi. Ularda ishtirokchilar tegishincha individual va gruppaviy vaziyatlarni ko‘rib chiqadilar.
Insonning o‘zini qurshagan dunyoga bo‘lgan munosabatlaridan biri bilishdir. Inson o‘z hayoti davomida faqat tashqi dunyoni, ya’ni tabiat va jamiyatnigina bilib qolmasdan, balki o‘zini, o‘zining ruhiy-ma’naviy dunyosini ham bilib boradi.
Insonning dunyoni bilishini falsafa ham, boshqa hamma aniq fanlar ham o‘rganadi. Bunda aniq fanlar dunyoning turli aniq tomonlarini, ularning qonuniyatlarini va xususiyatlarini o‘rganadi va ochib beradi.
Falsafa esa, aniq fanlardan farqli ravishda, inson bilishining tabiati va mohiyatini nima tashkil qiladi? Uning eng muhim qonuniyatlari va xususiyatlari nimalardan iborat? degan savollarga javob qidirib va javob berib keldi. Shu sababli, falsafada inson bilishining falsafiy muammolari bilan shug‘ullanmagan birorta ham falsafiy oqim, birorta ham faylasuf yo‘q. Aksincha, hamma falsafiy oqimlar va falsafiy yo‘nalishlar bu sohaga oid o‘z qarashlarining ma’lum tizimini ishlab chiqqanlar. Natijada, falsafada inson bilishining tabiati va mohiyati haqida turli xil ta’limotlar, turli xil qarashlar va nazariyalar kelib chiqdi.
Voqelikni bilishning falsafiy muammolari: bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini o‘rganish falsafa tarixida muhim o‘rin egallab kelmoqda. Shu bois falsafa fanining bilish masalalari va muammolari bilan shug‘ullanuvchi maxsus umumnazariy sohasi – bilish nazariyasi, ya’ni gnoseologiya vujudga keldi. (Gnoseologiya yunoncha gnosis – bilish, bilim va logos – ta’limot, fan so‘zlaridan kelib chiqqan).
Gnoseologiya yoki bilish nazariyasi falsafiy bilimlar bo‘limi bo‘lib, unda:

  • insonning dunyoni bilish imkoniyatlari;

  • insonning o‘zlikni anglash jarayoni;

  • bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi, rivojlanishi;

  • bilimlarimiz tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi ob’ektiv voqelik bilan o‘zaro nisbati kabi masalalar o‘rganiladi.

Moddiy voqelikning ongda aks etishi murakkab dialektik jarayon bo‘lib, bu jarayonda ongning o‘zi ko‘rinmaydi. Gnoseologiyaning vazifasi ongni idrok etish, uning moddiy narsa va hodisalar dunyosi bilan o‘zaro aloqalarini aniqlash, uni o‘z muhokama va tadqiqot ob’ekti va predmetiga aylantirishdan iborat.
Gnoseologiyaning asosiy muammosi bo‘lgan bizning barcha bilimlarimiz tajribada sinalganmi yoki yo‘qmi? degan masalada falsafada ikki muxolif an’ana: bilimlarimizning tajribada sinalganini, tajribaga asoslangan bilimlargina haqiqiy bilim ekanligini qayd etuvchi empirizm (lot. empirius – his, tajriba) va bilim va g‘oyalar faqat inson aqliga, tafakkuriga xos bo‘lib, aqlda tafakkur va mushohada yuritish jarayonidagina tug‘ilishini ta’kidlaydigan ratsionalizm (lot. ratsionalius – aql, tafakkur) to‘qnashadi.
Falsafada idrok etish – persepsiya (lot. “perception”- idrok etish) deb ataladi. Persepsiya – bu o‘zini qurshagan dunyodagi narsalar va hodisalarni sezgilar orqali idrok qilishdir. Borliqni aql bilan anglash, bilish, ularni g‘oya va bilimlarda ifodalash esa apersepsiya deb ataladi. Inson bilishi persepsiya chegaralarini ham, tafakkurimiz doirasini ham, ya’ni empirik va ratsional jihatlarni ham qamrab oladi.
Bilish nazariyasining asosiy masalasi – “Dunyoni, undagi buyum va hodisalarni, ularning mohiyatini haqqoniy bilish mumkinmi?, qanday bilish mumkin?, bilishning chegaralari bormi?” kabi savollarga javob beruvchi uch asosiy yo‘nalishni falsafada farqlash mumkin: gnoseologik optimizm, skeptitsizm va agnostitsizm. Biz ularning ba’zilari bilan tanishib chiqamiz.
Bir guruh faylasuflar insondan, uning ongidan tashqari dunyo mavjud emas, dunyo faqat bizning ongimizda, bizning sezgi va idroklarimiz yig‘indisi (kompleksi va kombinatsiyalari) dan iborat xolos. Binobarin, biz o‘z sezgi va idroklarimiznigina bila olamiz, deyishadi.
Boshqa bir guruh faylasuflar esa insonning dunyoni va o‘zini bilishiga shubha bilan qaraydilar, inson dunyoni to‘liq bila olmaydi, deyishib, inson bilishini cheklaydi yoki dunyoni bilishni butunlay inkor qiladilar. Ulardan skeptitsizm1 ta’limoti vakillari inson bilishining nisbiyligi, uning turli sharoitlar va vaziyatlar bilan bog‘liq ekanligini aytishib hamma e’tirof qiluvchi, isbot talab qilmaydigan inson bilimlarining bo‘lishi mumkinligiga shubhalanadilar.
Skeptitsizm tarafdorlari ikki qoidadan kelib chiqqanlar. Birinchisi – falsafada tizimni tashkil etuvchi yagona asos yo‘q, ya’ni u o‘z ichida mantiqan ziddiyatlidir. Ikkinchisi – faylasuflar bir-biriga zid keladigan va bab-baravar rad etilishi mumkin bo‘lgan qoidalarni asoslashlari sababli falsafa haqiqatni topa olmaydi. Binobarin, dunyo haqida ishonchli bilimning bo‘lishi mumkin emas.
XIX-XX asrlar chegarasida agnostitsizmning yana bir turi – konvensionalizm shakllandi. Konvensionalizm (lotincha konvensio – shartnoma, kelishuv, bitim) – bu falsafiy ta’limot bo‘lib, unga ko‘ra ilmiy nazariyalar va tushunchalar tashqi dunyoning, uning tomonlari va xossalarining real tafsifi emas, balki olimlar o‘rtasidagi kelishuv mahsulidir. Konvensionalizmning eng yirik vakili fransuz matematigi va filosofi Anri Puankaredir (1854-1912).
Gnoseologik relyativizm esa borliq hodisalari va voqealari to‘g‘risidagi bilimlarning o‘zgaruvchanligi, o‘tkinchiligi, haqiqatning nisbiyligini mutloqlashtiruvchi agnostik va skeptik qarashlarning yo‘nalishlaridan biridir.
Umuman, insonning borliqni bilishi masalasida izchil agnostitsizm, skeptitsizm bilan birikib ketib, nigilizmga olib keladi.
Ilmiy-texnikaviy taraqqiyot va informatsion sivilizatsiya davrida hozirgi zamon gnoseologiyasida shuni hisobga olmoq muhimki, bilish sub’ekti bilan ob’ekt orasida ko‘pincha vositachi pribor, tadqiqot qurilmasi turadi. Bu o‘ziga xos gnoseologik vaziyatni vujudga keltiradi. Pribor ob’ektni adekvat, aynan aks ettirish jarayoniga muayyan uzluksiz va tasodifiy xatolar kiritishi sababli, tadqiqotchi ularga zarur korrelyatsiya qilmog‘i lozim. Biroq bu agnostitsizmning tantanasini bildirmaydi, balki bizning bilish usullarimiz, metodlarimiz, vosita va shakllarimiz doimiy takomillashtirilib turishga muhtoj ekanligini ko‘rsatadi. Bizni qurshab turgan dunyoni bilish mumkin, bilish esa – sub’ektning haqiqatni anglash va uni o‘z amaliy, yaratuvchilik, o‘zgartiruvchilik faoliyatida qo‘llash maqsadida tashqi dunyoni ongli ravishda aks ettirishidir.
Ilm va fan yutuqlariga asoslangan faylasuflar esa insonning dunyoni va o‘zini bilishini doimo e’tirof etib kelganlar. Faylasuflarning bunday qarashlari gnoseologik optimizmdir. Bilish – bu ob’ektiv, moddiy olamning inson ongida in’ikos, aks etish jarayonidir. Dunyoning moddiy va ob’ektivligini, ob’ektiv voqelik rivojlanishi qonunlarining inson ongida in’ikos etishini e’tirof qilish gnoseologik optimizm bilish nazariyasining asosidir. Bu quyidagilarga asolanadi:
ob’ektiv olam bizning sezgi va hissiyotlarimizga, tasavvur va tushunchalarimizga bog‘liq bo‘lmagan holda va undan tashqarida mavjud. Ob’ektiv olam – inson sezgi va tasavvurlarining, barcha bilimlarining manbaidir.
inson dunyo va uning rivojlanish qonuniyatlarini bilishi mumkin, u o‘z sezgi, tasavvur va tushunchalarida tashqi ob’ektiv olam hodisalarining mohiyatini in’ikos ettiradi, g‘oyaviy obrazini gavdalantiradi.
Inson bilishining xilma-xil ko‘rinishlari bilimning ham turli shakllarini hosil qiladi. Bilim – bu haqiqatga mos keladigan va asoslangan ishonchdir. Bilim obrazlar va belgilar shaklida mavjud bo‘ladi va amaliy faoliyatga asos bo‘ladi. Bilimning gnoseologik talqini quyidagi uch shartni taqozo etadi: haqiqiylik, ishonchlilik, asoslanganlik.
Bilish dunyoning ob’ekt va sub’ektga bo‘linishini nazarda tutadi. Sub’ekt – bu bilish faolligining manbai. Sub’ekt deganda, avvalo, bilish qobiliyatiga ega bo‘lgan individ tushuniladi. Shuningdek, sub’ekt – bu mikroguruh, ijtimoiy guruh, sinf, jamiyat hamdir, chunki bilim va donishmandlikning oliy yaratuvchisi – butun insoniyatdir.

Download 97.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling