Mavzu: falsafiy dunyoqarash va uning o'z-o'zini anglashdagi reja


Falsafa bashoratlash va loyihalash sifatida


Download 0.49 Mb.
bet8/10
Sana04.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1076740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kk

Falsafa bashoratlash va loyihalash sifatida
  • Falsafa davr rivojlanish dinamikasini aks ettirib va nazariy tafakkur usulini qo‘llab, mavjud jarayonlarni shunchaki qayd qilib qo‘ya qolmaydi; u kelajakni «oldindan belgilash»ga intiladi va shu bilan bashoratlash, loyihalash va evristik vazifani amalga oshiradi.
  • Falsafiy evristikaning imkoniyatlari fanning empirik bazisi va oldingi nazariyalarning tushuntirish imkoniyatining cheklanganligi, ilmiy ijod va ilmiy kashfiyot jarayonlarida noilmiy tarkibiy qismlarning muhim ahamiyati, yangi yondoshuv va nuqtai nazarlarni qidirishda ilmiy bilim o‘z chegarasidan chiqishi bilan bog‘liq ob'ektiv asoslarga ega.
    • Falsafa mafkura sifatida
    • Falsafa o‘zining dunyoqarash vazifasini bajara borib, ya'ni insonning dunyoga nisbatan muayyan munosabati va qadriyatlarning muayyan tizimini shakllantirib hamda jamiyatshunoslikka bevosita daxldorligi bilan ham mafkura sifatida maydonga chiqadi. Odamlar mavhum - egasiz shaklda, muayyan-tarixiy sharoitdan tashqarida mavjud bo‘la olmaydi; ular ma'lum jamiyat, davlat, sinf, elat, jinsning vakili hisoblanadi, ma'lum tarixiy davr va vujudga kelgan tarixiy vaziyat mahsuloti hisoblanadi. Mafkura - gOyalar, qarashlar, nazariyalar va ideallar tizimi va majmuidir. Bular tizimlashtirilgan shaklda ma'lum ijtimoiy manfaatlar nuqtai nazari orqali insonning atrof borliqqa (eng avvalo ijtimoiy hayot jarayonlariga) munosabatini aks ettiradi va yo‘naltirilgan holda shakllantiradi. Har qanday mafkura me'yoriy qadriyatlarni e'lon qiladi va asoslaydi. Umuman muayyan ijtimoiy guruh, jamiyatning bir qismi yoki uni to‘laligicha intilish va maqsadlarini ifodalaydi. Mafkura falsafiy, siyosiy, diniy, huquqiy, axloqiy (etik) va estetik qarashlar shaklida mavjud bo‘ladi.
    • Mafkura ma'lum ijtimoiy guruhlar manfaati bilan bog‘liqligi tufayli muayyan ijtimoiy munosabatlarning mustahkamlanishi yoki ularni o‘zgarishiga xizmat qilishi mumkin, bu esa falsafada ham o‘z ifodasini topadi. Masalan, Yangi davr yevropa falsafasida yangi sinf - burjuaziyaning va yangi ijtimoiy tuzum - kapitalizmning mafkuraviy maqsadlari ifodalangan edi. Falsafaning mafkura sifatida ma'lum ijtimoiy guruh yo‘nalishi va intilishlarini ifodalashi u yoki bu mafkura qat'iy bir xil falsafiy g‘oya va tushunchalardagina mavjud bo‘lishga majbur degan ma'noni bildirmaydi. Masalan, yangi sinf - burjuaziya va yangi tarixiy davr mafkurasi bo‘lgan Yangi davr falsafasi, sira ham yagona emas edi. Bundan tashqari biz unda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshi yo‘nalishlar: monizm va plyuralizm, materializm va idealizm, dialektika va metafizika, empirizm va ratsionalizm va boshqalarning to‘qnashuvini uchratamiz.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling