Mavzu: falsafiy dunyoqarash va uning o'z-o'zini anglashdagi reja


Download 0.49 Mb.
bet9/10
Sana04.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1076740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kk

Falsafaning predmeti
  • Ko‘rib turibmizki, falsafa turli jihatlarga va ko‘p vazifalarni bajarishga qodir. Ma'naviy faoliyatning o‘ziga xos turi sifatida unga dunyoqarash, bilim, nazariyasiga doir, uslubiy, integrativ-sintetik, aksiologik, tanqidiy, bashoratlash, loyihalash, evristik va mafkuraviy vazifalar xosdir.
  • Falsafaning mavzu sohasi «dunyo-inson» tizimi hisoblanadi: a) «dunyo» tizimi, b) «inson» tizimi va a) ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat tizimi. Bu tizimlarning o‘zi turli darajada tasavvur etilgan. «Dunyo» tushunchasida bir butun dunyo, uning tarkibiy qismlari (megadunyo, makrodunyo, mikrodunyo; anorganik dunyo, organik dunyo, ijtimoiy dunyo va hokazolar), ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va o‘zaro munosabat tushuniladi. «Inson» tushunchasida alohida olingan shaxs, turli darajadagi ijtimoiy jamoalar, bir butun jamiyat tushuniladi.
  • Falsafani «dunyo» va «inson» tizimidagi hamma narsa va «inson»ni «dunyo»ga bo‘lgan har qanday munosabati qiziqtiravermaydi. Falsafa eng avvalo umumiylikka, «dunyo-inson» tizimidagi universal munosabatlarga yo‘nalgan. Bularga ontologik (borliq haqida), gnoseologik (bilish haqida), aksiologik (qadriyatlar haqida) vapraksiologik munosabatlar kiradi. Bu munosabatlarning umumiyligi ularning zarur tarzdaligini bildiradi. Insonlar qaerda va qanday davrda yashamasinlar albatta mana shu munosabatlar orqali atrof muhit bilan bog‘liqdirlar: ular - shu dunyoning mahsuli, ular shu dunyoni o‘rganadilar, uni baholaydilar va o‘zgartiradilar.
  • Naturfalsafadan falsafiy bilimlarni bo‘linishiga o‘tish
  • Falsafa o‘zining dastlabki cho‘qqilariga juda qadimgi zamonlardanoq, ya'ni, matematikani istisno qilganda, boshqa fanlar endigina vujudga kelayotgan davrdayoq erishgan edi. Mushohada (fikrlash, tasavvur qilish)dan foydalanib, falsafa hali fanlar javob bera olmagan savollarga javob berishga urinib, naturfalsafa, ya'ni tabiatfalsafasi sifatida yuzaga chiqqan. Tabiatni o‘rganuvchi faylasuflar o‘z falsafiy muammolari bilan bir qatorda hozirda alohida fan bo‘lib shakllangan:
    • falsafiy g‘oyalar, ilmiy empirik dalillar, shuningdek xurofot, afsun, alkimyo, astrologiya va boshqalar qorishmasidan iborat bo‘lib qolgan edi. Tabiat falsafasi inson bilishining rivojlanishida muhim bosqich hisoblanadi. Dunyoning moddiy birligi, moddalarning atom tuzilishi, Quyosh tizimi, sayyoralarining kelib chiqishi, olam tuzilishi va boshqa g‘oyalar tabiat falsafasida tug‘ildi va rivoj topdi.

    • Download 0.49 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling