Hozirgi fan-texnika inqilob, to'rt
asosiy jihat bilan ifodalanadi.
Shulardan birinchisi, FTI ning keng
qamrovliligidir. U jami sohalar va
tarmoqlarning, turmush tarzi,
madaniyat, insonlar ruhiyatining
keskin o'zgarishiga, yangilanishiga
olib kelmoqda. Bugungi FTI ning
belgisi bo'lib, kosmik kema va atom
elektrostansiyasi, reaktiv samolyot
va boshqa juda ko'p turdagi
buyumlar xizmat qilishi mumkin. FTI
jahondagi barcha mamlakatlar va
yerning jami geografik qobiqlariga
hamda kosmik fazoga ta’sir
ko'rsatmoqda.
Ikkinchidan, hozirgi FTI ilmiy-
texnikaviy o'zgarishlarining
benihoya ildamlashganligi, ilmiy
kashfiyotlarni amaliyotga tatbiq
etilishi bilan bog`liq vaqtning keskin
qisqarishi, mahsulot va
buyumlarning juda tez ma’naviy
eskirishi hamda ularni doimiy tarzda
yangilanishi bilan ifodalanmoqda.
Uchinchidan, FTI mehnat resurslari, ishchi
kuchining malakasiga bo'lgan talabni keskin
ko'tarmoqda. Shuning oqibatida inson
faoliyatining barcha sohalarida aqliy mehnat
salmog'i oshmoqda, ya’ni mehnatning
intellektuallashish darajasi o'smoqda.
FTI ning to'rtinchi muhim jihati shundan
iboratki, u ikkinchi jahon urushi yillarida harbiy-
texnik inqilob tarzida yuzaga keldi. Bu ayniqsa,
FTI ning yutuqlaridan harbiy maqsadlarda
foydalanish kuchaygan "sovuq urush” davrida
yana ham chuqurlashdi. Keyinchalik, 90-yillarda
sotsializm tizimining parchalanib ketishi
munosabati bilan FTI ko`proq mehnat
Do'stlaringiz bilan baham: |