unumdorligi va samaradorligini oshirishga
xizmat qila boshladi. Lekin 90-yillarning so`nggi
davrda dunyoning juda ko'p regionlarida olib
borilgan urush harakatlari yangi «sovuq urush»
xavfini vujudga kelishiga, harbiy xarajatlarning
o'sishiga, FTI ning eng zamonaviy yutuqlaridan
harbiy maqsadlarda foydalanish jarayonining
rivojlanishiga sabab bo'ldi.
Yirik olim va mutaxassislar FTI ni bir-biri bilan
uzviy aloqador to'rt tarkibiy qismlar: 1) ilm-fan,
2) texnika va texnologiya, 3) ishlab chiqarish, 4)
boshqaruvdan iborat bo'lgan yagona (yaxlit)
murakkab tizim deb tan olmoqdalar.
FTI ning kengayishi va chuqurlashishi natijasida
dunyodagi ko‘pchilik, asosan, iqtisodiy rivojlangan
mamlakatlarda iqtisodiyotning yangi postindustrial
turi shakllana boshladi. Bunday turda noishlab
chiqarish tarmoqlari, ayniqsa, xizmat ko'rsatish
sohasi tez rivojlana boshlaydi.
Postindustrial mamlakatlar qatoriga G'arbiy,
Janubiy va Shimoliy Yevropa mamlakatlari, AQSH,
Kanada, Avstraliya, Yaponiya hamda Argentina,
Liviya va boshqa davlatlar kiradi. Ularda noishlab
chiqarish sohasiga jami band aholining 60-70 foizi
to'g'ri keladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning ayrimlarida
dastlab chiqarish sohasi yuqori darajada rivojlangan.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish borasida katta
yutuqlarga erishgan. Meksika, Braziliya, Chili,
Koreya Respublikasi yoki neftni eksport qilish
natijasida moliyaviy ahvolini yaxshilab olgan Jazoir,
Saudiya Arabistoni, BAA, Quvayt, Qatar yoxud
vositachilik faoliyatini olib borishga va turizmga
Do'stlaringiz bilan baham: |