antropogen jihatdan qayta qurishga
(o‘zgartirishga) yo‘naltirilgan urinishlar
yig‘indisidir.
Texnika – bu nafaqat mashinalar, balki
ob’ektlarga nisbatan matematik vositalarni va
turli tajribaviy jarayonlarni qo‘llash asosidagi
tartibli yondashuvdir.
V.Ferkisning “Texnologik odam. Hayolot va
voqelik” nomli kitobida – “Hozirgi zamon
fiziologiyasi, ruhshunosligi, evolyutsion
biologiya hamda antropologiya
birgalikda
xomo-sapiyens va xomo-faber
,
ya’ni fikrlovchi hamda o‘zgartiruvchi odamni
bir-biridan qat’iy ravishda farqlash
chegarasini o‘tkazish mumkin emasligini
isbotlaydi” – deya ta’kidlaydi. Ayni paytda,
biz, agarda odam o‘sha davrda o‘zgartiruvchi
bo‘lmaganida edi, bugungi kunda fikrlovchi
bo‘la olmasligini yaxshi tushunamiz. Odam
qurollarni yaratdi, biroq shu qurollar insonni
qayta yaratdi.
Fan va texnikaning o‘zaro bog‘liqligi haqida V.Rassel shunday degan edi:
“Texnika fandan kelib chiqadi, fan esa texnikaga asoslanadi”. Fan va
texnikaning mazkur bog‘liqligi, ayniqsa uning G‘arb madaniyatiga kuchli
bog‘lanishi XX asrning ikkinchi yarmida sayyoramizda sifat jihatidan yangi
bosqichni boshlab berdi. Ushbu voqelikni anglash – o‘z nihoyasidan hali juda
olis jarayondir.
Shunday qilib, hozirgi zamon fani ikki asosiy funksiyani bajaradi. Bular:
nazariy (tanishuv va anglash) va amaliy. Odamlar fanni, tabiat jumboqlarini
hamda amaliy muammolarni yechish maqsadida rivojlantiradilar.
Fanning
nazariy funksiyasi
, atrof-muhitning mavjud aloqadorligini anglashga bo‘lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |