Mavzu: Faol harakat va gigiyena Reja: Valeologiya-salomatlik va sog‘lom hayot tarzi haqidagi ta’limot


Download 285.19 Kb.
bet1/4
Sana05.01.2022
Hajmi285.19 Kb.
#220029
  1   2   3   4
Bog'liq
saida faol harakat



Buxoro shaxar

Buxoro davlat Universiteti

Sirtqi bo’limi 9-2O’zb S-20

Yo’nalishi talabasi Yedgarova Saida Shuxratovnaning

Valeologiya fanidan yozgan mustaqil ishi



Mavzu:Faol harakat va gigiyena

Reja:
1. Valeologiya-salomatlik va sog‘lom hayot tarzi haqidagi ta’limot.

2.Sog’lom turmush tarzini qaror toptirishda faol harakat

3.Salomatlikni ta’minlashda jismoniy tarbiyaning funksiyasi

4.Soglom turmush tarzini gigiyena asoslari
Badantarbiya – sog’liqni saqlashda ulug’vor usuldir”.

Abu Ali ibn Sino










Valeologiya bu mustahkam salomatlik, ya’ni sog‘lom, jismoniy va aqlan yetuk avlodni voya yetkazish ustida qayg‘urish hamda barakali umr ko‘rish demakdir. Valeologiya” lotincha so‘z bo‘lib, aloe-“salomatlik”, “sog‘lom bo‘lish” ma’nosini anglatadi. Bu atamani birinchi bo‘lib K.I. Brexman (1987)yilda kiritdi.

Valeologiya-inson salomatligi, uni mustahkamlash yo‘llari, aniq sharoitlarda insonhayotiy faoliyatini shakllantirish va saqlash haqidagi bilimlarning fanlararo yo‘nalishidir. O‘quv fani sifatida u inson salomatligi va sog‘lom hayot tarsi haqidagi bilimlar majmuasini tashkil etadi.

Valeologiya -salomatlik yoki qanday qilib sog‘lom bo‘lish mumkinligi haqidagi fan bo‘lib, tibbiyot fanidan tubdan farq qiladi. Tibbiyot o‘z oldiga turli kasalliklar tabiati, ularning kelib chiqish sabablari, kasalliklarni oldini olish va davolash vazifalarini qo‘ysa, valeologiya salomatlik tabiati, sog‘lom bo‘lishi omillari va mexanizmi masalalarini echadi. (V.P.Kaznacheev,1977y).

Inson salomatligi — bu eng avvalo, uzoq umr ko’urish davomida yuqori sur’atdagi ishchanlik qobiliyati va ijtimoiy faolligini, uning psixik va fiziologik sifatlarini saqlash va rivojlantirishdir.



Salomatlik - inson kamolotining muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, inson shaxsining hech kim daxl qila olmaydigan huquqi, muvafaqqiyatli ijtimoiy va iqtisodiy rivojining shartidir.

Albatta. Sog‘lom turmush tarzi to‘rtta alohida dasturdan iborat. Birinchisi, oqilona ovqatlanish. Har bir kishi kuniga besh mahal, o‘z vaqtida va to‘g‘ri ovqatlanishi shart. Ikkinchisi, jismoniy harakat. Har bir kishi o‘zi uchun jismoniy harakat dasturiga ega bo‘lishi lozim. Organizm holatiga qarab, kimgadir har kuni piyoda yurish, kimgadir suzish tavsiya qilinadi.
Uchinchisi, ruhiy-hissiy salomatlik. Bu o‘rinda har bir sog‘lom kishi individual antistress dasturdan foydalanadi. Dasturga asosan, odamning his-tuyg‘ulari qattiq nazorat qilinadi. Uning nimadan hayajonlanishi yoki qanday ishlarni bajarsa kamroq ruhiy zo‘riqishi aniqlanadi va bularni e’tiborga olgan holda foydali tavsiyalar beriladi.
To‘rtinchisi, reproduktiv salomatlik. Bu dasturga asosan, ayollar homilador bo‘lishidan oldin sog‘lig‘i har tomonlama tekshiriladi. Farzand ko‘rish vaqti, umri mobaynida nechta farzand ko‘rishi mumkinligi haqida tavsiyalar beriladi.
- Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning mohiyatini tashkil etuvchi asosiy omillardan biri ratsional ovqatlanishdir, dedingiz. Bugungi kunda oziq-ovqat mahsulotlari turining ko‘payib borayotgani, oziq-ovqat sanoatida genni o‘zgartirish texnologiyalari qo‘llanishi va boshqa sabablar tufayli sog‘lom ovqatlanish tushunchasiga putur yetayotgandek.

To‘g‘ri ovqatlanish iste’mol qilingan va sarflangan quvvat o‘rtasidagi muvozanat bilan ifodalanadi. Bir kunlik o‘rtacha ovqat iste’molidan hosil bo‘lgan energiyaning asosiy qismi kun davomida sarflanishi lozim. Jismoniy harakat hamda kasbiy mehnatni hisobga olgan holda kaloriyali taomlar iste’mol qilish, ovqatlanish me’yoriga qat’iy rioya etish lozim. Sarflangan quvvat o‘rni to‘ldirilmasa, ya’ni ovqatlanish me’yori buzilsa, odam yo kuchsizlanadi, yo semirib ketishi mumkin. O‘z vaqtida vitamin va minerallarga boy, sifatli taomlar bilan oziqlangan kishining kayfiyati chog‘, o‘zi bardam bo‘lib yuradi. Bu uning hayot tarzi, oilasi va kasb-koriga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ovqatlanish oralig‘i 3-4 soatdan oshmasligi, ozuqani kam miqdorda iste’mol qilish va juda to‘yib ketmaslik, ovqatdan yengil ishtaha bilan turishga odatlanish lozim. Kun davomida ovqatni bir xil tartibda yeyish maqsadga muvofiq. Shoshilib ovqatlanganda odam ehtiyojiga nisbatan ko‘p tanovul qiladi. Chunki markaziy asab tizimiga to‘qlik hissi sekin yetib boradi. To‘qlik hissi qondagi glyukoza va aminokislotalar yetarli darajaga yetganda paydo bo‘ladi.
Inson organizmining me’yoriy hayotiy faoliyati uchun oqsil, yog‘ va uglevodlarning, vitamin va mineral moddalarning muayyan miqdordagi nisbati lozim. Shuning uchun ovqatlanish tartibini belgilashda ozuqalarning birikmalariga e’tibor qaratilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini tekshirish, sanitariya-gigiyena talablariga javob berishiga aniqlik kiritish juda muhim. Iste’mol qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini o‘rganish har bir fuqaroning vazifasi bo‘lishi lozim.
Vazn me’yorida bo‘lishiga erishish, ortiqcha va tartibsiz, palapartish ovqatlanishga chek qo‘yish, kerakli miqdordagi oqsil, yog‘, uglevod, mineral modda va vitaminlarga boy taomlarni iste’mol qilish salomatlikning muhim omillaridan sanaladi.

Download 285.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling