Mavzu: Faoliyat rivojlanishi prinsipi Denov tadbirkorlik va pedagokiga instituti ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti o’zbek tili va adabiyoti kafedrasi Filalogiya


FAOLIYAT VA UNING MAQSADLARI HAQIDA TUSHUNCHA


Download 0.88 Mb.
bet2/3
Sana18.03.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1280615
1   2   3
Bog'liq
psixalogiya faoliyat

FAOLIYAT VA UNING MAQSADLARI HAQIDA TUSHUNCHA

  • Agar hayvonlarning hatti - harakati butunlay atrof muhit bilan belgilansa, kishining faolligi uning ilk yoshlaridanok butun insoniyat tajribasi va jamiyat talablariga ko`ra yo`naltirib boriladi. Hatti - harakatning bu turi shu qadar o`ziga xoslikka egaki, psixologiyada uni atash uchun maxsus termin - FAOLIYAT termini qo`llaniladi. Faollikning bu, alohida maxsus insoniy turining farq qiluvchi psixologik belgilari nimalardan iborat? Bu farq qiluvchi belgilardan biri shundan iboratki, faoliyatning mazmuni uni keltirib chiqargan ehtiyoj bilangina belgilanmaydi. Basharti motiv sifatida ehtiyoj faoliyatga turtki berib, uni ragbatlantirar ekan, u holda faoliyatning shakllari va mazmuni ijtimoiy shart - sharoitlar, talablar va tajriba bilan belgilanadi.

FAOLIYATNING INTERIORIZATSIYALASH VA EKSTERIORIZATSIYALASHUVI

  • Tashqi, real harakatdan ichki, ichki timsoliy harakatga o`tish jarayonini INTERIORIZATSIYA (tom ma`nosi bilan aytganda, ichki tarzga aylanish) deb atashadi. Interiorizatsiya tufayli kishi psixikasi ma`lum bir vaqt ichida uning nazari e`tiborida bo`lmagan narsalarning obrazi(timsoli)dan foydalanish qobiliyatiga ega bo`ladi.
  • Biz ichki, psixik faoliyatni tashqi, anik faoliyatning interiorizatsiyalashuvi natijasi deb hisoblash mumkinligini ko`rib chiqdik. Shunga muvofiq tarzda tashqi, anik faoliyatni ham ichki, psixik faoliyatning eksterizatsiyalashuvi (tom ma`nosi bilan aytganda, ichki tarzga aylanishi) deb qarash mumkin ("eksternus" - "tashqi" degan ma`noni anglatadi).

FAOLIYATNING O`ZLASHTIRILISHI VA MASHQLAR

  • Harakat usullaridagi bu o`zgarishlar qanday yuz beradi va ularning psixologik mexanizmi qanday? Bu mexanizmning asosini tadqiqot qilishga o`rinish va tanlash tashqil etadi. Kishi muayyan harakatni bajarishga o`rinib kuradi va uning natijasini nazorat qiladi. Muayyan harakatlar yoki faoliyat turlarini o`zlashtirish maqsadida ularni anglagan tarzda, ongli ravishda nazorat qilishga va tuzatishga asoslangan holda ko`p martalab takroran bajarish faoliyati MAShQ deb ataladi. Mashq qila borgan sari kishi harakatlari xarakterining o`zgarishi bu harakatlarni bajarish chog`ida ruy beradigan psixik faoliyati tuzilishida yuz beradigan o`zgarishlarni ham aks ettiradi. Ongli tarzda nazorat qilinib va tuzatilib turiladigan har bir yangi urinish faqat harakat usullari va vazifalarini eslab qolishdagina aks etmaydi. Odatda u vazifani tekshirish usullarining, uni hal qilish va tuzatish yo`llarining ham o`zgarishiga olib keladi.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling