Mavzu: faoliyatning o’zlashtirilishi va malakalarni egallash
Download 45.07 Kb.
|
Faoliyatning o’zlashtirilishi va malakalarni egallash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faoliyatning o’zlashtirilishi va malakalarni egallash.
MAVZU: FAOLIYATNING O’ZLASHTIRILISHI VA MALAKALARNI EGALLASH Faoliyat bu anglangan maqsad bilan boshqariladigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) harakatlar yig‘indisiga aytilib, faollik va harakat tushunchalari o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgani bilan ular o‘rtasidagi ayrim farqli belgilar kuzatiladi. Faoliyatning mazmuni to‘la-to‘kis uni yuzaga keltirgan tabiiy-biologik va ma’naviy ehtiyojlar bilan shartlashmaganligi tufayli uning psixologik mexanizmi ham o‘zgacha negizda qurilishi mumkim. Faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlash uchun psixik narsa va hodisalarning xususiyat obyektiv xossalarni aks ettirishi, qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘l-yo‘riqlarini aniqlab berish lozim. Uchinchidan, faoliyat shaxsning xulq-atvorini maqsadga qaratilgan harakatlarni ruyobga chiqarish, yuzaga kelgan ehtiyojlarni va yordamga muhtojligi, faollikning imkonini beradigan boshqarishni uddalash lozim. Shuning uchun faoliyatni bilish jarayonlarisiz, irodaviy zo‘r berishsiz amalga oshirish juda mushkul. Faoliyatning o’zlashtirilishi va malakalarni egallash. Inson faoliyati narsalarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan sa’i – harakatlardan tashqari: tananing fazoviy holati, qiyofaning saqlanishi (tik turish, o‘tirish), joy almashish (yurish-yugurish), aloqa vositalari sa’i–harakatlari qatnashadi. Odatda aloqa vositalari tarkibiga; ifodali sa’i– harakat (imo-ishora, pantomimika), bma’noli ishora, nutqiy sa’i– harakatlarni kiritadi. Sa’i–harakatlarning ushbu turlarida ta’kidlab o‘tilganidan tashqari mushaklar, hiqildoq, tovush paychalari, nafas olish a’zolari ishtirok etadi. Demak, narsalarni o‘zlashtirishga qaratilgan harakatning ishga tushishi muayyan sa’i– harakatlar tizimining amalga oshirilishini anglatadi. Bu hodisa ko‘p jihatdan harakatning amalga oshishi, shart–sharoitlarga bog‘liq. Jumladan: kitobni olish qalamni olishdan boshqacharoq tarzdagi sa’i–harakatni taqazo etadi, avtomobilni haydash velosepedda uchishga qaraganda o‘zgacha sa’i–harakat talab qiladi, ellik kilogramm shtangani ko‘tarishda bir pudlik toshga qaraganda ko‘proq quvvat sarflanadi, kartonga katta shaklni joylashtirish, qiyin kechadi.Yuqorida keltirilgan misollar turlicha obyektlarga taalluqli bo‘lishiga qaramay, ularda harakatning maqsadi yagonadir. Obyektlarning turlicha ekanligi sa’i–harakatlarning oldiga va mushak faoliyati tuzilishiga har xil talablarni qo‘yadi. Ushbu voqelik rus olimlari P.K.Anoxin, N.A. Bernshteyn, E.A.Asratyanlarning tadqiqotlarida isbotlab berilgan. Ularning umumiy mulohazalariga qaraganda, mushaklarning faoliyati sa’i – harakat vazifasi bilan emas, balki mazkur sa’i–harakat ro‘y beradigan shart-sharoitlar bilan boshqarilish mumkin. Mushaklar bu o‘rinda sa’i– harakatlarning yo‘nalishini va tezligini ta’minlash uchun xizmat qiladi, har xil qarshiliklarni (hajm, kuch, vazn ta’siri) muayyan darajada susaytiradi. Malaka faoliyat tarkibida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Malaka deb mashq qilish jarayonida ish harakatlar bajarilishining avtomatlashgan usullariga aytiladi. Malaka ish unumdorligining ortishiga, vaqtni tejashga, aqliy faoliyatni bir muncha muhimroq narsalarga safarbar qilishga imkon beradi. Malaka quyidagicha hosil qilinadi: a) mehnat harakatlari, ularni egallab olishning zarur ekanligi va ahamiyatini anglash; b) harakat namunasini esda olib qolish; v) malaka namunalarini ko‘p marta bajarish, mashq qilish; g) izchillik bilan olib boriladigan mashq natijasida harakatlar tezlashadi, xatolar kamayadi; d) malaka harakatlarni avtomatlashtirish bilan shakllanadi. Ayrim ortiqcha harakat elementlari tushib qoladi. Biror faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud bilimlardan va malakalardan foydalana olish ko‘nikma deyiladi. Malaka turli yo‘llar bilan ko‘rsatish, tushuntirish, ko‘rsatish va tushuntirishni qo‘shib olib borish orqali hosil qilinishi mumkin Har bir ko‘nikma va malaka odamning o‘z tajribasida avval egallab olgan malakalari asosida yuzaga keladi va amal qiladi. Malaka, ko‘nikmalarning ayrimlari kishining ko‘nikma hosil qilishiga va malakali ishlashiga yordam beradi, boshqa birlari halaqit beradi, uchinchilari, yangi ko‘nikmalarni o‘zgartirib boradi. Bu hodisa psixologiyada malakalarning o‘zaro ta’siri deyiladi. Download 45.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling