Mavzu: Farg’ona viloyati arxitektura yodgorliklari
Download 1.4 Mb.
|
9-20- guruh talabasi Qurbonov Umidjon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Valixonto‘ra ziyoratgohi
- Umochota ziyoratgohi
Bobo Ahtam ziyoratgohiZiyoratgoh Oltiariq tumani, Fayziobod MFY da joylashgan.Ziyoratgoh Oq ota mozori deb ham yuritiladi. Tarkibida masjid va mozorni mujassam etgan. Gumbazli shaklida qurilgan. Bu mozorni sahoba Bobo Axtamning qadamjoyi degan taxminlar xam bor. Bobo Axtam tabiblarning homiy piri deb ham hisoblangan. Tabiblikni tanlagan kishilar uning mozoriga kelib chilla saqlaganlar. Mozor 1965-1968 yillarda qayta ta'mirlangan. Valixonto‘ra ziyoratgohiValixonto‘ra Sayyid Abdullaxon xojaning Raxmatulloxxon xoja ismli o‘g‘li avlodidan bo‘lib, 1864-1950 yillarda yashab o‘tgan. Oltiariq tumanining G‘ayrat qishlog‘ida dafn etilgan. U haqida Valixon to‘raning o‘g‘li To‘raxon Valiev xonadonida saqlangan shajarada ma'lumotlar keltirilgan. Ushbu shajara deb e'tirof etilgan qo‘lyozma asli Ofoqxo‘janing o‘g‘li Xazrati Soxibqiron G‘ozi manoqobi bo‘lib, 1878 yilda yozilgan, xajmi 853x27 sm, Qo‘qon qog‘oziga bitilgan). Mazkur shajarada jumladan, shunday deyiladi: “Uch birodarlari Xoja Karomatulloxdurlar. Alarning farzandlari Muxammad Odil Podshoxdurlar, Sayyid Ofoqxo‘jamga domod bo‘ladurlar. Bularning farzandlari Eshon Sayyid Abdullox xojam qutb ul- aqtob Sayyid avliyodurlar. Ularning farzandi arjumandlari Sayyid Raxmatulloxxojam, alarning farzandi arjumandlari Muxammad Sayyidxon xojam. Bu shajarai sharif Muhammad Sayyid Hojamning shajaralaridur”. Valixon to‘raga qadar G‘ayrat qishlog‘ida mozor bo‘lmagan. Valixonto‘ra vafot etgach, xalq uni shu qishoqqa dafn etishlarini farzandalaridan iltimos qilingan.Valixonto‘ra ziyoratgohi milliy uslubda qurilgan Maqbaralar, binolar iborat Umochota ziyoratgohiUmoch ota ziyoratgohi Povulg‘on qishlog‘ida joylashgan. Ushbu ziyoratgoh xaqida Anvar Obidjon shunday fikr bildiradi: “Umoch otani “Omochchi ota” so‘zi bilan bog‘lashga urinishadi. Bunday kimsalar yaqin o‘tmishda “umoch” degan nom taom bo‘lganini, ba'zi bir kampirlar xozirda ham pishirib turishlarini bilmasliklariga guvoh bo‘lganman. Abdulaziz Nuriddinovning aytishicha ushbu ziyoratgoh aslida chiltonlarning qadamjoyi bo‘lgan . Qishloqdagi xonadonlarning biridagi soxibjamol qiz har kuni kechasi g‘oyib bo‘lar ekan. Tez orada uning sirli g‘oyib bo‘lishini qishloqqa ovoza bo‘lish xalq ichida turli mish-mishlar tarqalibdi. Odamlar uni xayosizlikda ayblay boshlabdi. Qizning akasi singlisini sha'niga bo‘layotgan nomaqbul so‘zlarni chin yoki yolg‘oniligi bilish uchun asta-sekin kishi bilmas tarzda singlisini kuzata boshlaydi. Singlisi yarim tunda uydan chiqib dalaning o‘rtasida joylashgan qayrag‘ochzorga karab yuradi. Bu yerda qirq nafar azizlar yani childuxtaron bazm qurib o‘tirishar ekan. Akasi u yerga borishga cho‘chib bormabdi, qiz esa ularni xizmatida bo‘lib taom tayyorlayotgan emish. Chiltonlar qadamjoyini keyinchalik Umoch ota ismli solix bir zot obod qilganligi uchun ziyoratgoh xam uning nomi bilan atalgan Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling