Mavzu: Farmatsevtika sanoati texnologiyasi. Reja


Download 307.38 Kb.
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi307.38 Kb.
#1481719
  1   2   3
Bog'liq
Farmasevtika sanoati texnologiyasi


Mavzu: Farmatsevtika sanoati texnologiyasi.


REJA:



  1. Poroshoklarning xususiy texnologiyasi (to’zg’uvchi, bo’yovchi va qiyin maydalanuvchi moddalar, ekstraktlar va efir moylari bilan poroshoklar tayyorlash misolida).




  1. Zaharli va kuchli ta‘sir etuvchi moddalar ro’yxatiga kiradigan dorilar bilan ishlash qoidalari, ular bilan murakkab poroshoklar tayyorlash.



  1. Suyuq dori turlari ta‘rifi, tasnifi, texnologiyasi. Erituvchilar va ularning zamonaviy tasnifi.



Poroshoklarning xususiy texnologiyasi (to’zg’uvchi, bo’yovchi va qiyin maydalanuvchi moddalar, ekstraktlar va efir moylari bilan poroshoklar tayyorlash misolida).


Poroshoklar qadimdan ma'lum dori shakllaridan bo‘lib, eramizdan oldingi 3000 yil avval ham tabobatda qo‘llanilgan. Elaki dorilarning o‘ta maydaligi ularning ta'sir darajasini yuqori bo‘lishini ta'minlaydi. Shu jixatdan elaki dorilar qattiq dori shakllari ichida yuqori ta'sir darajasiga ega dori hisoblanadi. Davlat farmakopeyasi ta'biri bilan aytganda, elaki dorilar — ichish va tana yuzasiga qo‘llash uchun ishlatiladigan qattiq dori shaklli bo‘lib, sochiluvchanlik xususiyatga ega bo‘ladi. Poroshoklar oddiy — (Pulveres simplices) bir dori moddasidan tashqil topgan yoki murakkab — ikki va undan ortiq ingredientdan iborat (pulveres compositi) bo‘lishi mumkin. Undan tashkari kukunlar ya'ni, elaki dorilar alohida dozalarga bo‘lib taqsimlangan (pulveres divisi) va taqsimlanmagan (pulveres indivisi) bo‘ladi. Ichish uchun mo‘ljallangan kukunlar asosan dozalangan usulda yoziladi yoki taksimlangan bo‘ladi, sirtga ishlatiladigan kukunlar esa taqsimlanmagan usulda beriladi. Poroshoklarni dt sifatida afzalliklari Tayyorlash tеxnologiyasi soddaligi; Qo‘llanilishi qulayligi; Yuqori biosamaradorligi, ya'ni tеrapеvtik faolligi (tablеtkalarga nisbatan). Bu esa ayniqsa, geriatriya va pеdiatriyada katta ahamiyatga ega. Poroshokning zarrachalarni qancha mayda bo‘lsa, shuncha faolligi yuqori bo‘ladi, chunki bunda eruvchan, ayniqsa qiyin eruvchan moddalarning so‘rilishi yеngillashadi; Erimaydigan moddalar (faollashtirilgan ko‘mir, oq gil, vismut nitrat asosiy va b.) yuqori dispеrslik holatida maksimal darajada adsorblash, o‘rab olish, va antisеptik ta'sirga ega bo‘ladi; Tarkibning univеrsalligi, chunki bitta dori shaklida turli xususiyatlarga ega bo‘lgan dorivor modalarni saqlash mumkin; Dozalashni aniqligi; Ixchamligi va saqlash davomida turg‘unligi. Poroshoklarni dt sifatida kamchiliklari Suyuq DT nisbatan tеrapеvtik faolligi sеkinroq namoyon bo‘ladi Yuzasi katta bo‘lganligi sababli tashqi muhit omillariga ta'sirchan bo‘ladi (oksidlanadi, namikni yutadi va b. Noxush hidli, achchiq ta'mli va va bo‘ovchi moddalarni qo‘llash noqulay Ba'zi bir dorivor moddalar (bromidlar, xloralgidrat va b.) oshqozon-ichak shilliq qavatiga qitiqlovchi ta'sir ko‘rsatadi Poroshoklarga qo‘yiladigan asosiy talabalar Sochiluvchanlik Dispеrslik (barcha tarkibiy qismlarning optimal maydalik darajasida bo‘lishi) Bir xilligi (murakkab poroshoklarda barcha tarkibiy qismlarni bir xil tarqalganligi) Dozaning aniqligi Turg‘unligi (saqlanish jarayonida moddalarning o‘zgarmasligi) Ba'zi bir poroshoklar uchun stеrillik (ochiq yaralar uchun sеpmalar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun poroshoklar va b.) Poroshoklarning xususiyati Kimyoviy xususiyatlari3 Dori moddalari miqdori (massa ulushi), odatda, 98-99% kam bo'lmagan holda hisoblanadi. Gazlarning tarkibdagi miqdori ishlab chiqarish jarayonida yoki keyingi qayta ishlash paytida gaz zarrachalari yuzasiga adsorbsiyalanadi va ichki gazlar tarkibi (O2, SO2, N2, va hokazo). Gazlarning katta miqdorda bo‘lishi, poroshoklarning sochiluvchanligini oshirshi va qiyin qayta ishlashni yomonlashtiradi, dozalanishi qiyinlashtiradi.. Suvning tarkibdagi miqdori (namlik). Suv, ayniqsa kristallik suvni ko‘p miqdorda bo‘lishi poroshoklarning sifat ko‘rsatkichlarni yomonlashuviga olib keladi. Saqlanish jarayonida namlanib qolishi yoki qurub qolishi kuzatiladi. Piroforlik – bu poroshok changi havoga tegib ketganda o'z-o'zidan yoqib ketishi xususiyati. Pyroforlik poroshokning yonib hatto portlashni keltirib chiqarishi mumkin. Bu, ayniqsa, organik birikmalarning juda nozik tuproqlari uchun to'g'ri keladi. Shu nuqtai nazardan, poroshoklar bilan ishlashda xavfsizlik va shaxsiy gigiena bo'yicha maxsus choralar ko'rish kerak.
Fizikaviyhususiyatlari

  1. Zarrachalarshakli.

Granulyaciya Poroshokning granulometrik tarkibi Poroshokning nisbiy yuzasi Sochilma zichlik Sochiluvchanlik Sirttaranglik4 Poroshoklaning xususiy texnologiyasi Qiyin maydalanadigan moddalar bilan poroshoklar tayyorlash Qiyinmaydalanadigan moddalarga yod, kamfora, mentol, timol, fenilsalitsilat, benzonaftol, salitsilat kislota, tetraborat natriy, streptotsid va boshqalar kiradi.
Bularni maydalash uchun uchuvchan erituvchilar ishlatiladi. Erituvchilar sifatida spirt, efir, spirt-efir aralashmasi ishlatiladi. Rp.: Camphorae 0,1 Sacchari 0,2 Misce fiat pulvis Da tales doses N 6 Signa.Bitta poroshokdan 3 mahal ichilsin. Pasporti: Kamfora 0,6 g 0,1*6=0,6 g qand poroshogi 1,2 g 0,2*6 =1,2 mumumiy =0,6q1,2=1,8 g m 1 ta poroshokning og‘irligi =1,8∕6=0,3 g Tayyorlanishi: hovonchaga 1,2 g qand kukuni solinib maydalanadi va u kapsulaga olib quyiladi. So‘ngra hovonchada 0,6g kamfora bir necha tomchi etil spirti bilan birga maydalanadi, maydalash, to erituvchi uchib ketgunga qadar davom ettiriladi. Keyin unga oz-ozdan kapsuladagi olib qo‘yilgan qand kukuni qo‘shib aralashtiriladi, toki bir xil poroshok hosil bo‘lguncha. Tayyor poroshok 6 ta pergament qog‘ozga 0,3g dan qadoqlanadi. So‘ngra kogoz xaltachaga joylashtirilib, yorlig‘i yopishtiriladi.



Download 307.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling