Mavzu: faza rotorli asinxron motorni avtomatik boshqarish sistemasi


Download 27.83 Kb.
bet1/2
Sana03.12.2023
Hajmi27.83 Kb.
#1797472
  1   2
Bog'liq
4-tajriba


LABORATORIYA ISHI №4
MAVZU: FAZA ROTORLI ASINXRON MOTORNI AVTOMATIK BOSHQARISH SISTEMASI
Ishdan maqsad: Faza rotorli asinxron motorni avtomatik boshqarish sistemasini o’rganish.
Nazariy qism
Hozirgi vaqtda eng ko’p tarqalgan asinxron elektr dvigatellarining paydo bo’lishiga aylanuvchan magnit oqimini hosil qiluvchi qurilmalarni yaratish imkonini bergan uch fazali o’zgaruvchan tok sistemasi sabab bo’ldi. Ularning asinxron deb atalishining sababi mashinaning aylanuvchi qismi-rotor hamma vaqt magnit oqimi tezligiga teng bo’lmagan, ya’ni u bilan sinxron bo’lmagan holda aylanadi. 127V, 220V, 380V, 500V, 600V, 3000V, 6000V va 10000 V kuchlanishlarda vattning ulushlaridan to minglab kilovatt quvvatga mo’ljallab yasaladigan bu elektr dvigatelining konstruksiyasi sodda, boshqa elektr dvigatellarga qaraganda ishlatishga ishonchli va arzondir. Uni aylanish tezligini doimiy saqlash zarur bo’lmagan har qanday ishlarda, shuningdek, bir fazali qilib kichik quvvatlarda turmushda ham ishlatilishi mumkin. Hozirgi vaqtda asinxron mashinalar asosan dvigatel rejimida ishlatiladi. Quvvati 0,5 kVt dan ortiq mashinalar odatda uch fazali, kichik quvvatlilari bir fazali qilib tayyorlanadi. Asinxron mashinaning birinchi konstruksiyasi 1889-91 yillarda rus injeneri Dolivo-Dobrovolskiy tomonidan yaratildi.
O’tgan davr mobaynida asinxron dvigatellar sanoat va qishloq xo’jaligining turli sohalarida foydalanildi. Ulardan metal kesish stanoklarining elektr yuritmalarida, kutarish transport mashinalarida, transportyorlarda, nasoslar va shamollatgichlarda foydalanilmoqda. Kichik quvvatli dvigatellardan avtomatika qurilmalarida foydalaniladi.
Asinxron dvigatellardan keng foydalanilishiga asosiy sabab boshqa tur mashinalarga qaraganda ishonchliligi, o’zgaruvchan tok manbaiga tug’ridan-tug’ri ulash mumkinligi, xizmat kursatishning oddiyligidir.

Uch fazali asinxron mashinalarning tuzulishi

Mashina asosan ikki qismdan, quzg’almas stator va quzg’aluvchan rotordan iborat. Statorning uzagi elektrotexnik po’lat listlardan tayyorlanadi va staninada presslanadi. 1-rasmda stator uzagi kursatilgan. Stanina (1) quyma magnitlanmaydigan materialdan tayyorlanadi. Odatda stanina chuyan yoki alyumindan tayyorlanadi. Varaqlarning ichki yuzasi (2) ariqchalari bulgan stator uzagi tayyorlanib, unga uch fazali chulg’am (3) joylashtiriladi. Statorning cho’lg’ami kundalang kesim yuzasi aylana yoki tug’ri burchakli shaklda bo’lgan izolasiyalangan alyumin (aksariyat hollarda) simdan tayyorlanadi.


Stator cho’lg’ami faza deb ataluvchi uchta aniq qismdan iborat. Fazalarning boshlanishi s1, s2, s3 harflari bilan oxirlari s4, s5, s6 harflari bilan belgilanadi
Fazalarning boshlanishi va oxirlari staninaga mahkamlangan qisqichlarga (klemma) biriktiriladi (2a-rasm). Statorning cho’lg’ami yulduz (2b-rasm) yoki uchburchak (2v-rasm) usulda ulanishi mumkin. Stator chulg’amining ulanish usuli tarmoqning liniya kuchlanishi va dvigatelning nominal kattaliklariga bog’liq. Masalan, pasportida 660/380, Y/∆ belgisi bulgan dvigatelni Ul=660V tarmoqqa yulduz usulida Ul=380V tarmoqqa uchburchak usulida ulash zarur.
Stator chulg’amining asosiy vazifasi mashinada aylanuvchan magnit maydoni hosil qilishdan iborat.

Download 27.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling