Mavzu: Fizikani o’qitishda qo’shni fanlar bilan bog’lanishni ta’minlash


Download 270.5 Kb.
bet5/7
Sana22.06.2023
Hajmi270.5 Kb.
#1649668
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4. Fizikani o’qitishda qo’shni fanlar bilan bog’lanishni ta’minlash

Xavoning bosimga ega ekanligiga ishonch xosil qilish uchun quyidagi tajribani qilib ko`rish mumkin.
Stakanga to`la suv olib, uning og’ziga bir varaq qog’oz qo`yamiz.Qog’ozni kaftimiz bilan berkitib, stakanni keskin to`ntaramiz va qog’ozdan qo`limizni olamiz.Bunda stakandagi suv to`kilmaydi. Atmosfera bosimi qog’ozga kuch bilan ta’sir etib,uni stakan chetlariga "yopishtirib" qo`yadi. Stakandagi suvning qog’ozga beradigan bosimi, qog’ozga pastdan ta’sir etayotgan havo bosimidan kichik bo`ladi. SHuning uchun qog’oz tushib ketmaydi.
Atmosfera bosimiga doir yana bitta tajriba qilib ko`rish mumkin.Stolcha chekkasi bilan baravar qilib kattaroq qog’oz qo`yamiz. Qog’ozning o`rta qismiga oddiy chizg’ichning uchdan ikki qismini kiritamiz. Keyin chizg’ichning chiqib turgan uchiga uramiz. Qog’oz qirqilmaydi. Qog’oz o`z og’irligidan tashqari atmosfera bosimi ham ta’sir etadi. SHuning uchun qog’ozni chizg’ich yordamida ko`tarib yubora olmaymiz.
Dengiz qirg’og’idan tog’ tepasiga ko`tarilgan sari atmosfera bosimi kamayib boradi.Bosim har 12 metr balandlikda 1mm.dan kamayib boradi.SHu sababli bosimni dengiz yuzasiga nisbatan hisoblanadi. Dengiz yuzasida atmosfera bosimi bir kvadrat santimetr yuzaga 76 santimetr simob ustuniga teng. Bunday ustun qanday kuch bilan bosishini aniqlash uchun 76 santimetr simobning solishtirma og’irligiga ko`paytiramiz.
Demak, har bir santimetr kvadrat yuzaga bir kilogrammdan ortiqroq kuch ta’sir etar ekan.
Sayyoramizdagi har bir jonli mavjudot uchun, jonli organizmlarning nafas olishi uchun havo zarurdir.
Inson tanasining yuzasi o`rtacha o`n besh ming kvadrat santimetrga teng.
Demak, havo o`n besh tonna kuch bilan bosib turadi. Bunday bosim har qanday tirik jonni majaqlab tashlay oladi. Lekin bu bosimni biz sezmaymiz. Buning sababi shuki, bizning organizmimiz ichidagi bosim atmosfera bosimiga teng bo`ladi Tashqaridagi bosim bilan organizm ichidagi bosim o`zara muvozanatlashadi. Odam va hayvonlar organizmi ana shu xavo bosimiga moslashgan.
Agar atmosfera bosimi, aytaylik ikki baravar kamayib ketsa inson yoki xayvon organizmi ichidagi havo shishira boshlaydi teri yorilib, qon oqa boshlaydi.Kishining boshi aylanib xushidan ketadi.Bunga shunday tajriba qilib ko`rish mumkin. Havo nasosi qalpog’i ichiga ozgina havosi bor (og’zi bog’langan) rezina shar kiritib, qalpoq ostidagi havoni tortib ola boshlaymiz. Bunda rezina shar o`z-o`zidan shisha boshlaydi, yorilib ketishi ham mumkin.
Samolyot va vertolyotlarga ham atmosfera bosimi ta’sir qiladi. SHuning uchun ham samolyot va vertolyotlarning oynalari eshiklari juda ham mustaxkam materialdan yasaladi.



Download 270.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling