Mavzu: Fizikani o’qitishda qo’shni fanlar bilan bog’lanishni ta’minlash


Download 270.5 Kb.
bet1/7
Sana22.06.2023
Hajmi270.5 Kb.
#1649668
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4. Fizikani o’qitishda qo’shni fanlar bilan bog’lanishni ta’minlash


)



MAVZU: Fizikani o’qitishda qo’shni fanlar bilan bog’lanishni ta’minlash


Reja:
I. Kirish.
II. Asosiy qism.
2.1. Fizikani o`qitishda fanlararo bog`lanishning ahamiyati.
2.2. Fizika darslarini tabiiy fanlarga bog`lagan holda tashkillashtirish.
2.3. Fizika fanining psixologiya va falsafa fanlari bilan aloqasi.


III. Xulosa.
IV Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish.
Mustaqil respublikamiz xalq talimi tizimini jamiyatimiz qurayotgan talab va extiyojlarga mos keladigan yangi sifat darajasiga ko`tarish yosh avlodga fan asoslarini o`rgatish, ularning ma’lumotini, g`oyaviy tayyorgarligini oshirish, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonda, davlatni barcha ishlab chiqarish va jamoat ishlarini boshqarishda faol, ijodiy ishtirokini ta’minlaydigan sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarish davrimizning asosiy talabidir.
Bizningcha, mustaqil yangi davlatda ishni maktab-maorifga e’tibordan, uning chinakam moddiy bazasini yaratishdan, ma’rifat o`choklarini iqtidorli, bilimdon, zahmatkash, millatparvar, bo`lajak mutaxxassislar bilan ta’minlashdan boshlamoq zarur.
Yosh avlod maktabda yetuk fuqaro sifatida shaklllanadi. SHunday ekan, yosh avlodga fan asoslaridan chuqur, puxta bilim berishning samarali yo`llarini ishlab chiqishi pedagogikaning bosh masalalaridan biridir. Turli fanlarni o`zaro bog`liq holda o`qitish ana shunday yo`llardan biridir. Maktabda o`qitiladigan tabiat haqidagi fanlar-tabiatshunoslik, geografiya, fizika, ximiya, biologiya, matematika va boshqalarning o`zaro aloqadorlik masalalarini xal etish asosida o`quvchilarga tabiat xodisalari haqida chuqur bilim berish, ularga olgan bilimlarini amalda qo`llay bilish ko`nikmalarini va malakalarini hosil qilish hozirgi zamon didaktikasining asosiy masalasidir.
Fizikani predmetlararo bog`lanishdan foydalanib o`qitish muhim ahamiyatga ega. Fizika fanining taraqqiyoti, tabiatI; xodisalarining asl moxiyatini o`rganish fizika predmetini tabiiy tsikldagi boshqa fanlarga bog`lab o`qitilishini ta’minlaydi. Ammo o`quv jarayonida predmetlararo bog`lanish o`z-o`zidan hosil bo`lmaydi. Bu masala ko`p qirrali bo`lib, uni faqat ma’lum maqsadga qaratilgan yo`nalishlardagina amalga oshirish mumkin.
Predmetlararo aloqa turli fanlarni sun’iy ravishda birlashtirish degan gap emas. Ularni o`zaro aloqada o`rganshi predmetlar o`rtasidagi umumiy o`xshashlikni, xar biriga xos xususiyatni puxta bilib olgan taqdirdagina samarali bo`ladi. O`quvchilar xodisalarni o`xshash tomonlariga va o`zaro bog`lanishlariga ko`ra bir butun xolda tasavvur qiladilar. Ularda ana shunday tasavvurni xosil qilishda o`quv predmetlarini o`zaro bog`lab o`rganish muhim rol o`ynaydi.
O`quv predmetlarini o`zaro bog`lik xolda o`rganish o`quvchilar bilimini mustaxkamlashning muhim usullaridan biri sifatida o`quv tarbiya jarayonining ham o`zaro aloqada va birlikda bo`lishini taqozo qiladi.
Darsda materialni kompleks xolda o`rganish muhim pedagogik jarayon bo`lib, mavzu xarakteriga, qo`yilgan maqsadga qarab amalga oshiraladi. O`quvchilar fanlarni o`zaro aloqada o`rganishda bitta o`quv predmeti bo`yicha olgan bilimlariga nisbatan chuqurroq va kengroq bilimga ega bo`ladilar.
Darsga tayyorgarlik ko`rishda xar bir fanning xususiyatini hisobga olinadi. O`qituvchi mavzuni o`tishda jiddiy e’tibor berish zarur bo`lgan momentlarni aniqlab oladi. SHu maqsadda, mavzuga doir muhim faktlarni, qo`shimcha materiallarni tayyorlaydi. Darsda o`quvchilarning mustaqil fikrlashiga, ularda anik malaka va tushuncha hosil qilishga e’tibor beradi. Bu talablar ko`p jihatdan darsni izchil borishiga, dars bosqichlarining bir-biri bilan bog`lanishiga, vaqtdan tejamli foydalanishga bog`liqdir. Buning uchun o`qituvchi darsning kengaytirilgan rejasini tuzib olib, reja-konspekt asosida ish ko`rishi lozim.
Darsning metodik ko`rsatkichi hisoblangan kengaytirilgan rejani tuzishda o`qituvchi darslikdan tashqari ilmiy-metodik adabiyotlardan ham keng foydalanadi. Unda darsning mavzusi, maqsadi tarbiyaviy jihati, bog`lanadigan yondosh fanlarning nomi ko`rsatiladi. Bundan tashqari, rejada o`quvchilarga beriladigan savol va topshiriqlar, yangi mavzuning muhim momentlari, o`zaro aloqaga kirishadigan fanlar bo`yicha darsliklardan olingan qo`shimcha materiallar ham yoziladi.
Fizikani boshqa predmetlarga bog`lab o`qitish o`ziga hos xarakter, shakl va xususiyatga ega.O`qituvchi og`zaki bayon, suhbat, ma’ruza, mustaqil ishlash metodlaridan foydalanishi mumkin. Predmetlararo aloqani amalga oshirishda o`qituvchi o`z fanini yaxshi bilishi bilan birga boshqa fanlardan ham xabardor bo`lishi muhim rol o`ynaydi.
"O`qituvchi avvalo o`z o`qiyotgan fanni, uning asoslarini bilishi kerak. U fanning mohiyatini, hozirgi ahvolini, uning rivojlanish bosqichlarini, uning boshqa fanlar bilan, ijtimoiy munosabatlar bilan aloqasini bilishi kerak",- degan edi N.K.Krupskaya.
Predmetlararo bog`lanishga xos xususiyat, eng avvalo darsdan kuzatilgan maqsad va vazifalarga qarab belgilanadi. Uning muvaffaqiyati esa o`qituvchining bilimiga, maxoratiga, darsning to`gri tashkil etilganligiga, dars metodlariga bog`liq bo`ladi. Yoshlarga ta’lim va tarbiya berishning murakkab vazifalarini hal etish maktab isloxotida-o`qituvchiga, uning e’tiqodiga, kasb mahoratiga, iste’dodi va madaniyatiga hal qiluvchi darajada bog`liqdir. Ammo o`qituvchining bilimi va pedagogni mahoratini tinimsiz o`sib, takomillashib borishi, ta’lim formalari, metodlari va vositalarining takomillashish darajasi bilan bog`liq.
Fizika o`qituvchisi biror mavzuni boshqa fan materiallari bilan bog`lab o`qitish uchun quyidagilarni e’tiborga oladi:
1.Mavzuni o`tish uchun ajratilgan vaqtni hisobga oladi.
2. Mazkur mavzuga doir fan materiallarini aniqlaydi.
3.O`quvchilarni boshqa fanlardan o`rgangan tushunchalarini aniqlaydi. 4.Darsga zarur bo`lgan ko`rgazmali qurollarni tayyorlaydi.
Tabiiy-ilmiy fanlar o`quvchilarda olamning zamonaviy manzarasini ochishga qiziqish uyg`otadi. Tabiat haqidagi bilimlar dialektik dunyoqarashning tarkibiy qismi hisoblanadi. O`quvchilar ilmiy dunyoqarashining asosiy g`oyalari olamning moddiy birligi, materiya xarakati shakllarining o`zaro bog`lanishi, jonli va jonsiz tabiatning birligi, materiya mavjudligining shakllari-fazo va vaqt, "tabiat-jamiyat-inson" munosabati kabi tushunchalarii o`zlashtirishlari uchun predmetlararo bog`lanishdan foydalanish zarur. Maktab fizika kursida predmetlararo bog`lanishning ahamiyati katta. Fizika kursini o`rganishda boshqa fanlarda o`rganilgan bilimlarga ham asoslaniladi. Masalan, mexanik harakat, tebranish va to`lqinlarni o`rganish uchun matematikadan trigonometrik funktsiyalar, figuralarning yuzasi tushunchalari, elektroliz va termodinamik tushunchalarni o`rganish uchun ximiyadan elektrolitik dissotsiatsiya, valentlik tushunchalari, havo namligi, atmosfera bosimi, konvektsiya, magnetizm kabilarni o`rganish uchun geografik tushunchalar, termodinamika qonunlari, issiqlik, elektr va optika haqidagi ta’limotlarni paydo bo`lishini o`rganish uchun tarix kursidan o`sha davrdagi tarixiy sharoit, sanoat va qishloq xo`jalik taraqqiyoti haqidagi tushunchalar zarur bo`ladi. O`z navbatida fizika kursida egallangan bilimlar boshqa fanlarni o`rganishda qo`llaniladi. Masalan, elektr toki, o`tkazgichlarni ulash, elektromagnit xodisalar xaqidagi bilimlar mexnat darslarida qo`llaniladi.
Mavzuning dolzarbligi: Fizika fani balki barcha aniq hamda tabiiy fanlarni mazmunli va samarali o`tishi hozirgi kunda o`qitish metodikasining asosiy masalasidir. O`quvchilar olgan bilimlarini yanada chuqurroq va mustahkam o`zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning o`zi ham mavzuni dolzarbligini ta’kidlab turibdi.

Download 270.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling