Mavzu: Fizikani o’qitishda qo’shni fanlar bilan bog’lanishni ta’minlash


Fizika fanining psixologiya va falsafa fanlari bilan aloqasi


Download 270.5 Kb.
bet6/7
Sana22.06.2023
Hajmi270.5 Kb.
#1649668
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4. Fizikani o’qitishda qo’shni fanlar bilan bog’lanishni ta’minlash

2.3. Fizika fanining psixologiya va falsafa fanlari bilan aloqasi.
FO’U fani falsafa ya’ni dialektika qonunlariga asoslanadi. Dialektika FO’Uning metodologik asosi hisoblanadi. Fizika fani va uni o’qitish uslubiyati dialektika qonunlaridan foydalanadi. Bu qonuniyatlar quyidagilar hisoblanadi.

  1. Qarama-qarshiliklar kurashi va birligi.

  2. Miqdor o’zgarishini sifat o’zgarishga olib kelish.

  3. Inkorni-inkor.

Dialektika kategoriyalari: hodisa va mohiyat, mazmun va shakl, zaruriyat va tasodif. Falsafaning ushbu qonun va kategoriyalari FO’U fanining metodologik asosi hisoblanadi.
Psixologiya fani turmushning turli jabhalariga kirib bormoqda, psixologiya negizida yangi-yangi fanlar paydo bo’lmoqda. Fizikani o’qitish murakkab pedagogik jarayon bo’lib, uning ishtirokchilari o’qituvchi va o’quvchilar hisoblanadi. Darsni samarali tashkil etish uchun o’qituvchi fizika fanini chuqur tushunishi zarur, aks holda unga hyech qanday uslubiyat yordam bera olmaydi.
O’quvchi ham o’z navbatida murakkab sistema bo’lib, uning ruhiy holati darsning o’zlashtirish darajasini belgilaydi. Inson ruhiyatini psixologiya fani o’rganadi. Psixologiya fani shug’ullanish sohasi bo’yicha bir necha tarkibiy qismlarga, turlarga bo’linadi: ijtimoiy-siyosiy oila psixologiyasi va hokazo.
Fizikani o’qitish jarayonida o’quvchilarning yoshini e’tiborga oluvchi yoshlik davri psixologiyasidan foydalanish zarurati tug’iladi.O’quv jarayonini ilmiy tarzda tashkil etish uchun o’qituvchidan nafaqat fizika asoslari hamda uslubiyatidan chuqur bilim, shuningdek, o’quvchilar ruhiyatini qonunlarini bilishni ham taqoza etadi.O’quvchilarda mustaqil fikrlash, ko’nikma va malakani shakllantirish yo’llarini psixologiya fani ko’rsatib beradi. Shuningdek har bir fanni o’qitishdan uning tarbiyaviy tomoni ham ko’zda tutiladi. O’quvchini his-tuyg’usi, qiziqishi, mehnatga, do’stlariga bo’lgan munosabati, tashabbuskorlik, sabr-toqat kabi xislatlarini shakllantirish uchun uning psixologik va fiziologik rivojlanish darajasini bilishni taqoza etadi. Psixologiya fani asoslariga ko’ra, insonning psixik rivojlanishi nerv sistemasining tug’ma anatom-fiziologik xususiyatlarga asoslansada, inson tashqi muhit bilan o’zaro aloqada bo’lib uning psixik holati qiyomiga yetadi. Bu jarayon inson tug’ulgan kundan boshlanib vafot etgunicha davom etadi. Shu o’rinda haqli bir mulohazani keltirish lozim. Insonning tug’ma xususiyati, bilan, tashqi muhit o’rtasida dialektik munosabat mavjud. Masalan, istalgan shaxsga har qancha ta’lim va tarbiya bersak ham u Eynshteyin, Galiley, Navoiy, imom Buxoriy bo’lib yetisha olmaydi.
Inson psixologisining rivojlanishi tashqi muhit ta’siriga ham bog’liq ekan.
Buni isboti uchun tabiatdan misol olaylik. Agar har qanday saralangan bug’doy urug’i uchun yetarli harorat va namlik bo’lmasa u tuproqdan unib chiqmaydi. Xuddi shuningdek, inson bolasi har qanday tug’ma qobilyatga ega bo’lsa ham, agar unga yetarli shart-sharoit yaratilmasa u buyuk inson bo’lib yetisha olmaydi. Ushbu mulohazalarga asoslanib fizikani o’qitish jarayonini psixologik jihatlarini e’tiborga olmasdan ta’lim va tarbiyani to’laqonliligini, samaradorligini ta’minlay olmaymiz. Hozirda zamonaviy psixologiya fanining xulosalariga ko’ra, o’qitish jarayonida o’quvchilarga bilimlar sistemasini o’zini berish yetarli emas, balki o’quvchilarni mustaqil fikrlash, tahlil qilish, aqliy faoliyat usullari sistemasini ham shakllantirish zarur ekan. Shunday qilib, fizikani o’qitish jarayonini tashkil etish bilan birga fizikani o’qitishning o’zigi xos ruhiy xususiyatlarini ham hisobga olish lozim ekan. Bu psixologik jarayon avvalo fizika predmetini mazmuni bilan aniqlanadi. O’rganilayotgan fizik jarayonlarni mohiyatiga kirib borish uchun o’quvchilarda abstraksiyalash, ideal modellar tuzish, xayoliy operasiyalarni amalga oshirish talab etiladi. Bu xildagi psixologik holat o’qitish jarayonida amalga oshiriladi va o’quvchilar yoshi ulg’ayib borgan sari u ham rivojlanib takomillashib boradi. Shu sababli umumta’lim maktablarida fizika predmeti ikki bosqichda, 4 yil davomida o’qitiladi.
Fizika fanini o’qitishning o’ziga xos yana bir psixologik tomoni shundan iboratki, o’quvchilar fizik hodisalarni o’rganishda turli-tuman abs-rakt modellar, formulalar, sxemalar, grafiklar bilan ish ko’radi. O’quvchilardan abstrakt tushunchalarini real obyektlarga ko’chirish mahorati talab qilinadi. Bu kabi psixologik jarayonlar tufayli fizik tushunchalar va bilimlar sistemasi yuzaga keladi.
Fizika fanini o’qitishning yana bir muhim tomoni shundan iboratki fizik jarayonlarni, obyektlarni, o’rganayotganda iloji boricha insonda mujassamlashgan 5 ta sezgi a’zolarining hammasi ishtirok etsin, o’shanda talaba to’laqonli mustahkam bilim olishi mumkin.
Zamonaviy psixologiya fani yutuqlariga ko’ra o’quvchi biror axborotni eshitsa, uni 10% ni esida saqlar ekan, agar o’quvchi ham eshitsa ham ko’rsa u axborotni 50% ni xotirasida saqlar ekan, agar o’quvchi ham eshitsa, ham ko’rsa va o’zi ham shu axborotni yuzaga kelishida ishtirok etsa, u axborotni 90% ni xotirasida saqlab qolar ekan. Shuning uchun milliy ta’lim konsepsiyasida yoshlarning mustaqil bilim olishlariga keng e’tibor qaratilgan.
Ta’lim va tarbiyaning samarali bo’lishi yana bir psixologik jarayon, ya’ni o’qishning maqsadi (motiv) ni aniqlashga bog’liq. Psixologiyada motiv deganda, o’quvchilarni xati-harakatlarga undaydigan sabablar majmuasi tushuniladi. Motivlarni shakllanishida, talablar, mayllar, instinklar, emosiyalar, g’oyalar, qiziqishlar muhim omil hisoblanadi. Masalan, ma’lumot olishga undovchi sabablar: ota-onaning talabi, boshqalardan orqada qolmaslik, institutga kirish, Vatanga sadoqatli, foydali fuqoro bo’lishi va hokazolar. Eng yuqori motiv mustaqil Respublikamizning kelajagi uchun fidokor, zahmatkash, sodiq, bilimdon, komil inson darajasiga ko’tarilish his-tuyg’ulari hisoblanadi.
O’qituvchining vazifasi o’quvchilarda oliy darajali motivlarni shakllantirish, ya’ni Ona Vatanimizga foydali inson bo’lish uchun bilim olish lozimligini tarbiyalashdan iborat. O’qishdan maqsad aniq bo’lgandagina o’qitish jarayoni samarali bo’lishi mumkin. O’qishga qiziqish uyg’otish ta’lim-tarbiyaning muhim omili hisoblanadi. Har bir o’quvchi qalbida yashirin tarzda ma’lum bir fan sohasini egallash imkoniyatlari mavjud bo’ladi. O’qituvchining vazifasi o’quvchidagi ana shu yashirin imkoniyatni ochishdan iborat, ya’ni o’quvchi qalbidagi qo’ng’iroqni chala bilish zarur. Ana shundan keyingina o’quvchining mustaqil ijodiy ishlari uchun imkoniyat tug’iladi, u bilim olish yo’lida turli qiyinchiliklarni yengishga intiladi.
O’qishga bo’lgan qiziqish tufayli o’quvchida intellektual aktivlik oshadi, xotira takomillashadi, tasavvur etish, qabul qilish jarayonlari kuchayadi, fikrni bir nuqtaga to’plash, abstrakt fikrlash kabi xislatlar shakllana boshlaydi. Bilimga qiziqish tufayli, o’quvchida u yoki bu sohaga nisbatan qiziqish uyg’onadi va unda kelajakda kim bo’lish orzusi shakllana boshlaydi.
O’quvchilarga «Fizikani o’rganish qiziqarli bo’lishi uchun nima qilish kerak»? degan savol berilganga ular: “Fanni qiziqarli o’tish”, “O’qituvchining shaxsiy xislatlari” degan javobni berishgan. Darsni qiziqarli bo’lishi o’qituvchi qo’llaydigan uslubiyatga bog’liq. Bu muammo darsni didaktik tamoyilar asosida olib borish orqali yechiladi, ya’ni darsning ilmiylik darajasi bilan soddalik darajasi, fikr bayon etishda sistemalilik, ko’rgazmalilik tamoyillariga amal qilish, darsni muommoli tarzda tashkil etish bilan ko’zlangan maqsadga erishish mumkin.
FO’U fani zamonaviy psixologiya fani yutuqlaridan samarali foydalanadi. Oliy, umumta’lim, o’rta maxsus ta’lim, akademik liseylarda fizika fanini o’qitish samardorligi quyidagi psixologik qoidalarga bog’liq:
1. Bolani necha yoshdan boshlab maktabga berish lozim? Yoki nechanchi sinfdan boshlab fizikani o’qitish maqsadga muvofiq? Degan savollarga psixologiya fani quyidagicha javob beradi. Bolaning aqliy rivojlanishida 6-7 yoshdan boshlab bilim olishga imkoniyat vujudga kelar ekan. Shuning uchun fizika fanini 6-sinfdan boshlab o’rgatish maqsadga muvofiq ekan.
Har bir o’quvchi individ hisoblanadi, ya’ni uning o’ziga yarasha psixologik tomonlari mavjud bo’ladi. Ta’lim va tarbiyani samarali bo’lishi uchun o’quvchilarning ruhiy kechinmalarini ham hisobga olish lozim.
2. Psixologiya fanida kompensasiya degan tushuncha bor. Agar insonning biror a’zosi sust ishlasa, boshqa a’zosi kuchli rivojlanar ekan. Masalan ko’zi ojizlarning eshitish qobilyati yuqori bo’lar ekan. Yoki abstarakt mushohada kuchli bo’lgan bolada amaliy ishlarga layoqat kuchsiz bo’lar ekan. Ba’zi bolalarda ikkala xususiyat ham namayon bo’lar ekan.
3. O’quvchilar taqlidchan bo’lishadi, ya’ni o’zlarining xatti-harakatlarida kattalarga o’xshagisi keladi.
4. Psixologik baryer. O’quvchilarni o’z imkoniyatlariga ishonchini yuzaga keltirish lozim. Psixolog olimlari tomonidan shunday bir psixologik tajriba o’tkazilgan. Ikkita bir xil sichqondan bittasi suv solingan idishga tushurilganda u 3-4 minut suzib so’ngra suvga g’arq bo’lgan. Ikkinchi sichqon esa 15-20 minut suvda suzib cho’kib ketmagan. Xo’sh, buning siri nimada? Ikkinchi sichqon 3-4 minut o’tgach cho’kaman deganda uni ko’tarib cho’kishdan saqlab qolishgan va yana u suzib yurib 4-5 minutdan keyin cho’ka boshlaganda uni yana ko’tarib cho’kishdan saqlab qolishgan. Ana shu tarzda ikkinchi sichqonda psixologik jihatdan g’arq bo’lmaslik instinkti hosil qilingan ekan. Inson psixologiyasi juda ham murakkab sistema hisoblanadi, uning hamma qirralarini biz hali yaxshi bilib olganimiz yo’q. Ushbu misoldan ko’rinadiki o’quvchilarda o’z kuchi va imkoniyatlariga ishonchni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Fizikadan u yoki bu mavzuni o’zlashtirishda, amaliy mashg’ulotlarni o’tishda oddiydan murakkabga degan tamoyilga amal qilish lozim. O’quvchilarga avvalo soddaroq masalalarni yechishni o’rgatish va sekin astalik bilan mavzuni murakkablashtirib borish zarur.
Ta’lim jarayoni nazariy bilimlardan tashqari, amaliy ko’nikma va malakani ham o’z ichiga oladi. Ko’nikma va malaka tushunchalari o’zi nima? Ularning farqi nimada? Quyidagi savollarga javob berishga harakat qilamiz. Ko’nikma deganda o’quvchining u yoki bu amaliy mashqni bajara olish faoliyati tushuniladi. Masalan, o’quvchida darslikdan mustaqil bilim olish ko’nikmasi, masala yechish ko’nikmasi, elektr sxemasi asosida elektr zanjirini tuzish, funksiya grafigini chizish, hisob amallarini bajarish va hokazolar hisoblanadi. Ko’nikma mustahkam bo’lishi uchun eng avvalo soddaroq masalalarni yechishdan boshlab to murakkab masalani ham yechish darajasigacha erishish lozim. Ko’nikmalar umumiylashib malakaga aylanadi. Masalan: fizikadan Nyutonning II qonunini to’liq tushinib, uni to’g’ri chiziqli notekis harakatda yoki noinersial sanoq sistemasida kechadigan harakatlarda ham qo’llay olsa, demak o’quvchidagi ko’nikma malakaga aylangan, deyish mumkin. Milliy ta’lim islohatlari hujjatlarida malakali kadr, malakali mutaxassis degan tushuncha ishlatilmoqda. Malakali kadr, qanday mezonlarga javob bera oladi degan savolga quyidagicha javob berish mumkin. Malakali mutaxassis istalgan nostandart sharoitda muammoni tez va to’g’ri hal qila olishi ko’zda tutiladi. Malakali kadr tushunchasi politexnik ta’lim tushunchasi bilan uyg’unlashib ketadi. Demak, ko’nikmani malakaga aylantirish mexanizmi fizikani o’qitish jarayonida amalga oshiriladi.
Umumta’lim maktabini bitirib chiqayotgan yoshlarimizning aksariyati fizika fanidan ko’nikmaga ega bo’lib, bu ko’nikmalar umumlashmagan, sistemaga kelmagan va malakaga aylanmaganligi kuzatilmoqda. Shuning uchun oliy o’quv yurtlariga kelayotgan abituriyentlarning fizikadan reytingi boshqa fanlarga nisbatan juda past. Buning asosiy sababi umumta’lim maktablarini bitirayotgan yoshlarda fizikadan savol va masalalarni yechish malakasini yetishmaganligidadir. Ko’nikmani malakaga aylantirishning psixologik asoslari ko’p qirrali jarayon bo’lib, fizika o’qituvchisidan chuqur bilim, ijodkorlikni, sabr-toqat va jonbozlikni talab etadi.
Umumta’lim maktablarida o’qitiladigan har qanday fan o’quvchilarga ta’lim berish bilan birgalikda ularni tarbiyalash vazifasini ham bajaradi. Vatanimiz istiqlolga erishganidan so’ng o’quvchilarni mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiyalash eng dolzarb vazifa hisoblanadi. Buni amalga oshirish maorif xodimlari zimmasiga tushadi. FO’U boy milliy qadryatlarimizdan qaysilarini fizikani o’qitish jarayoniga kiritish lozim va ularni qanday ketma-ketlikda o’tish kerakligini hal etish vazifasini bajaradi. Sho’rolar davrida fizika darsliklarida birorta ham Vatanimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalarimiz (Ibn Sino, Beruniy, Al Farg’oniy, Al Xorazmiy, Mirzo Ulug’beklar) nomi qayd etilmagan edi. Bunday tarixiy adolatsizlikka barham berish, ya’ni Sharqning buyuk allomalari ilmiy kashfiyotlarini umumta’lim maktablarining fizika fani darsliklariga kiritish orqali biz farzandlarimizni Ona Vatanimizga nisbatan mehr-muhabbat, sadoqat, vatanparvarlik xislatlarini shakllantirishga erisha olamiz. Bu masalani hal etishga sistemali tarzda yondashmoq, ya’ni ta’lim jarayonini tashkil etuvchi elementlarni va ular o’rtasidagi o’zaro aloqani tahlil qilish lozim. Tarbiya jarayoni murakkab sistema bo’lib uning elementlari o’quvchi, o’qituvchi, o’quv fanlari, pedagogika, psixologiya, madaniy muhit, maktab, oila, mahalla va hokazolar hisoblanadi. Bu elementlar ham o’z navbatida murakkab sistemalar hisoblanadi. Ular o’rtasidagi axborot almashinuvi (o’zaro munosabat) turli-tuman bo’lishi mumkin. Lekin biz ulardan eng asosiylarini ajratib olib tahlil qilamiz va tarbiya jarayonini ilmiy tarzda boshqara olamiz.
Tarbiya ishtirokchilari ham o’z navbatida murakkab sistema hisoblanadi. Masalan: ta’lim jarayoni ishtirokchisi bo’lgan o’quvchi shaxsini olib qaraylik. O’quvchilarning psixologik xususiyati har bir individda turlicha bo’ladi. Shu sababli ta’lim va tarbiyaning samarali bo’lishi ko’p jihatdan o’qituvchining shaxsiy xislatlariga (bilimi, ijodkorligi, sabr- matonati, vazminligi, axloqi, ma’naviyati va hokazo) bog’liq, har bir o’quvchi o’zi bir olam, shuning uchun iloji boricha unga individual yondashuv zarur. Xalqimizda ham: “Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi” degan maqol bor, buning zamirida chuqur ma’no yotadi. Mashhur chex pedagogi Ya.A. Komenskiy ham o’zining “Buyuk didaktika” asarida [10] ta’lim va tarbiyani tabiat hodisalariga qiyoslash orqali shu g’oyani juda sodda va ishonarli tarzda tushuntirib bergan edi: “Hammaga hamma narsani o’rgatish mumkin, agar ta’lim to’g’ri tashkil etilsa”. Ushbu fikr hozirgi payttgacha o’z qimmatini yo’qotgan emas.
Vatanimiz mustaqillikka erishgach, yoshlarning ta’lim-tarbiyasini g’oyaviy asoslarini yaratishga ehtiyoj tug’ildi. Bu muammo ustoz va murabiylar zimasiga tushgan eng dolzarb vazifa hisoblanadi. Shuning uchun fizika fanini oliy va umumta’lim muassasalarida o’qitishda milliy qadriyatimiz bo’lmish islom dini va falsafasi tasavvuf ta’limoti hamda buyuk mutafakkirlarimizning ilmiy meroslaridan samarali foydalanish zarurdir. Buyuk allomalarimiz Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Farobiy, Beruniy, Ibn-Sino, Umar Xayyom, Ulug’beklarning tabiiy fanlar sohasida, Bohoviddin Naqshbandiyning psixologiya sohasida, Ismoil Buxoriy, Alisher Navoiy va Yassaviylarning ta’lim-tarbiya va pedogogika sohasidagi ilmiy va badiiy asarlaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bu olimu allomalarimiz Islom ilmi bilan dunyoviy ilmlarni birgalikda olib borishgan. Ular avvalo Qur’on ilmini egallab, so’ngra tabiiy fanlarni o’rganishga kirishganligi tarixdan bizga ma’lum. Dinimizning muqaddas kitobi sanalmish Qur’oni Karimda “Ilm” so’zi 600 dan ortiq marta tilga olinadi va unda barcha dunyoviy ilmlar mujassamlashgan. Shu jumladan, fizika faniga doir vaqt va fazoning nisbiyligi, butun olam tortishish qonuni, olamning tuzilishi (kosmologiya), tabiiy va ijtimoiy jarayonlar mohiyati o’z yechimini topgan. Islom dini ilmni toat-ibodatdan yuqori qo’yadi va yoshlarni ilm olishlarini farz deb hisoblaydi. Keyingi o’n yil ichida nazariy fizika sohasida ulkan muvofaqqiyatlarga erishdik nazariyotchi fizik olimlar tomonidan “yagona maydon” (“torsion” maydon) nazariyasi yaratildi. Ushbu nazariyaga asosan inson bilan uni yaratgan tangri-toolo (xudo) o’tasida “torsion” moydon orqali muntazam aloqa mavjud ekan. Biz qilgan toat-ibodatimiz yoki gunohlarimiz yorug’lik tezligidan to’qqiz marta katta tezlikda yaratgan tangri dorgohiga yetar ekan. Milliy qadriyatlarimizning buyuk vakillari islom falsafasi (so’fizm) ning asoslarini yaratib bizga meros qoldirishgan va biz undan bahramand bo’lishimiz lozim.
Mustaqillik tufayli milliy qadriyatlarimizni o’rganish, undan amaliy foydalanish baxtiga muyassar bo’ldik. Yoshlarning ta’lim va tarbiyasiga yangicha yondashuv zaruriyati tug’ildi. Barkamol avlodning ta’lim-tarbiyasini zamona talabiga javob bera oladigan darajada amalga oshirish uchun islom dini falsafasi bilan fizika fanining keyingi yutuqlarini birgalikda (mushtaraklikda) o’rganish hayotiy zaruratga aylandi. Bu muammoni yechimini topish va uni ta’lim jarayoniga kiritish orqali yoshlar tarbiyasini mukamalligiga erishish mumkin. Xulosa qilib aytsak islom dini va uning asoslarini ta’lim-tarbiya jarayoni sistemasining bir bo’lagi (elementi) deb qarash lozim.
Xulosa
Fizika darslarini tashkillash va uni samarali o`tkazish murakkab jarayondir. Dars mavzularini o`quvchilarga to`la holatda yetkazib berish uchun mavzuni hayotiy hamda boshqa qo`shni fanlarga bog`lagan holda o`tish maqsadga muvofiqdir. O`quvchilar darsni o`zlashtirishi uchun o`qituvchi mavzuni turli fanlarga oid tushuncha va atamalarga bog`lab o`tmog`i lozim. Matematika fanidagi matematik tenglamalar , kattaliklar, masalalar yechishda taqribiy qiymatlar olish , kimyo fanidagi kimyoviy jarayonlarning borishi , elementlar , elektroliz hamda biologiya faniga oid jonli tabiatning rivojlanishidagi jarayonlar va boshqa hodisalar fizika darslarini tashkillashda muhim ahamiyat kasb etadi. O`quv predmetlarini o`zaro bog`liq holda o`rganish o`quvchilar bilimini mustahkamlashning muhim usullaridan biri sifatida o`quv tarbiya jarayonining ham o`zaro aloqada va birlikda bo`lishini taqozo etadi. O`quvchilar fanlarni o`zaro aloqada o`rganishda mavzudan olingan ma`lumotni olgan bilimlariga nisbatan chuqurroq va kengroq bilimga ega bo`ladilar . O`quvchilar ilmiy dunyoqarashining asosiy g`oyalari olamning moddiy birligi, materiya harakati shakillarining o`zaro bog`lanishi, jonli va jonsiz tabiatning birligi, materiya mavjudligining shakllari fazo va vaqt , “tabiat – jamiyat – inson” munosibati kabi tushunchalarni o`zlashtirishlari uchun predmetlararo bog`lanishdan foydalanish zarur. Bunda o`quvchilar darsni mukammal tarzda tushunadilar va ertangi hayotda foydalana oladilar.

Download 270.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling