Mavzu: Flаvоnоidlаr Reja


Download 367.06 Kb.
bet1/2
Sana04.04.2023
Hajmi367.06 Kb.
#1324693
  1   2
Bog'liq
Flаvоnоidlаr-7


Mavzu: Flаvоnоidlаr
Reja
  • Flаvоnоidlаr klаssifikаtsiyasi.
  • Flаvаnоidlаrning tаbiаtdа uchrаshi.
  • Flаvаnоidlаrni tахlil qilish usullаri.
  • Flаvаnоidlаrning biоlоgik rоli.

Flavonoidlar deb, benzo - y - piron - (xromon) yoki benzopiran (xroman) hosilasidan tashkil topgan tabiiy birikmalarning katta guruhiga aytiladi.
Benzo-γ-piron (xromon)
Flavonoidlarni benzo -  - piron - (xromon) yoki benzopiran (xroman) ning 2-uglerodidagi bitta vodorod atomi fenil guruhga almashgan hosilalari deb qarash mumkin.
Flavon (2-fenilxromon)
Benzopiran (xroman)
Flavan (2-fenilxroman)
Prоyektsiоn fоrmulalar
Flavonoidlarning klassifikatsiyasi
Izoflavonlar
Flavonollar
Antotsianidinlar_Leykoantotsianidinlar_Katexinlar_Flavonlar_Flavanonlar_Flavanonollar_Xalkonlar'>Antotsianidinlar
Leykoantotsianidinlar
Katexinlar
Flavonlar
Flavanonlar
Flavanonollar
Xalkonlar
Auronlar
Flavonlar
Flavonollar
Flavanonlar
Flavanonollar
Izoflavonlar
Antotsianidinlar
Lеykoantotsianidinlar (3,4-flavandiollar)
Katеxinlar
Xalkonlar
Auronlar
Flavonoidlarning fizik va kimyoviy xossalari
O‘simliklardan ajratib olingan sof holdagi flavonoidlar (glikozidlar va aglikonlar) rangsiz yoki zarg‘aldoq va sariq rangli kristall moddadir. Flavonoidlarning glikozidlari spirtda yaxshi, sovuq suvda yomon eriydi, efir, xloroform va boshqa organik erituvchilarda erimaydi, aglikonlari esa spirt, efir va atsеtonda yaxshi erib, suv sovigandan so‘ng qaytadan cho‘kadi.
Antotsianlar va ularning aglikonlari – antotsianidinlar rangi eritma (yoki hujayra shirasining) pH sharoitiga bog‘liq. Odatda bu guruh birikmalar kislotali sharoitda qizil, pushti, zarg‘aldoq, ishqoriy sharoitda esa binafsha, ko‘k va zangori rangda bo‘ladi.
UB va ko‘k-binafsha nurlar ta’sirida flavonoidlar turli rang bilan tovlanadi. Bu tovlanish ularning molеkulasidagi B halqasining oksidlanish darajasiga va molеkulaga joylashgan funksional guruhlarning soni va o‘rnashgan joyiga bog‘liqdir. Flavonoidlar UB nur ta’sirida jigarrang va to‘q jigarrang (masalan, rutin va boshqa flavonoidlar), to‘q qizil (taksifolin), sariq (kvеrtsеtin, auronlar va ko‘pchilik flavonoidlar), yashil-sariq (aurеuzidin va boshqa auroinlar), to‘q yashil va zarg‘aldoq (ksantonlar) va boshqa ranglar bilan tovlanadi.
Ko‘pchilik flavonoidlar optik aktiv bo‘lib, qutblangan nur tеkisligini o‘ngga yoki chapga og‘diradi.
Flavonoidlarning glikozidlari suyultirilgan kislotalar ta’sirida gidrolizlanadi. O-glikozidlari C-glikozidlariga qaraganda ancha oson gidrolizlanadi. C-glikozidlarni ancha qattiq sharoitda ham gidrolizlash qiyin.

Download 367.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling