Mavzu: Flаvоnоidlаr Reja
Flavonoidlarni tahlil qilish reaksiyalari
Download 367.06 Kb.
|
1 2
Bog'liqFlаvоnоidlаr-7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dimrot reaktivi
- Flavonoidlarning o‘simliklar hayotidagi ahamiyati va tibbiyotda qo‘llanilishi
Flavonoidlarni tahlil qilish reaksiyalari
Ammiak va ishqor eritmalari bilan o‘zaro ta’sirlashganda flavonlar, flavononlar, flavonollar, flavononollar sariq rang hosil qiladi. Qizdirilganda bu rang apelsin yoki qizil rangga o‘tadi. Xalkonlar va auronlarda esa qizil rangga bo‘yaladi. Toza katexinlar rang bermaydi, lekin tarkibida oksidlanish mahsulotlari bo‘lsa sariq rangga bo‘yalib ketadi. Bu reaksiya bilan flavonon va xalkonlar tahlil qilinadi, chunki ishqorlar ta’sirida flavononlar xalkonlarga aylanadi. Dimrot reaktivi (bor kislotasining sirka angidriddagi to‘yingan eritmasi) o‘simlik ekstraktiga 100-110 C da ta’sir ettirilsa, eritmaning sariq, to‘q sariq ranglarga bo‘yalishi 5-oksiflavonollar va ularning metil efirlari borligini bildiradi. Bor kislotasini 3-5% li suvdagi eritmasi xona haroratida o‘simlik ekstraktiga ta’sir ettirilsa, hamma flavonoidlar va dioksi guruhi bo‘lgan boshqa polifenollar oqish yoki sarg‘ish cho‘kma hosil qiladi. Bor kislotasini asetondagi eritmasi xona haroratida o‘simlik ekstraktiga ta’sir ettirilsa, eritma sariq rangga bo‘yalishi 5-oksiflavonlar borligini ifodalaydi. Bu vaqtda flavonoidlar bor kislotasi bilan kompleks birikmalarni hosil qiladi: Flavonoidlarning o‘simliklar hayotidagi ahamiyati va tibbiyotda qo‘llanilishi Flavonoidlarning o‘simliklar hayotidagi ahamiyati quyidagilardan iborat: 1. Flavonoidlar o‘simlik guli va mevalari rangining shakllanishida ishtirok etadi. Bu esa hashoratlarni o‘ziga jalb qiladi va gulning ular yordamida changlanishiga imkon tug‘diradi. 2. O‘simliklarning o‘sish jarayonini tartibga solib turadi. 3. O‘simliklarning kasallikka chidamli bo‘lishida ma’lum rol o‘ynaydi. Masalan, no‘xatak (Pisum sativum L) o‘smiligining bargi zamburug‘lar bilan zararlansa, bargida fizetin flavonoidi sintezlanadi va zamburug‘ning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Sog‘lom no‘xatak bargi tarkibida fizetin bo‘lmaydi. 4. O‘simliklar to‘qimasida bo‘ladigan oksidlanish va qaytarilish jarayonida aktiv ishtirok etadi degan fikrlar ham bor. Agar flavonoidlarning hamma guruhlarini ko‘z oldimizga keltirib, ularning biridan ikkinchisiga o‘tish jarayonini faraz qilsak, yuqorida aytilgan fikrni to‘g‘ri deyish mumkin. Chunki flavonoidlar biridan ikkinchisiga o‘tish jarayonida oksidlanadi yoki qaytariladi. Flavonoidlar tabiatda kеng tarqalgan bo‘lib, yuqori o‘simliklarning qariyb hammasida uchraydi. Tabiatda flavonol hosilalari ko‘proq (flavonoidlarning 40% ini tashkil etadi), flavonlar, xalkonlar va auronlar kamroq uchraydi. Bu guruh birikmalar o‘simliklarning hamma organlarining hujayra shirasida erigan holda bo‘lib, ayrim hollarda (masalan, yеr osti organlari va poyada) oz miqdorda, o‘simliklarning gullari va bargida ko‘p (yapon saforasining gulida 44% gacha) to‘planadi. Flavonoidlar asosan o‘simliklar gullagan davrda maksimal miqdorda to‘planadi, kеyinchalik esa miqdori kamayib boradi. Janubiy tumanlarda hamda ochiq, quyosh nuri ko‘p tushadigan yеrda o‘sadigan o‘simliklar odatda boshqa yеrda o‘sadigan turiga nisbatan flavonoidlarni ko‘proq sintеz qiladi. Hayvonlar flavonoidlarni sintеz qilmaydi. Farmakologik ta’siri bo‘yicha flavonoidlar (kversetin, rutin, gesperidin va boshqalar) asosan vitamin P ta’siriga ega bo‘lib, qon tomirlarining o‘tkazuvchanli-gi va mo‘rtligini kamaytiradi. Ba’zi o‘simliklarning flavonoidlari yig‘indisi o‘t va siydik haydovchi xossaga ham egadir. Sof holdagi flavonoidlar va ular yig‘indisining prеparatlari hamda tarkibida flavonoidlar bo‘lgan o‘simlik mahsulotlaridan tayyorlangan dorivor prеparatlar vitamin P yеtishmasligidan hamda qon tomirlarining o‘tkazuvchanligi buzilishidan kеlib chiqadigan va boshqa kasalliklarni davolash uchun hamda qon bosimini pasaytiruvchi, tinchlantiruvchi, yurak (kardiotonik) va ba’zi saraton kasalliklarini davolovchi, o‘t va siydik haydovchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Download 367.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling