Mavzu: Floristik faunistik va biotik regionlarni ajratish prinsplari va ularning tarkibi


Download 18.59 Kb.
bet4/6
Sana03.12.2023
Hajmi18.59 Kb.
#1806257
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu1

O’rta yer dengizi podoblastini sharqiy qismini iqlimi g’arbiy qismini iqlimiga nisbatan qurg’oqchildir. Shuning uchun qurg’oqchil qismini dasht florasi elementlari: astragal, shuvoq, chalov va dasht piyozi kabi o’tloq o’simliklar o’sadi. Florasini tarkibiga ko’ra Sahroi Kabir, Eron, O’rta Osiyo, Mo’g’iliston va Markaziy Osiyo florasi bilan umumiylikka ega.

  • O’rta yer dengizi podoblastini sharqiy qismini iqlimi g’arbiy qismini iqlimiga nisbatan qurg’oqchildir. Shuning uchun qurg’oqchil qismini dasht florasi elementlari: astragal, shuvoq, chalov va dasht piyozi kabi o’tloq o’simliklar o’sadi. Florasini tarkibiga ko’ra Sahroi Kabir, Eron, O’rta Osiyo, Mo’g’iliston va Markaziy Osiyo florasi bilan umumiylikka ega.
  • O’rta yer dengizi podoblasti ko’p o’simliklarni ya’ni bug’doy, suli, no’xat, zig’ir, kanop, karam, sabzi, turp, shaftoli, zaytun, tut, bodom, yong’oq, lavr, kashtan, mirta, tiss va boshqa o’simliklarni vatani hisoblanadi (Misr, Old Osiyo, Zakavkazye). Bu yerda ko’p uchraydigan sitrus o’simliklar (limon, aplesin, mandarin), kriptomeriya tokva atirgul Amerika va Xitoy- Yaponiyadan keltirilgan.

Makoroneziya podoblasti.

  • Bu podoblastga Zelenыy mыs orollari, Kanar va Azor orollari kiradi. Uning florasi asosan paleotropik, O’rta yer dengizi va bareal- Yevropa elementlaridan tashkil topgan bo’lib, endem turlarga ham boydir. Uchlamchi davrda bu yerga O’rta yer dengizi atrofidan lavrlar, palmalar, padublar va zemlyanika daraxti, Afrikadan sutlama (molochay) va molodilo kabi o’simliklar tarqala boshlagan.
  • Endemik o’simliklardan drakon daraxti, kanar qarag’ayi va daraxtsimon veresklar o’sadi. Tog’ yonbag’irlarida 700-1600 m balandlikda lavr o’rmonlarida o’sadi. Ular muzlik davrigacha bo’lgan miosen davridagi qiyofasini saqlab qolgan. Makoroneziyada madaniy o’simliklardan shakarqamish, banan, ananas, kofe daraxti, choy, tok, tamaki va makkajuhori keng tarqalgan.

Hindo-Afrika podoblasti.

  • Bu podoblast Afrikada Sahroi Kabirni janubi chegarasidan to Aranjevaya daryosigacha bo’lgan territoriyani, Arabiston yarim orolini janubiy qismini va Hindiston yarim orolini o’z ichiga oladi. Uning shimoliy chegarasi Himolay tog’lari orqali o’tadi.
  • Bo’r va uchlamchi davrlardan boshlab Kongoda va Gveniyada turlarga boy tropik flora vujudga keladi. Ular 13000 turdan ortiq bo’lib, asosan tutdoshlar, dukakdoshlar, palmadoshlar, anonadoshlar, sterkulyardoshlar va pandanusdoshlar oilasidan iboratdir.
  • Uchlamchi davrda Sharqiy Afrika va Arabiston territoriyasida iqlim qurg’oqlana borib, doim yashil gileya o’rmonlarini bargini to’kuvchi o’rmonlar bilan almashinishiga olib kelgan. Keyinchalik esa o’rmonlar siyraklasha borib savanna o’rmonlari bilan va savannalar bilan almashingan. Hindiston territoriyasida ham xuddi shu vaqtda shunday o’zgarishlar sodir bo’lib, uchlamchi davr nam tropik flora bareal flora bilan almashinib boradi. Bu hodisa tog’larda ninabargli tog’ o’rmonlari va alp o’tloqlarining tarkib topishga olib kelgan.
  • Hindo-Afrika podoblasti uchun xarakterli bo’lgan hozirgi o’simliklar rafi palmasi, moyli palma, liviya, kofe daraxti, banan, bambuk, chalov, papirus, qamish, baobab, akasiya, sutlama, kaktus va boshqa o’simliklardan iborat.

Download 18.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling