Mavzu: Flotatsion reagentlar va ularning tasnifi


Download 312 Kb.
bet3/9
Sana14.05.2023
Hajmi312 Kb.
#1458080
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ruda

2. To'plovchilar mineral zarracha yuzasida adsorbsiyalanib, uni suv bilan ho'llanish xususiyatini kamaytiruvchi va havo pufakchalariga yopishishini osonlashtiruvchi organik birikmalar hisoblanadi.
Molekulasining tuzilishiga qarab to'plovchilar geteropolar va apolar to'plovchilarga bo'linadi. Ko'pgina to'plovchilar sirt-aktiv geteropolar birikmalaridan iborat.
Apolar to'plovchilar uglevodorodlardan tashkil topgan bo'lib, ular suvda deyarli erimaydi, ionlarga dissotsilanmaydi va mineral zarracha yuzasi bilan kimyoviy ta'sirlashmaydi. Apolar to'plovchilarning ta'sir qilish mexanizmi ularni mineral zarracha yuzasida Van-der-Vaals kuchlari hisobiga molekulalar shaklida o'rnashishidan iborat (molekular adsorbsiya). Molekular adsorbsiya fizik adsorbsiya hisoblanib, adsorbsiyalanuvchi modda (reagent) bilan mineral orasida molekular (elektrostatik) bog'lanish kuchlari ta'sir etadi.
Fizik adsorbsiyada reagent mineralning kristall panjarasiga kirmasdan, ularning yuzasida tekis taqsimlanadi. Shunday qilib, apolar to'plovchilar tanlash xususiyatiga ega emas. Ularning tanlashi shundan iboratki, ular faqat tabiiy gidrofob minerallar yuzasida yoki avvaldan gidrofoblangan minerallar yuzasida o'rnashib, suv bilan ho'llanmaslik xususiyatini oshiradi. Shuning uchun apolar to'plovchilar ko'mir, talk, grafit kabi tabiiy gidrofob foydali qazilmalar flotatsiyasida qo'llaniladi.
Apolar to'plovchilar sifatida ko'pincha kerosin, transformator va mashina yog'lari, smolalar, ko'mir, slanets, torfni haydash mahsulotlari ishlatiladi.
Flotatsiyada ishlatiladigan ko'pchilik to'plovchilar polar va apolar gruppalardan tashkil topgan geteropolar molekula tuzilishiga ega. Bunday tuzilishga ega to'plovchilarning tipik vakili —
natriy oleati C17H33COONa dir. Uning apolar gruppasi uglevodorod radikali R (C17H33) dan iborat bo'lib, u gidrofob, polar qismi esa atomlarning COONa gruppasidir.
Geteropolar to'plovchilarning mineral yuzasi bilan ta'sirlashuv mexanizmi yuqorida ko'rib o'tilgan apolar to'plovchilarnikidan tubdan farq qiladi. Geteropolar to'plovchilarning mineral yuzasida adsorbsiyalanishida polar gruppa mineral yuzasiga tomon yo'nalib, u mustahkam kimyoviy birikma hosil qilib, o'zaro ta'sirlashadi. Apolar gruppasi esa suv fazasi tomonga yo'nalib, gidrofob bo'lgani sababli mineral yuzasini gidrofoblab, uni havo pufakchasiga yopishishini ta'minlaydi.
Shunday qilib, bu holda to'plovchining mineral yuzasida mahkamlanishi kimyoviy adsorbsiya tufayli sodir bo'ladi. Kimyoviy adsorbsiyaning mohiyati shundan iboratki, to'plovchi-reagent suvda ionlarga dissotsiyalanadi va mineral yuzasida reagentning anioni yoki kationi mahkamlanadi, ya'ni mineral bilan reagent orasida mustahkam kimyoviy bog' hosil bo'lib, uning hisobiga yangi kimyoviy birikma hosil bo'ladi. Bu birikma mineral atomlari bilan mustahkam bog'ga ega va uni minerallarning kristall panjarasi bilan bir butun deb hisoblash mumkin.
Suvli muhitda dissotsilanish qobiliyatiga qarab geterogen to'plovchilar ikki guruhga bo'linadi: suvda anion va kationga dissotsilanuvchi ionogen hamda suvda erimaydigan noionogen.
Mineral yuzasida adsorbsiyalanuvchi molekula faol qismi zaryadining ishorasiga qarab, geteropolar to'plovchilar anionli va kationli to 'plovchilarga bo'linadi. Agar gidrofoblovchi ion anion bo'lsa, bu to'plovchi anionli to'plovchi, agar kation bo'lsa, kationli to 'plovchi deyiladi.

Download 312 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling