Mavzu: Flotatsion reagentlar va ularning tasnifi
Download 312 Kb.
|
ruda
3. Ko'pik hosil qiluvchilar suv-havo fazasi ajralish chegarasida adsorbsiyalanish qobiliyatiga ega geteropolar organik moddalardir. Ular havo pufakchasiga barqarorlik, mexanik mustahkamlik, disperslik beradi va bo'tanadagi pufakchalarning ko'tarilish tezligini kamaytiradi. Ko'pik hosil qiluvchining molekulasi suv-havo chegarasida polar qismi bilan suvga, apolar qismi bilan esa havo fazasiga yo'nalgan bo'ladi. Bunday adsorbsiyalanish havo pufaklarining yopishib qolishiga qarshilik qiladi va ularni dispers holatda ushlab turishga imkon beradi.
Ko'pik hosil qiluvchi faqat mineral zarrachasini bo'tana yuzasiga ko'tarib beruvchi ko'p sonli mayda va mustahkam havo pufakchalarini hosil qilibgina qolmay, balki flotatsiya mashinasidan chiqqan vaqtda oson o'chib, flotatsiyalangan mineraldan ozod bo'lishi kerak. Ko'pincha ko'pik tarnovchalarda suv bosimi ostida o'chiriladi. Flotatsiya jarayonida ko'pik hosil qiluvchilar quyidagi funksiyalarni (vazifalarni) bajaradi: l. Havo pufakchalarining kaolessensiyalanishiga, ya'ni ular o'lchami kattalashuviga qarshilik qiladi. Havo pufakchalarining yuzasi ko'pik hosil qiluvchining adsorbsiyalangan molekulalari bilan qoplangan pufaklar atrofida uning kaolessensiyalanishiga to'siq bo'luvchi hamda qobig'ini mustahkamlaydigan gidrat qatlam hosil bo'ladi. Ko'pik hosil qiluvchi havo pufakchalarining umu miy yuzasini saqlab turadi va flotatsion mashinada suv-havo ajralish chegarasi ko'pik hosil qiluvchi qo'shilmagandagiga nisbatan kattaroq bo'ladi. Bo'tanada havo pufakchalarining harakatlanish tezligini susaytiradi. Ko'pik hosil qiluvchining adsorbsiyalangan molekulalari va gidrat qobiq ishtirokida havo pufakchalari qattiqroq qobiqqa ega bo'ladi, qiyin deformatsiyalanadi va oquvchi shaklga ega bo'lmaydi. Ko'pik hosil qiluvchi ishtirokida havo pufakchalari ko'tarilish tezligining pasayishi ularning bo'tanada bo'lish vaqtini uzaytiradi va havo pufakchalarining minerallashish ehtimolligini oshiradi. Bo'tana yuzasiga qalqib chiqqan havo pufakchalarining o'chib qolishiga to'sqinlik qiladi. Qalqib chiquvchi pufakcha va bo'tananing yuzasi orasidan suv kapillar kuch va og'irlik kuchlari ta'sirida chiqib ketadi. Qobiq yupqalashgani sari suyuqlikning bug'lanishi ko'proq rol o'ynaydi. Qobiq tez yupqalashadi va pufakcha yoriladi. Ko'pik hosil qiluvchining havo pufakchasi yuzasida adsorbsiyalangan molekulalari hamda molekulaning polar gruppalari atrofidagi gidrat qatlam suv molekulasini ushlab qolib, qobiq yupqalashishini qiyinlashtiradi. Havo pufakchasi yuzasidagi ko'pik hosil qiluvchi molekulasining qobig'i ular yuzasining buzilishi (o'chib qolish) xavfi bo'lgan joylarda mahkamlanishga qodir qiladi. Ko'pik hosil qiluvchi ishtirokida bo'tana yuzasida yetarli darajada mustahkam ko'pik hosil bo'ladi. Uch fazali flotatsiya ko'pigi minerallashgan pufakchalardan hosil bo'lib, uch faza — havo, suv va qattiq zarrachalardan iborat. Havo pufakchalariga yopishgan qattiq zarrachalar ko'pikning mustahkamligini oshirib, havo pufakchalarining bir-biriga yaqinlashishiga to'sqinlik qiladi. Flotatsiyalangan zarrachalar qanchalik mayda va gidrofob bo'lsa, uch fazali ko'pikning mustahkamligi shuncha yuqori bo'ladi. Ko'pik hosil qilish xossasiga tarkibida turli polar gruppalarni saqlovchi ko'p sonli moddalar ega. Yaxshi ta'sir etuvchi ko'pik hosil qiluvchilar o'z tarkibida quyidagi polar gruppalarning birini saqlaydi: —OH(gidroksil), —COOH(karboksil), (karbonil), NH2-amin va S020H-(sulfogruppa). Polar gruppaning tarkibiga qarab ko'pik hosil qiluvchilar nordon (spirtli va krezilli ditiofosfatlar, fenollar, alkilarilsulfonatlar), neytral (terpineol, qayrag'och yog'i, 011Cb-propilen oksidi butil spirti, OflCM-propilen oksidi metil spirti) va asosli (og'ir piridin)larga bo'linadi. Flotatsiyada quyidagi ko'pik hosil qiluvchi reagentlar ishlatiladi: qayrag'och yog'i, og'ir piridin, OFICb, OFICM va h.k. Qayrag'och yog'i skipidar hidli, och sariqdan to'q sariqqacha rangli tiniq suyuqlik. Uni qayrag'och daraxtlari to'nkalarini yanchib, o'tkir bug' bilan qayta ishlab olinadi va olingan skipidar fraksiyalab haydaladi. Qayrag'och yog'i flotatsiyada mayda dispersli barqaror ko'pik olinishini ta'minlaydi. Yog'ning sarfi 25—100 g/t atrofida. Og'ir piridin koks kimyo sanoatining texnik mahsuloti hisoblanadi va rangli metallar rudalarini boyitishda qayrag'och yog'idagidek 25—100 g/t miqdorda sarflanadi. OFICb (propilen oksidi butil spirti) — juda kuchli ko'pik hosil qiluvchi hisoblanadi. Uning sarfi 10—30 g/t. Dag'al tuyulgan rudaning flotatsiyasida yaxshi ta'sir qiladi. Misli, qo'rg'oshinli va ruxli rudalarning flotatsiyasida yuqori ko'rsatkichlarga erishiladi. OITCM (propilen oksidi metil spirti) — och jigarrangdagi suyuqlik bo'lib, kuchsiz efir hidiga ega. Polimetall rudalarning flotatsiyasida (krezol o'rniga) ishlatiladi. Download 312 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling