Mavzu: Flotatsion reagentlar va ularning tasnifi


Download 312 Kb.
bet5/9
Sana14.05.2023
Hajmi312 Kb.
#1458080
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ruda

Ksantogenatlar — ksantogen kislotaning tuzlaridan iborat bo'lib, umumiy
R—O—C—S2Me formulaga ega.
Ksantogenatning nomi ksantogenat olingan spirt bilan metallning nomidan hosil qilinadi. Masalan, S4H9 • O • CS2K ksantogenati kaliyning butil ksantogenati deyiladi.
Butil ksantogenatidan tashqari kaliyning etil ksantogenati S2H OCS2K, propil ksantogenati S3H70CS2K ham keng ishlatiladi. Ulardan tashqari natriy ksantogenatlari ham qo'llaniladi.
Ksantogenatlar kristall tuzilishga ega bo'lib, zichligi 1300— 1700 kg/m3 ga teng oq yoki sarg'ish-oq rangga ega qattiq moddalar hisoblanadi.
Ksantogenatlar, odatda, kuchsiz ishqoriy muhitda 2—5% li suvli eritma ko'rinishida ishlatiladi.
Ditiofosfatlar. Ba'zi rangli metallar sulfidli rudalarining flotatsiyasida ksantogenatlar bilan bir qatorda diaril va dialkilditiofosfor kislota va ularning tuzlari ham ishlatilib, ular jahon amaliyotida aeroflotlar nomi bilan yuritiladi. Bu birikmalarning tuzilishi quyidagi umumiy formula bilan ifodalanishi mumkin:
SH(Me),
bu yerda: R — uglevodorod radikali;
H(Me) — vodorod yoki ishqoriy metall atomi.
Ditiofosfatlar zichligi 600 kg/m3 , kuchli vodorod sulfid hidiga ega to'q yashil rangli suyuqlik, flotatsiya amaliyotida ularning orasida eng ko'p ishlatiladiganlari krezil, ksilenolli, sodali va etil ditiofosfatlardir.
Merkaptanlar. Kimyoviy jihatdan merkaptanlar molekulasidagi OH-gidroksil gruppasi SH-sulfgidril gruppaga almashtirilgan spirtlar yoki fenollar hisoblanadi. Ularning umumiy formulasi R-SH(Me). Radikalning nomlanishiga bog'liq holda merkaptanlar etilmerkaptan, fenilmerkaptan va h.k. deb nomlanadi. Merkaptanlar uncha ko'p ishlatilmaydi, suvda kam eriydi, kuchli qo'lansa hidga ega.
Kationli to'plovchilar vodorod atomi qisman yoki to'liq uglevodorod radikaliga almashgan ammiakning hosilalari hisoblanadi. Kationli to'plovchilar aminlar holida namoyon etiladi. Aminlar birlamchi RNH2, ikkilamchi R2NH va uchlamchi R3N aminlarga bo'linadi.
Aminlar nometall foydali qazilmalarni, oksidlangan sulfidli va kamyob metalli rudalarning flotatsiyasida qo'llaniladi.

Download 312 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling