Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti
o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 405-guruh talabasi
Toshpo‘latov Muhammadqodirning ona tili o‘qitish metodikasi
fanidan
MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIG‘I
Mavzu: Fonetik hodisalar. So‘zlarda tovush ortishi
Darsn
ing maqsadi:
A) ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarga fonetik
hodisalar, og‘zaki
va yozma nutqning adabiy
me’yorlari, tovush orttirilishi hodisasi,
haqida
tushuncha berish orqali tinglab tushuninsh va
yozish
komtetensiyasini singdirish;
B) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarga ota-
bobolarimizga hurmat ruhini singdirish va tibbiy
madaniyatni
shakllantirish
D) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarda talaffuz
va imloda tovush o‘zgarishi hodisalaridan o‘rinli
foydalana olish.
Darslikda berilgan
“O‘zbekni mashhur qilgan “Allapinin” matni audio yoki
o‘qituvchi yordamida o‘qib eshittiriladi.
O‘zbekni mashhur qilgan “Allapinin”
Inson
organizmida har bir a’zoning alohida
o‘rni bor. Aytaylik, miya fikrlash,
borliqni anglashda asosiy
sanalsa, ko‘z bajarayotgan vazifani hech bir mubolag‘asiz
hayot ramziga muqoyasa qilish
mumkin.
Lekin vujudimiz ichra
shunday bir a’zo borki, uning holati, umuman, inson
tirikligini ifoda etadi. Bu –
yashashni ta’minlaydigan a’zo, ya’ni yurakdir.
Vujudimizda “jon” deb
atalmish omilning barhayotligi,
yurib turganimizga
sabab, avvalo, yurakning ishlab turishidir.
Yurakni asrash uchun ko‘plab dori vositalari yaratilyapti. Ammo shunday dori
kashf qilish kerakki, uning yurakka ta’siri boshqa
noqulayliklarni keltirib
chiqarmasin.
O‘zbekiston olimlari yurak xuruji kasalliklariga malham bo‘ luvchi “Allapi nin”
degan preparatni kashf etishdi. Uning ixti ro qilinishiga o‘n yildan ziyod vaqt ketdi.
Yer yuzidagi mu taxassislarning tan olishi, dorini sanoat asosida ishlab chiqarishga
ham undan kam vaqt sarfl anmadi.
O‘zbekiston kimyogarlari va kardiologlarining hamkorlikda o‘tkaz gan
tajribalari, tinimsiz izlanishlari natijasida ana shu preparat insoniyatga tuhfa etildi.
Kashfi yotchi olimlar ilm-fan sohasidagi yuksak mukofot – Beruniy nomidagi davlat
mukofoti bilan taq dirlandilar. (Sh. Jabborov)
O‘quvchilarning TINGLAB TUSHUNISH kompotensiyasini sinab ko‘rish
maqsadida matn bilan bog‘liq quyidagi savollar berilishi mumkin?