80-mashq. Qo‘yilgan muammo: Bu mashqni ham doskada bajargan ma’qul.
“Tingla va angla” o‘yini orqali o‘quvchilar tomonidan jadvalga joylanadi.
Tovush ortishi
Tovush tushishi
Tovush almashishi
Parvoyim (parvo+y+im)
Shundan (shu+n+dan)
Mavqeyi (mavqe+y+i)
Obro‘yim (obro‘+y+im)
Seniki (sen+niki)
Meni (men+ni)
Ko‘ngli ( ko‘ngil-i)
Shahrimiz ( shahar+imiz)
Pasaymoq ( past+ay)
Sanoq (son+a+q)
Ishlov (ishla+v)
Varag‘i ( varaq+i)
O‘quvchi ( o‘qi+vchi)
Qishlog‘ing ( qishloq+ing)
Tilimizda quyidagi kabi tovush orttirilishi hodisalari uchraydi.
Bular
yozuvda aks etadigan tovush orttirilishi hodisalaridir:
– bu, shu+-ga, -da, -dan → bunga, shundan (- n tovushi)
– mavzu+ -ing → mavzuying (-y tovushi)
Ba’zi tovush orttirilishi hodisalari faqat talaffuzda sodir bo‘ladi:
– orzu, insho kabi so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda y tovushi qo‘shib
aytiladi, yozilmaydi (orzuyim emas, orzum)
– yonma-yon kelgan unlilar orasida ba’zan y undoshi qo‘shib
aytilsa ham,
yozilmaydi. Masalan:
material, tabiat,
biologiya, maishat, teatr,
aeroport va
hokazo.
Shu mashqni “Teskari usul” metodi orqali mustahkamlash ham mumkin.
Ya’ni so‘zlarni asos va qo‘shimchaga ajratish orqali. Bu usul ham jadvalda aks
etgan.
81-mashq. Uyga vazifa. ia, io, ai, oi, ea kabi yonma-yon keladigan unlilar
ishtirok etgan 10 ta so‘z yozing va ular ishtirokida gaplar tuzing. Masalan, doim,
muallim, matbuot, faol, matbaa, jamoa, ...