Bosh ochuvchi lahimlarga xarakteristika. Bosh ochuvchi lahimlar
foydali qazilmalarni transport vositalarida yer yuzasiga tashib chiqarishga,
konni shamollatishga, kishilarni yer ostida harakatlanishiga, materiallar,
uskunalar tashib keltirishga va boshqa maqsadlar uchun xizmat qiladi.
Ochuvchi lahimlar muhim ahamiyatga ega bo'lganligi uchun uzoq
muddat xizmat qilishi hisobga olingan holda ularning shakli, ko'ndalang,
kesim usullarini to'g'ri tanlash katta ahamiyatga ega.
Lahimlar shaklini va mustahkamlash usullarini tanlashda ularni
o'tkazish mustahkamlash va ta’mirlash ishlariga sarflanadigan xarajatlarni
minimal miqdorda bo'lishiga va xizmat qilish muddati davomida yuk
tashiydigan transport vositalariga va shamollatishga sarflanadigan xarajatlar
ham kam bo'lishligini ta'minlash kerak
Lahimlarning ko'ndalang kesimi yuzasining o'lchamlari transport
vositalarini me’yordagidek ishlashi uchun, kishilar harakatlanishiga qulay,
xavfsiz, materiallar uskunalar tashishga va zarur bo'lgan miqdordagi havo
oqimini o'tkaza oladigan o'lchamda bo'lishi kerak.
Qo'llaniladigan bosh lahimlarning turlariga ko'ra ochish usul'ari
quydagicha guruhlarga bo'linadi:
Oddiy usullari:
1. Kondagi ruda yotqizig'ining osilgan va yotgan yonlaridan yoki
flanglaridan tik shaxta stvollari bilan ochish:
2. Kondagi ruda yotqizig'ini osilgan va yotgan yonlaridan va
flanglaridan qiya shaxta stvoli bilan ochish;
3. Kondagi ruda yotqizig'ining osilgan va yotgan yonlaridan shtolnya
bilan ochish
Kombinatsiyalashtirilgan usullari:
1. Yer yuzasidan tik shaxta stvoli, tik ko'r stvolga o'tish yo'li bilan
konni ochish
2. Yer yuzasidan tik shaxta stvoli, qiya ko'r stvolga o'tish yo'li bilan
ochish
3. Yer yuzasidan qiya stvol, qiya ko'r stvolga o'tish yo'li bilan ochish.
4. Shtolnya tik ko'r stvolga o'tish yo'li bilan ochish
5. Shtolnya, qiya ko'r stvolga o'tish yo'li bilan ochish.
Do'stlaringiz bilan baham: |