Mavzu: Foydani iqtisodiy mazmuni,uning turlari va unga ta’sir qiluvchi omillar


Download 223.32 Kb.
bet1/9
Sana18.06.2023
Hajmi223.32 Kb.
#1585730
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu Foydani iqtisodiy mazmuni,uning turlari va unga ta’sir qi


Mavzu: Foydani iqtisodiy mazmuni ,uning turlari va unga ta’sir qiluvchi omillar
MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………………….3
1-BOB. FOYDA IQTISODIY KATEGORIYA SIFATIDA
1.1Foyda tushunchasi va uning iqtisodiy mazmuni…………………………….5
1.2Foyda turlari, normasi va massasi ………………………..………………..13
1.3. Foydani o’zlashtirish tushunchalari , ularning yo’llari va usullari………..26
4. Foyda hajmiga ta’sir etuvchi omillar……………………………………….3 2
5.O’zbekiston iqtisodiyoti xo’jalik yurutuvchi subyektlarning faoliyatidan olinadigan foydani maksimallashtirish chora –tadbirlari …………………...……36
XULOSA………………………………………………………………………42
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………43

KIRISH
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi Harakatlar startegiyasi barcha sohalarni deyarli qamrab olgan bo‘lib, buning natijasida ko‘pgina istiqbolli ishlar amalga oshirilmoqda.Jumladan 2018-yil ―Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili‖ Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Dastur loyihasi 237 banddan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22- dekabr kuni Oliy Majlisga taqdim etgan Murojatnomasida keltirilgan asosiy g‘oya va takliflar hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini Rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqildi.Buning natijasida xususiy sektorda mablag‘lardan samarali foydalanilmoqda.Tarmoqlarda yuqori sifatli mahsulotlar tayyorlash, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirishni ta‘minlashga bo‘lgan qiziqish va intilish ancha kuchli bo‘lib, ishlab chiqarish tufayli imkon qadar ko‘p daromad olish kabi pirovard moliyaviy natijalarga erishilayotganini ta‘kidlash joiz. Shuni yana alohida ta‘kidlab o‘tish joizki, Bu Harakatlar strategiyasi bo‘yicha davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamalari natijalari tahlili va kelib tushgan takliflar asosida yanada takomillashtirildi. Bularning barchasi bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritayotgan xususiy korxonalarning asosiy maqsadidir.


Tadbirkorlik subyektlari bu kabi imkoniyatlardan unumli foydalanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ularga zarur qulayliklar yaratilmoqda. Jumladan, o‘zaro sifatli elektron axborot almashinuvini joriy etish, davlat soliq xizmati organlari ishining samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘ttizga yaqin dastur amaliyotga tatbiq etila boshlandi hamda soliq to‘lovchilarga o‘ndan ortiq interaktiv, ya’ni qog‘ozsiz, masofadan turib xizmatlar ko‘rsatilayotir. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi bo‘lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi yaratilganini qayd etish zarur. O‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo‘yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy kafolatlar yaratildi. Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi juda serqirra jarayon bo'lib, u o'z ichigaiqtisodiy o'sish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlar, aholi hayotining sifati va shart-sharoitlarining takomillashuvini oladi. U hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchichiziq bo'yicha ro'y bermaydi. Iqtisodiy rivojlanish o'z ichiga yuksalish va inqirozdavrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o'zgarishlarni, ijobiy va salbiy tomonlarniolib notekis boradi.Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadiganjarayon bo'lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo'lgan iqtisodiy o'sish ko'proqtahlil qilinadi. Iqtisodiy o'sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismi bo'lib, o'zifodasini real YalM hajmining oshishi hamda aholi jon boshiga nisbatan ko'payishidatopadi.Iqtisodiy o‘sishga tarixiy jihatdan yondoshilganda, u bir xil sur’atlarda va birtekis bormaydi. Tarixda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining jadallashish, jiddiy pasayish vahatto qisqarish davrlari ma’lum. Agar katta tarixiy bosqichlar olib qaraladigan bo‘lsa,jahon va milliy iqtisodiyotda barqaror iqtisodiy o‘sish, ishlab chiqarishning hartomonlama taraqqiyot manzarasi hosil boMadi. Shu bilan birga iqtisodiy o'sishnafaqat miqdor, balki muayyan sifat o'zgarishlari shaklida ham namoyon boMadi.Prezidentimiz I. Karimov ta’kidlab o'tganlaridek: “ Iqtisodiy rivojlanish sur’atlarihaqida gapirganda... uning mezonlariga va eng avvalo, sifat ko'rsatkichlariga ko‘proqe'tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday o‘sishlar iqtisodiyotimizda yuzberayotgan tarkibiy o‘zgarishlar, uning izchil va barqaror rivoji uchun xizmat qilishi,xalqimizning hayot darajasini yuksaltirishga, bir so‘z bilan aytganda, amaliyhayotimizniyaxshilashga olib kelishi lozim”1.
Kurs ishining maqsadi korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlari va foydasi bilan bog’liq tushuncha va ko’rsatkichlarni aniqlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini ochib berish, chuqurroq tahlil qilish orqali korxonalar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqishdan iboratdir.
Kurs ishining predmeti. Korxonalarning foydasi va uning taqsimlanishiga oid masalalar bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy jarayonlar hisoblanadi.

Download 223.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling